So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  6 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

U-17 Osiyo kubogi. O'zbekistonning avvalgi musobaqalardagi natijalari qanday bo'lgan? Ilk ishtirokdan eng yaxshi natijagacha Yangiliklar

U-17 Osiyo kubogi. O'zbekistonning avvalgi musobaqalardagi natijalari qanday bo'lgan? Ilk ishtirokdan eng yaxshi natijagacha

Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun Tailanddagi U-17 Osiyo kubogida o'z yurishlarini boshlaydi.


O'zbekistonlik o'smirlarning Osiyo kubogidagi ishtiroklariga nazar 

Mustaqillikka erishganimizdan buyon O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi qita musobaqasining final bosqichida umumiy hisobda 9 marotaba ishtirok etgan (1994, 1996, 2002, 2004, 2008, 2010, 2012, 2014, 2016). Bu boradagi ilk qadamlar 1994 yilga borib taqaladi. O'shanda turnir formati 10ta terma jamoa ikki guruhga bo'lingan holda ishtirok etgan, keyingi bosqichga faqat 1,2 o'rin egalari yo'l olgan. O'zbekistonlik o'smirlar "A" guruhida so'nggi o'rinni olgan. Bu boradagi birinchi yaxshi natija 2002 yil qayd etilgan, Dilshod Nuraliev ustozlik qilgan jamoamiz Osiyo kubogini kuchli to'rtlikda yakunlagan. Jahon chempionatiga  esa o'sha paytda faqat 3ta jamoaga yo'llanma berilgan. 

2002 yil U-17 Osiyo kubogi. BAA

"S" guruhi

O'zbekiston - Yaponiya 2:1

O'zbekiston - Suriya 1:1

O'zbekiston - Qatar 1:0

CHorak final

BAA - O'zbekiston 0:3

Yarim final


O'zbekiston -Janubiy Koreya 0:4

Uchinchi o'rin uchun


Xitoy - O'zbekiston 1:0



2004 yil Islom Ahmedov ustoz bo'lgan o'smirlarimiz guruhda qolib ketishadi. 2008 yil Toshkent ilk marotaba o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogini qabul qilgan. Robert Gay boshchilik qilgan terma jamoa mundial yo'llanmasi beriladigan chorak final bahsida Janubiy Koreyaga mag'lub bo'lib, erta tugatishadi. Raqib safidan Son Xyong Min keyinchalik APL darajasidagi futbolchi bo'lib etishib chiqdi. 


2004 yil U-17 Osiyo kubogi. Yaponiya

"D" guruhi

O'zbekiston - Bangladesh 1:1

Iroq - O'zbekiston 4:1

O'zbekiston - Qatar 2:2


2008 yil U-16 Osiyo kubogi. O'zbekiston

"A" guruhi 

Singapur - O'zbekiston 0:7

O'zbekiston - Eron 1:2

O'zbekiston - Baxrayn 2:0 

CHorak final

Janubiy Koreya - O'zbekiston 3:0


2010 yil poytaxtimiz ketma-ket ikkinchi bor U-16 Osiyo kubogini o'zida qabul qildi. Bu futbolimiz tarixidagi yuz berayotgan ilk voqelik sanalardi. Aleksey Evstafeev shogirdlari uyda o'tgan turnirning finaliga qadar etib borgan, yakuniy pallada KXDR omadi chiqib qolgandi. O'smirlar terma jamoamiz o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma olgan. Futbolimiz o'zining pikiga chiqqan paytlar. 


2010 yil U-16 Osiyo kubogi. O'zbekiston. 

"A" guruhi

O'zbekiston -  Indoneziya 3:0

Iordaniya - O'zbekiston 0:0

O'zbekiston - Tojikiston 8:1

CHorak final

O'zbekiston - Suriya 2:1

Yarim final 

O'zbekiston - Avstraliya 2:1

Final

O'zbekiston - KXDR 0:2


2012 yil oradan 10 yil o'tib mufaqqiyat sari etaklash yana Dilshod Nuralievning chekiga tushdi. Eronda bo'lib o'tgan U-16 Osiyo kubogida terma jamoamizga teng keladigani topilmadi. Bu hozircha biz uchun eng yaxshi natija bo'lib turibdi. CHunonchi, keyingi 2 musobaqada vakillarimiz chorak finaldan ortga qaytishga majbur bo'lishgani yodingizda bo'lsa kerak. 2014 yil Aleksandr Mochinov, 2016 yil Temur Olimxo'jaev ustoz sifatida musobaqaga olib borgandi. Birida Suriya, ikkinchisida Iroqqa mundial chiptasini sovg'a qilganmiz. 


2012 yil. Eron 

"D" guruhi

O'zbekiston - Hindiston 3:2

Xitoy - O'zbekiston 1:1

O'zbekiston - Suriya 0:1

CHorak final

Janubiy Koreya - O'zbekiston 1:1 (penaltilar seriyasi 3:5)

Yarim final 

Eron - O'zbekiston 2:3

Final 

O'zbekiston - Yaponiya 1:1 (penaltilar seriyasi 3:1)

Tailand 2014 yil ham U-17 Osiyo kubogini o'zida o'tkazgan. Bu musobaqada Mochinov shogirdlari guruhda ajoyib o'yin o'tkazganiga qaramay, chorak finalda yomg'irli oqshomda Suriyaga 2:5 hisobida mag'lubiyatga uchragan. 


2014 yil Tailand. 

"S" guruhi

Nepal - O'zbekiston 1:1

KXDR - O'zbekiston 2:3

O'zbekiston - Quvayt 4:2

CHorak final

O'zbekiston - Suriya 2:5

2016 yil. Hindiston

"D" guruhi

O'zbekiston - Tailand 5:3

Yaman - O'zbekiston 0:1

KXDR - O'zbekiston 1:3

CHorak final 

Iroq - O'zbekiston 2:0



Jahon chempionati uddalab bo'lmas vazifa emas 

Bu yosh toifasida biz 2 marotaba JCHga chiqqanmiz. 1994 yillar bilan Aleksey Evstafeev va Dilshod Nuralievning 1996 yillari. Meksikadagi kichik mundialda kuchli sakkiztalikka kirgan bo'lsak, BAA mezbonligidagi Jahon chempionatida nimchorak final so'nggi bosqich vazifasini o'tagan. Etiborli tomoni, 2013 yilgi U-17 Jahon chempionati ham so'nggisi hisoblanadi. Demak Jamoliddin Rahmatullaev va uning shogirdlarida 10 yil oldingi natijani takrorlash talab etiladi. 24ta mamlakat ishtirok etadigan JCH 10 noyabr kuni Peruda boshlanadi va 2 dekabrga qadar davom etadi. Qura tashlash marosimi avgustga belgilangan. 


O'zbekistonning U-16 Osiyo kubogidagi to'purarlari

Timur Hakimov 5ta gol 

Abbosbek Maxstaliev 4ta gol

Suhrob Nurulloev 3ta gol

Rasul Yo'ldoshev 3ta gol

Jasurbek Hakimov 2ta gol

Abdumutallib Abdullaev, Aleksandr Galeev, Oyatullaxon Muhitdinov, Maksim Utkin 2ta gol

Lutfulla To'raev 2ta gol

Akobir To'raev 2ta gol 


Muhimi futbolchilarimiz yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishsin. Olg'a O'zbekiston!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика