So’nggi yangiliklar

14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  0 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  1 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  2 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  5 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  4 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  5 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4

U-17 JCH. Ispaniya haqida nimalarni bilish lozim? Yangiliklar

U-17 JCH. Ispaniya haqida nimalarni bilish lozim?

Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-17 jahon chempionati guruh bosqichi 3-turini o'tkazadi.

Jahon chempionatlaridagi ishtirok

Ispaniyalik o'smirlar o'z tarixida 9 marotaba ishtirok etgan bo'lib, uch marotaba finalga qadar etib borgan va barchasida imkoniyatni boy berib qo'ygan. Braziliya yashil maydonlarida o'tkazilgan so'nggi musobaqada ispanlar chorak finalga qadar etib borgan.

Saralash bosqichi

Ispaniya Evropa chempionati orqali mundialga yo'llanmani qo'lga kiritga besh jamoadan biri bo'ldi. Guruh bosqichida Italiya (2:1), Sloveniya (3:1) va Serbiya (1:1) bilan raqobatlashgan "qizil furiya" peshqadam sifatida pley-offga yo'l oldi. CHorak finalda Irlandiya 3:0 hisobida taslim etildi. "Buqalar" yarim finalda Franciyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mark Giyu va Lamin Yamal to'rttadan gol urib, turnir to'purarlari safidan o'rin oldi.

Tarkib

Xose Mariya Lana mundialga quyidagi futbolchilarni chaqirdi:

Darvozabonlar

XIMENES Raul (Valensiya), ARBOL Fran (Granada), GONSALES Markos (Selta).

Himoyachilar

FORT Ektor (Barselona), MUNOS Deni (Atletiko Madrid), MARTIN Jon (Real Sosedad), MERINO Izan (Malaga), KUENKA Andres (Barselona).

Yarim himoyachilar

KUBARSI Pau (Barselona), PRIM Pau (Barselona), UESTAMENDIA Peyo (Baskoniya), OYONO Igor (Vilyarreal), BERNAL Mark (Barselona), JYUNENT Kim (Barselona), YANES Daniel (Real Madrid), PAULO YAGO (Real Madrid).

Hujumchilar

MARTIN Roberto (Real Madrid), GIU Mark (Barselona), ERNANDES Xuan (Barselona), MESA Oskar (Real Madrid).

Jarohati sababli jamoa yulduzi Lamin Yamal jahon chempionatida ishtirok etmaydigan bo'ldi.

Joriy musobaqadagi ishtirok

Ispaniya guruh bosqichining ilk turida Kanada (2:0), 2-turda esa Mali (1:0)ni mag'lub etib, turnir qatnashchilari orasida pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritgan ilk jamoaga aylandi.

O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Ispaniya U-17 murabbiyi qanday fikrda?

"O'zbekistonga qarshi uchrashuv haqida o'ylashni boshlab yuborganmiz. Bo'lajak o'yin uchun eng optimal tarkibni tanlaymiz. Barcha futbolchilarning ahvoli yaxshi, ular maydonga tushishga tayyor. Ob-havoni bahona qilmaymiz. Bu erga xoh issiq, xoh yomg'ir bo'lsin, istalgan raqibga qarshi kurashish uchun kelganmiz", dedi Xose Mariya Lana.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston — Ispaniya uchrashuvi bugun soat 14:00da start oladi. Mazkur o'yinda futbolchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi. Uchrashuvni Telegram kanalimiz orqali jonli efirda tomosha qilishingiz yoki matnli translyaciya ko'rinishida kuzatib borishingiz mumkin.

Uchrashuvni ekvadorlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Avgusto Aragon, unga qanotlarda hamyurtlari Rikardo Baren va Andres Guttierez yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Yudi Nursahyaga (Indoneziya) topshirilgan.

Uzbekistan U17

Behruz Shukurullayev - 45', Amir Saidov - 54'

World Cup U17 Grp. B . 3-tur

16/11/2023, 14:00

2
:
2
Tugadi

Spain U17

Igor Oyono - 10', Roberto Martin - 19'

Stadion: 5554 tomoshabin

45'
90'
45'  Behruz Shukurullayev
54'  Amir Saidov
10'  Igor Oyono
19'  Roberto Martin

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика