So’nggi yangiliklar

09:35Эдин Терзич: "Парижда дуранг қониқтиради, лекин биз ғалабани истаймиз"  1 09:05ПСЖнинг Дортмунддаги "қора" анъанаси давом этади   0 08:40Русланбек Жиянов: "Япония терма жамоаси билан икки йил аввал ҳам тўқнаш келганмиз"  5 08:17Луис Энрике: "Парижда жуда кучли жамоага айланамиз, чунки йўқотадиган нарсамиз йўқ"  2 07:50U-23 Осиё кубоги. Бугун финалдан олдинги матбуот анжумани бўлиб ўтади   4 07:20Рустам Абдуҳамидов: "Амалдаги финалчиларнинг чиқиб кетиши ва "Қизириқ" Ўзбекистон кубогининг сенсациясига айланди"  0 06:40Қирол кубоги. "Ал Насср" - "Ал Ҳалиж" 3:1  4 06:30 Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Боруссия Д" - ПСЖ 1:0   0 02:00ЕЧЛ. "Боруссия Д" ўз уйида ўтган ярим финалнинг илк баҳсида ПСЖни мағлуб қилди  31 01:57Роналду "Ал Насср"ни Қирол кубоги финалига олиб чиқди. Финалдаги рақиб - "Ал Ҳилол"  11 01:38Арне Слотнинг "Ливерпул"даги илк трансфери ким бўлиши маълум  0 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  3 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  2 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  3

U-17 Jahon chempionati. Meksikada porlagan yulduzlar. "Kengurular" "to'rvasi"ga 4 ta gol va Urugvay to'sig'i Yangiliklar

U-17 Jahon chempionati. Meksikada porlagan yulduzlar. "Kengurular" "to'rvasi"ga 4 ta gol va Urugvay to'sig'i

Bir necha kundan so'ng Indoneziyada U-17 yosh toifasida Jahon chempionati start oladi.

O'smirlar terma jamoamiz shu paytgacha ikki marotaba kichik mundialda ishtirok etgan. 2011 yil Aleksey Evstafeev shogirdlari boshlab bergan tarixni 2013 yil Nuraliev boshchiligidagi terma jamoa davom ettirgan. Meksikadagi futbolchilarning keyingi taqdiri-yu, ularning bugungi holati haqida doston o'qimoqchi emasmiz. SHundoq ham ko'p va xo'p gapirilgan. Biz musobaqa va undagi uchrashuvlarga to'xtalamiz. 

Meksikaga O'zbekistondagi musobaqa orqali 

2010 yil U-16 yosh toifasidagi Osiyo chempionatiga O'zbekiston mezbonlik qilgan. O'sha turnirda Aleksey Evstafeev ustozlik qilgan o'smirlarimiz finalgacha etib kelgan, bu yo'lda Suriya va Avstraliyani taslim etgandi. Final o'yinida Sardor Rahmonov va Abbosbek Maxstaliev chetlatilgan, bosh sovrin esa KXDR bilan ketgani yodingizda bo'lsa kerak. 


Guruh bosqichi

O'zbekiston - Indoneziya 3:0

Gollar: Temur Hakimov 31,47, Sardor Sobirxo'jaev 60

Iordaniya - O'zbekiston 0:0

O'zbekiston - Tojikiston 8:1

Gollar: Temur Hakimov 2, 25, Javlon Mirabdullaev 19, Abbosbek Maxstaliev, Jasur Hakimov 75, 90+2, Nodirxon Kamolov 80, Aziz Murodov 88


CHorak final 

O'zbekiston - Suriya 2:1

Gollar: Abbosbek Maxstaliev 37, Temur Hakimov 82 - Vasim Nabhan 50


Yarim final

O'zbekiston - Avstraliya 2:1

Gollar: Abbosbek Maxstaliev 17, 90 - Raul Vudkuk 43


Final

O'zbekiston - KXDR 0:2

Gollar: Ri Kvang Il 75, Jo Kvang 85

O'smirlarimiz tarixda ilk bor Jahon chempionatida 


O'zbekiston mustaqilikka erishgan ilk yildan boshlab bu davrgacha hali o'smirlar miqyosida Jahon chempionatlariga chiqmagan, nufuzli turnir havosidan bahramand bo'lmagandi. To'g'ri, 2002 yil Vitaliy Denisov, Sadriddin Abdullaev, Akmal SHorahmedov kabi futbolchilardan iborat terma jamoamiz bunga yaqin kelgan. Ammo o'sha paytda mundialga faqat 3 ta yo'llanma berilgan, biz esa to'rtinchi bo'lgandik. Meksika yashil maydonlarini o'ziniki qilgan terma jamoamiz guruh bosqichida Yangi Zelandiya, AQSH va CHexiya bilan bir guruhdan o'rin egallaydi. Musobaqaning dastlabki turida Rahmonov va Maxstaliev xizmatidan foydalana olmagan terma jamoamiz kutilmaganda yirik hisobdagi mag'lubiyatni qabul qilib oladi. 


O'zbekiston - Yangi Zelandiya 1:4

20.06.2011. 1-tur. Torreon. "Korona" stadioni. 7561 tomoshabin

Hakam: Elder Martins (Angola)

Gollar: Timur Hakimov 39 - Stefen Karmishel 10, 36, 53, Veyl Jordan 87

O'zbekiston: 12. G'anisher Xolmurodov, 2. Mirzamurod Jo'raboev, 4. Ravshanjon Xaydarov, 5. Asiljon Mansurov, 7. Azizbek Murotov, 8. Sardor Sobirxo'jaev (18. Muxsinjon Ubaydullaev, 82), Xolmurod Xolmurodov (Davlatbek Yorbekov, 57), 11. Timur Hakimov (10. Nodirxon Kamolov, 83), 13. Bobir Davlatov, 14. Javlon Mirabdullaev, 19. Zabixillo O'rinboev

Birinchi turdan so'ng Yangi Zelandiya va AQSH guruhda etakchiga aylanib olgan. Vakillarimizni esa ikkinchi turda AQSH sinovi kutib turgandi. Bu pallada Rahmonov va Maxstaliev tarkibga qaytdi. 

AQSH - O'zbekiston 1:2

23.06.2011. U-17 Jahon chempionati 2-tur. Torreon. "Korona" stadioni. 4133 tomoshabin. 

Hakam: Aleksey Nikolaev (Rossiya)

Gollar: Alfred Koroma 47 - Bobir Davlatov 13, Abbosbek Maxstaliev 54 penalti

O'zbekiston: 12. G'anisher Xolmurodov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Ravshanjon Xaydarov (2. Mirzamurod Jo'raboev, 90), 5. Asiljon Mansurov, 6. Abbosbek Maxstaliev, 7. Azizbek Murotov, 8. Sardor Sobirxo'jaev, 9. Xolmurod Xolmurodov (20. Davlatbek Yorbekov, 60), 11. Timur Hakimov (18. Muxsinjon Ubaydullaev, 82), 13. Bobir Davlatov,14.  Javlon Mirabdullaev

Guruhdagi vaziyat shunday ediki, O'zbekistonni faqat g'alabagina keyingi bosqichga olib chiqardi. Uchinchi turda Evropa vakili CHexiya raqiblik qilgan, birinchi bo'lib hisobni ham ochgan. Hamyurtlarimiz bu o'yinda o'ziga hos iroda ko'rsatib Hakimov va Maxstalievning gollari evaziga pley-off yo'llanmasiga ega chiqqan edilar. O'shanda gazetalar, turli nashrlarning bezagiga aylangan o'smirlarimizni Meksikadagilar ham yaxshigina tanib olgandi. 

Jahon chempionati. Guruh bosqichi. 

26.06.2011. 3-tur. Torreon. "Korona" stadioni. 14673 tomoshabin

Hakam: Raymond Bugl (Yamayka)

Gollar: Lukas Yulis (penalti) 23, Timur Hakimov 44, Abbosbek Maxstaliev 73

O'zbekiston:12. G'anisher Xolmurodov, 3.Sardor Rahmonov, 5. Asiljon Mansurov, 6. Abbosbek Maxstaliev, 7. Azizbek Murotov (19. Zabixillo O'rinboev, 84) 8. Sardor Sobirxo'jaev, 9. Xolmurod Xolmurodov (20. Davlatbek Yorbekov, 71), 11. Timur Hakimov (15. Jasurbek Hakimov, 90+2), 13. Bobir Davlatov, 14. Javlon Mirabdullaev


Nimchorak finalda yana Avstraliya

Mundialdagi debyut ishtirokda guruhdan chiqish missiyasini bajargan o'zbekistonlik o'smirlar pley-offda tanish raqib – Avstraliya bilan to'qnash kelishadi. Bir yil avval Osiyo chempionatida "kengurular" yarim finalda dog'da qoldirib ketilgan bo'lsa, bu safar Jahon chempionatida shu ish yana bir bor bajarildi. Meksikada o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati nimchorak finalida bo'lajak "Spark" sohiblari "kengurular" "xaltasi"ga to'rtta to'pni joylab qo'yishgandi.


O'zbekiston - Avstraliya 4:0

30.06.2011. Nimchorak final. Torreon. "Korona" stadioni. 8340 tomoshabin

Hakam: Viktor Karrilo (Peru)

Gollar: Abbosbek Maxstaliev 11, Timur Hakimov 40, Konnor CHapman (avtogol) 66, Davlatbek Yorbekov 89

O'zbekiston: 12. G'anisher Xolmurodov, 3. Sardor Rahmonov, 5. Asiljon Mansurov, 6. Abbosbek Maxstaliev (15. Jasurbek Hakimov, 84), 7. Azizbek Murotov, 8. Sardor Sobirxo'jaev, 9. Xolmurod Xolmurodov, 11. Timur Hakimov (17. Diyor Usmonxo'jaev, 89), 13. Bobir Davlatov (20. Davlatbek Yorbekov, 22), 14. Javlon Mirabdullaev, 18. Muxsin Ubaydullaev

CHorak finalda esa nomdor va kuchli Urugvay bizni 3 ta to'p bilan O'zbekistonga qaytargandi. SHunga qaramay, tarixdagi bu yosh toifasidagi ilk Jahon chempionati yorqin lahzalar bilan yodda qolgandi. 


Urugvay - O'zbekiston 2:0

04.07.2011. CHorak final. Monterrey. "Unversitario" stadioni. 11015 tomoshabin

Hakam: Neant Alium (Kamerun)

Gollar: Santiyago CHaramoni 29, Rodrigo Aguirre 64

Amalga oshirilmagan penalti: Guillermo Mendez 76

O'zbekiston: 12. G'anisher Xolmurodov, 3. Sardor Rahmonov, 5. Asiljon Mansurov, 6. Abbosbek Maxstaliev, 7. Azizbek Murotov (20. Davlatbek Yorbekov, 62), Sardor Sobirxo'jaev, 9. Xolmurod Xolmurodov (15. Jasurbek Hakimov, 65), 11. Timur Hakimov, 13. Bobir Davlatov (2. Mirzamurod Jo'raboev, 76), Javlon Mirabdullaev, 18. Muxsinjon Ubaydullaev

"Faoliyatimdagi eng yorqin turnir sifatida hech ikkilanishsiz Meksikadagi Jahon chempionatini aytgan bo'lardim. Bu mening ilk Jahon chempionatim edi. Dastlabki turdagi mag'lubiyatga qaramay chorak finalga qadar etib borgandik. Mundialdagi sharoitlar, muhit ajoyib edi. Meksikada hatto bizga mahalliy aholi ham chin dildan muxlislik qilgandi. Xuddi o'z maydonimizda o'ynagandek taassurot bo'lgandi", – deydi Timur Hakimov


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика