So’nggi yangiliklar

10:13Салоҳни қўлга кирита олмаган саудияликлар энди «Ливерпул»нинг бошқа юлдузини сотиб олишмоқчи  0 09:45Модрид Чемпионшип клуби акцияларини сотиб олади  4 09:18Фабрицио Романо Анчелоттининг келажаги ҳақида фикр билдирди  8 08:52«Реал» — «Арсенал» учрашувини ўтган йилнинг энг яхши ҳаками бошқариб боради  5 08:24Мбаппе нечта ўйинга дисквалификация қилингани маълум  32 07:58Футзал. Бугун терма жамоамиз Тожикистонга қарши майдонга тушади  0 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун Наманганда супер учрашув бор  4 06:30U-17 Осиё кубоги. Қўшниларимиз сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқариб, пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  21 02:15ЛаЛига. Учта пенальти тепилган ва олтита гол урилган учрашув "Атлетико"нинг ғалабаси билан тугади  2 02:12А Серия. МакТоминей дубль қайд этган баҳсда "Наполи" йирик ғалабага эришди  1 01:17Марсело: "Реал" – бу "Реал". Бизга таслим бўлмаслик ўргатилади"  17 00:50Юмшоқ табиат Анчелотти машғулотда футболчиларга овозини кўтарди  7 22:56"Олтин тўп" учун курашда бразилиялик футболчи етакчилик қилмоқда, аммо бу Винисиус эмас  21 22:23Ўзбекистонлик уч ҳакам клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатига чақирилди  3 21:51"Бавария"дагиларнинг фикрича Виртцнинг нархи 140 млн. еврога етади  2

U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston ishonchli o'yin ko'rsatib, BAAni mag'lub qildi va yarim finalga yo'llanma oldi Yangiliklar

U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston ishonchli o'yin ko'rsatib, BAAni mag'lub qildi va yarim finalga yo'llanma oldi

U-17 Osiyo kubogi chorak final doirasidagi O'zbekiston - BAA uchrashuvi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

U-17 Osiyo Kubogi, chorak final

O'zbekiston - BAA 3:1

Gollar: Asilbek Aliev (14, 36), Sayfiddin Sodiqov (45+5-pen), Muhammad Buti (67).

O'zbekiston - 21. Nematulloh Rustamjonov, 3. Muhammad Hakimov, 4. Mo'minxon Bahodirxonov, 6. Miraziz Abdukarimov, 7. Sadriddin Hasanov (16. Azizbek Abdumo'minov, 80), 10. Muhammad Xabibullaev, 11. Sayfiddin Sodiqov (13. Abdulloh Fazliddinov, 56), 15. Muhammadali Musaxonov, 18. Abubakr Shukurullaev (22. Faridjon Abdullaev, 46), 19. Azizbek Erimbetov (17. Jamshidbek Rustamov, 55), 20. Asilbek Aliev ( 9. Nurbek Sarsenbaev, 84).

Zaxiradagilar: 1. Ibrohim Shokirov, 12. Bahodir Izboskanov, 2. Hojiakbar Botiraliev, 5. Amirxon Murodov, 8. Akbar Muhammadov,14. Behruz Saidmurodov, 23. Dilyorbek Mahmudjonov.

BAA - 17. Muhammad Nosir, 3. Ahmad Ikromi, 4. Obaid Omran, 6. Ibrohim Yusuf, 9. Mayid Odil Hamis, 10. Faysal Muhammad (21. Abdalla Hatim, 90+3), 11. Muhammad Buti, 12. Fahad Halil, 14. Humayd Ibrohim (13. Solih Isam, 75), 15. Jayden Adetiba (19. Muhammad al-Falasi, 67), 18. Ali Hassan (2. Houd Solih, 67).

Zaxiradagilar: 1. Mayid Muhammad, 22. Said al-Rashidi, 5. Suhayl al-Nubi, 7. Muhammad Gamal, 8. Abdulla Rashid, 16. Hazaa Faysal, 20. Muhammad Salim, 23. Abdulla Mennad.

Ogohlantirish: Obaid Omran (12), Muhammad Nosir (45+3), Muhammad Hakimov (66), Miraziz Abdukarimov (90+7).


YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! O'zbekiston termasi yarim finalda!

90+8. Butining zarbasi noaniq ketdi.

90+7. Jarima maydonchamiz yonginasida fol ishlatildi. Jarima zarbasi.

90+6. Futbolchilarimiz gol urishni istashmayapti) raqib jarima maydonchasi ichida bir qancha paslar o'ynab, zarba berishni paysalga solishdi.

90+5. Xabibullaevga qarshi raqib ishlatgan qo'polligidan keyin BAA darvozasi tomon jarima zarbasi berilgandi. Rustamovning nuqtadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi. 

90+3. ZARBAAAAAAA!! Xabibullaevning zarbasi raqibga tegib, maydonni tark etdi.

90+3. Turnirdan chiqib ketish arafasidagi BAA bosh murabbiyi imkon berilmagan futbolchilarini maydonga tushirmoqda.

90+2. ZARBAAAAAAA!! Butining zarbasini Nematjonov ushlab oldi.

O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. Hamma golimizni birinchi bo'limda urib qo'ydikmi deyman. Abdumo'minov raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib borib, zarba yo'llagandi. Darvozabondan seyv.

85. Sarsenbaev maydonga tushdi. Hujumdagi kuchni yangilab oladigan vaqt ancha oldin kelgandi. Hozir bosim raqiblar tomonida.

82. Rustamov to'pni ochiqchasiga qizg'andi. To'rtga uch vaziyatga qolib ketgandik. Rustamovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini posbon ikkinchi urinishda ushlab oldi.

80. UXXXXXXX!! Hamis yana bir bor darvozamizga havf soldi. Uning zarbasi darvozamiz yonginasidan o'tib ketdi. Keyinchalik offsayd ham qayd etildi.

79. ZARBAAAAAA!! Rustamovning zarbasi biroz noaniq ketdi. Darvozabon bu pallada jamoasini aniq qutqara olmasdi.

77. Muhammad Xabibullaev penalti ishlashga harakat qilib ko'rdi. Biroq bosh hakam ishonmadi. O'yin davom ettirildi.

75. Raqiblar anchagina qo'shishdi. Buni tushungan bosh murabbiyi ham hujumkor futbolchilarni maydonga tushirmoqda.

71. UXXXXXX!!! Butining zarbasini Rustamjonov qiyinchilik bilan qaytardi. Yigitlarimiz "ekonom rejim"ni tezroq o'chirishlari kerak.

69. Yana golga yaqin kelishdi yigitlar. Qanotdan uzatilgan to'pni himoyachi burchakka chiqarib yubordi.

67. GOL! Jarimadan raqib ham chiroyli gol urdi. 1:3. Hisob qisqardi. O'yin yonib ketmasligi uchun biror vaziyatdan foydalanishimiz kerak endi.

65. Xabibullaevning zarbasi biroz sekinlik qildi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

Baribir arablar translyaciyalari juda zo'r-da. Emociyalar slou-moshn (super-sekinlashtirilgan lavhalar) orqali juda chiroyli olib chiqib beriladi.

62. Ehhhheeeeee) Abdullaevning qo'pol xatosi ikkinchi masala. BAAning qarshi hujumga o'tishi biroz kulgili bo'ldi. To'rtga ikki vaziyat bo'lgandi, BAAda imkoniyat katta edi. Eng muhim kalit pasi offsayd paytida oshirildi, etmaganiga Mayid Odil Hamis to'pni to'xtatishda qo'lini ham ishlatdi.

60. ZARBAAAAAA!! Muhammad Xabibullaevning zarbasi biroz noaniq ketdi. To'rtinchi golga juda yaqin edik...

57. Aliev uchinchi golni urish uchun qulay vaziyatga chiqib borayotgandi. Asilbek hujumda bir o'zi qolib ketdi, himoyachilar ham tezda qaytishdi. Shu orqali unga zarbaga imkoniyat qoldirishmadi.

55. Termamizda bir qator o'zgarishlar bo'ldi. BAA ikkinchi bo'limda maydonda ekanligini sekin-sekin ko'rsatishga harakat qilmoqda.

52. Burchakdan uzatilgan to'pni darvozabonimiz urib yubordi. Ikkinchi tempda uzoq masofadan Rustamjonov darvozasi nishonga olindi. Nematulloh o'z o'rnida.

48. O'yindan uzilib qolib, sovib qolgan Rustamjonov darvozasiga berilgan zarbani ushlab qololmadi. Burchak zarbasi.

47. Ikkinchi bo'limni ham hujum bilan boshlamoqdamiz. Qanotdan uzatilgan to'pni darvozabon ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Biznikilarning maydonga qaytganiga ancha vaqt bo'ldi. BAA esa o'yin boshidan beri maydonda ko'rinish bergani yo'q)

TANAFFUS!

45+5. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Sodiqov penaltidan unumli foydalanmoqda! Xet-trik ikkinchi taymga qoldi.

45+3 PE-NAL-TIIIII!!! Superpasdan keyin Aliev raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib bordi va darvozabon fol ishlatishiga majbur qildi. Xet-trik kutamizmi?

Taym yakuni arafasi voqeliklarga boy o'tmayapti.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

42. Vakillarimizdan yaxshi hujum. Muhammad Xabibullaevning zarbasini darvozabon ushlab oldi. 

39. Abdukarimov hamda Erimbetovning boshlari to'qnashib ketdi. Ikkisida ham barchasi joyida.

Balki pokerga harakat qilarmiz ;)

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Dubl kerakmi? Mana! Alievdan dubl! Biznikilarga raqibning ahamiyati yo'q. Avstraliya-BAA birlashgan termasini olib kelmaysizlarmi)

33. Sodiqov uzoq masofadan darvozani nishonga olib ko'rdi. Noaniq.

31. UXXXXXX!! Hisobdagi farqni oshirishimiz mumkin edi. Xabibullaevning pasidan keyin Hasanov yaqin masofadan darvozaga noaniq zarba yo'lladi.

29. Sal qoldi-ya... Markazdan darvozamiz tomonga juda chiroyli pas yo'llandi. Natijada Muhammad Buti posbonimiz bilan birga-bir holatga chiqib keldi. Biroq u zarbagacha etib bora olmadi. Himoyachi va darvozabon bir bo'lib, to'pni olib qo'ydi.

26. ZARBAAAAAAAAA!!! Asilbek Aliev chalqancha uslubda darvoza sari zarba yo'llagandi. Noaniq ketdi-da shu to'p...

25. UXXXXXX!! Sayfiddin Sodiqov to'p bilan katta masofani bosib o'tdi va darvozaning o'ng burchagi sari zarba yo'lladi. Darvozabondan seyv.

24. Yana chiroyli hujum tashkil qilindi. Ketma-ket paslardan keyin yakuniy zarbani beradigan hujumchimiz sirpanib yiqilib tushdi. Shu orqali to'p raqibga o'tib ketdi.

22. Vakillarimiz to'p bilan ko'proq bo'lib turishibdi. Bu yaxshi holat.

20. EHHHHH... Termamiz chiroyli hujum uyushtirdi. Shukurullaevning yakuniy zarbasi noaniq ketdi. Dastlabki 20 daqiqalikda to'laqonli ustunlik biznikilarda.

18. Sodiqovning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

17. Raqib futbolchisi Muhammad Buti jamoamizdan Sadriddin Hasanovni ortdan chalib yiqitdi.

14. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! ALIIIIIIIIEEEEEEEEVVVVVVVVV!!! Jarimadan supergol ko'rdik! Dahshaaaatttttt!!!

13. Bittada gol urish uchun unchalik qulay bo'lmagan nuqta.

12. Jarima zarbasi, bizning foydamizga. Raqibga esa sariq.

11. Burchakdan keyin to'p raqib jarima maydonchasi ichiga oshirildi.  Darvozabon to'pni ushlab oldi.

10. UXXXXXXXX!!! Sayfiddin Sodiqov raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotganida raqibi "podkat" orqali to'pni xavfni bartaraf qildi. Burchak zarbasi.

7. UXXXXXXXXXXXX!! Sadriddin Hasanovning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

4. Raqiblar ham hujumda ko'rinish berishdi. Zarba anchagina noaniq ko'rinish oldi. Shunday zarbalar ko'proq bo'lib tursin)

2. UXXXXXXXXX!!! Hisobni ochishga juda yaqin keldi yigitlarimiz. Sadriddin Hasanov birga bir holatda to'pni darvozabonning qo'llariga tashlab bera qoldi. Hechqisi yo'q, hali gollar urib tashlaymiz.

1. Uchrashuvni tezkor hujum bilan boshladik. Biroq yakunda Shukurullaev orqali to'p maydondan tashqariga chiqib ketdi.

1. O'yin start oldi. O'zbekistonga omad yor bo'lsin!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! O'zbekiston - BAA uchrashuvi startiga oz vaqt qolmoqda.

CODE

Reyting: +51   

Fikrlar

+28   
13 apr 22:34:36
Haqiqatparvar
Ану кал Абдурахмон Фозилов илтимос эртадан Асилбек Алиевни карамогинга одиб овкатлантима кийим оберма Тана к.б ва кейин униям Абдукодирга ухшатиб рекламага туширма Кушнингни вафлисига хам
+17   
13 apr 22:30:45
ОЙБОТ
Алиев АРСЕНАЛ даги РАИС бўбкетдию.. Жаримадан дахшатли гол.. Чиройли голларга номзод..
1-0 олға ЎЗБЕКИСТОН ????????..
+15   
13 apr 23:06:20
Muzaffar
Бугунги сингари зур терма булмаган бизда
+15   
13 apr 22:55:43
Salah Muhammad
Тренер яхши Худо хохласа ашиндоқ Куюкчанг мураббийлар керак бизга
+13   
13 apr 23:10:58
Farhod Haydarov
Хотиржам, кўк чой ичиб терма жамоаларнинг ўйинларини кўрадиган пайтлар ҳам келди. Худога шукyр!
+13   
13 apr 23:07:02
CA BOSS
Йигитларимиз хаммаси ўзини позицияда ишончли ўйнашди 1-таймда. Ва рақибларни ёпиб ташлашди. Тактика зўр танланган.. 3-0
Кайфият 100 йигитларда..
Худо хохласа ЧЕМПИОН бўлишади. Ишонамиз.
PS: ~ Шунақа ўйинларимиз тугамаса деб кўрамизда...
+12   
14 apr 00:24:46
Lochin Lochin
Abduraxmon fozilov xafa bulmasinu ularni mexmonxonasiga kirib eshikma eshik nimadirla berib video olmasin xozirdan tanish bulvolib kelajakda zur bup ketsa yana shunaqa voqelar buladi UFF dan iltimos u odamni futbolchilar bilan uchrashuvini taqiqlasin
+11   
13 apr 22:54:56
Азим Исмаилов
Бизнинг Футболчилар мазза к, илиб футбол уйнашяпти к, ойил к,олмасдан иложиси йук,
+11   
13 apr 22:51:15
Ulugbek Xasanov
Bu bollarga Strobar shkalatlaridan yeyishni taqiqlash kerak hozirdan
+11   
13 apr 22:47:38
Ixtiyor Sobirov
Алиевни Т/Ж га чакириш керак 20 ёшга тулишини кутиб утирмасдан....!
+11   
13 apr 22:44:34
chelsea tv
Ushbu termamizning bosh murabbiyi Turon klubida bosh murabbiy bo'lganida yonib kuyib intervyu berganini kopchilik ko'rgan bo'lsa kerak. Aytmoqchi bo'lganim bu murabbiy halol inson ekan buni natijalaridan bilsa ham bo'ladi. Endi Fevral oyidagi Oliftalar yig'ilgan U 20 terma jamoamizni eslang. Nima demoqchiligimni hamma tushundi
+10   
13 apr 23:14:49
Жахонгир Сабиров
Исломбек Исмоилов отангга рахмат
+10   
13 apr 22:39:38
Muzaffar
Мураббийга респект
+9   
13 apr 23:52:39
Шухрат Эргашев
Хакикат шуки бу йигитларга ва мураббийга ишонмагандим. Лекин мураббийлар штаби ва йигитлар офарин, тасанно дейишга мажбур килишмокда. Бу йигитлар терма жамоа асосини эгаллаши мумкин. Яхши икдидорларимиз етишиб килмокда.
+9   
13 apr 22:44:28
Кобилжон Маьмуров
Айгандим ку Алиев зур хужумчи деб мана исботи куз тегмасин скаутларни Назар га тушди уни жойи Европада пушка гол омад Аслиддин булажак Супер Юлдуз Иншаоллох
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика