So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  36 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati: Termamiz bosib o'tgan yo'l Yangiliklar

U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati: Termamiz bosib o'tgan yo'l

O'smirlar terma jamoasining ushbu avlodi saralash bosqichidan final bahslarigacha bo'lgan yo'lni ikki murabbiy boshchiligida o'tkazdi.
Temur Olimxo'jaev iyun oyi oxirlarida istefoga chiqarilgani malum qilinib, uning o'rnini Aleksandr Mochinov egalladi. Olimxo'jaev hozir 2000 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoani boshqarmoqda. Mochinov esa 2 oydan ortiqroq vaqt davomida jamoani qita chempionati final bosqichiga tayyorladi.



Caralash bahslarida o'smirlarimiz Olimxo'jaev qo'l ostida Toshkentda o'tgan yilning sentyabr oyida Falastin va Yaman termalariga qarshi maydonga tushishgandi. Falastinni 9:0 hisobida dog'da qoldirgan jamoamiz Yamandan 4:0 hisobida ustun kelib, final bosqichi yo'llanmasini ikki yirik g'alaba orqali hal etishgandi.

Saralash bosqichi
27 sentyabr

Falastin – O'zbekiston – 0:9
Gollar
: Murtazoev 4, Ko'chimov 7, 26-pen, Nurulloev 50, Nurmatov 52, 77, Qurbonov 67, G'aniev 83-pen, 90+2.

29 sentyabr
O'zbekiston – Yaman – 4:0
Gollar:
Ko'chimov 11, 52, Jumaev 58, Mahmudxo'jaev 90+5.



O'FF va “Terma jamoalar markazi” 2014 yilning boshidan buyon o'smirlarimizning ushbu jamoasiga imkon qadar yaxshi sharoitlarni yaratib berishga harakat qildi. Ko'plab yig'inlar doirasida o'rtoqlik va nazorat uchrashuvlari tashkil etildi. CHunki bunday yoshdagi futbolchilar ruhiy jihatdan barqaror bo'lishmaydi va ularni malum sharoitga moslab tayyorlash zarurdir. Uyda ham, xorijda ham bir qator terma jamoalar bilan o'tkazilgan nazorat bellashuvlarida o'yin uslubini shakllantirish, o'yinchilarda xalqaro tajribani o'stirishga intilishdi.

O'smirlar terma jamoasi uchun, ayniqsa, Ozarbayjondagi Kaspiy Kubogi, BAA va Turkiyadagi yig'inlar, yurtimizda Ummonga qarshi o'tkazilgan bahslar foydali bo'ldi. O'sha uchrashuvlarda bosh murabbiy futbolchilarning jiddiy sinovlarga qanchalik tayyor ekanligini tekshirib oldi. Yurtimizdagi oxirgi yig'in chog'ida esa Paxtakor va Bunyodkor yoshlar tarkiblariga qarshi bellashuvlar o'tkazildi. O'sha uchrashuvlar va yig'inlar qanchalik samara berishini rasmiy o'yinlar ko'rsatib beradi. Guruhimizdan yaxshi saviyadagi raqiblar o'rin olishgan. Ularga qarshi o'yinlar oson o'tmasligi tabiiy. Lekin jahon chempionatiga chiqish vazifasi qo'yilgan ekan, shunga yarasha futbol namoyish etish lozim.



Mart, Turkiya

O'zbekiston – “Zenit” – 3:0
O'zbekiston – “Kepes” – 4:0

Aprel, BAA
O'zbekiston – BAA – 0:2
O'zbekiston – BAA – 1:2

May, Ozarbayjon
O'zbekiston – Qozog'iston – 8:1
O'zbekiston – Turkiya – 0:2
O'zbekiston – Yaponiya – 2:2 (penaltilardan 3:5)
O'zbekiston – Qirg'iziston – 0:1

Iyul, Toshkent-Turkiya
O'zbekiston – Ummon – 2:0
O'zbekiston – Ummon - 1:2
O'zbekiston – Saudiya Arabistoni – 0:3
O'zbekiston – Qatar – 1:1
O'zbekiston – Iordaniya – 0:3
O'zbekiston – “Istanbulspor” – 7:1

Avgust, Toshkent-Malayziya
O'zbekiston – “Bunyodkor” (o'smirlar) – 3:0
O'zbekiston – “Paxtakor-2” – 1:3
O'zbekiston - “Bunyodkor-2” – 0:1
O'zbekiston – “Bunyodkor-2” – 1:2
O'zbekiston – Malayziya (yoshlar) – 0:4

Terma jamoamizning 2014 yildagi barcha o'yinlari haqida malumot etiboringizga havola etilmoqda. U oz bo'lsa-da, jamoa to'g'risida xulosa chiqarishga imkoniyat beradi.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика