So’nggi yangiliklar

11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  0 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  1 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  3 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  1 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  8 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  13

U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi Yangiliklar

U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  O'zbekiston U-16
Avval xabar berilganidek, 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Unda mezbon Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Bahrayn, Iordaniya va SHri-Lanka jamoalari qatnashadi.

Bugun, 15 sentyabr kuni musobaqa oldidan jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. SHri-Lanka terma jamoasi delegaciyasi Ar-Riyodga etib kelmagani bois bosh murabbiy matbuot anjumanida ishtirok etmadi.

O'zbekiston o'smirlar termasining musobaqadagi ilk o'yini 18 sentyabr kuni bo'lishi munosabati bilan bosh murabbiy Dilshod Nuraliev jamoa bilan ertaga Ar-Riyodga etib keladi. Bugungi matbuot anjumanida jamoa menejeri Botir Karimjonov qatnashdi.

Bahrayn bosh murabbiyi Rashid al-Dosari: Saudiya Arabistoniga etib kelishdan avval uch oy davomida tayyorgarlik olib bordik. Ushbu guruhda barcha jamoalarning kuchi teng deb o'ylayman. Maqsadimiz – Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish.

Iordaniya bosh murabbiyi Abdulla al-Katati: Iordaniya Futbol Federaciyasi nomidan  bizni iliq kutib olganligi uchun Saudiya Arabistoni Futbol Federaciyasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. SHuningdek, mamlakat bosh jamoasi Rossiyadagi JCH–2018 turniriga yo'l olganligi bilan tabriklayman. Guruhda oson raqibning o'zi yo'q: Bahrayn ham, SHri-Lanka ham barchaga birdek muammo tug'dirishi mumkin. Tayyorgarlik doirasida ham xalqaro, ham mahalliy musobaqalarda ishtirok etdik. O'ylaymanki, biz Osiyo chempionati final bosqichiga yo'l olamiz.

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Muhammad al-Abdeli: Ar-Riyod shahriga etib kelgan jamoa delegaciyalari azolarini ko'rib turganimdan mamnunman. Umid qilamanki, ob-havoning issiq bo'lishiga qaramay barcha o'zini yaxshi his qilmoqda. Jamoa haqida so'zlaydigan bo'lsam, yosh futbolchilarimiz yaxshi tayyorlandi. Bu kabi turnirlar yoshlarning katta futbolga kirishi uchun dastlabki qadam hisoblanadi. Ayni damda ulardan ko'p narsa talab qila olmaymiz, ularga bosim o'tkazmaymiz. Albatta, guruhdagi barcha jamoalar singari bizning maqsadimiz ham OCH final bosqichiga chiqish, ammo futbolchilardan mana shu davrda zavq olishini istardim.



O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi menejeri Botir Karimjonov: Avvalo mehmondo'stlik uchun Saudiya Arabistoni Futbol Federaciyasiga minnatdorlik bildirmoqchiman. Barcha tashkiliy masalalar alo darajada. Jamoamizning tayyorgarlik jarayoniga keladigan bo'lsak, saralash bosqichiga qadar xalqaro musobaqalarda qatnashdik, o'rqtolik o'yinlari o'tkazdik. Saralash bahslari yaxshi kayfiyatda o'tishiga umid qilaman. Sifatli va yaxshi futbol namoyish qilib, oldimizga qo'yilgan maqsad – Osiyo chempionatiga chiqish uchun kurashamiz.

Eslatib o'tamiz, barcha bellashuvlar Ar-Riyod shahridagi Prince Faisal bin Fahd Stadium maydonida bo'lib o'tadi. Musobaqa taqvimi bilan tanishish uchun mazkur havolaga o'tish mumkin.

Malumot uchun, U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga azo jami 45 mamlakatning o'smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi. Guruhda birinchi o'rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o'rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo'shilgan holda OCH finaliga yo'llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 20 sentyabr  – 7 oktyabr kunlari Malayziyada o'tkaziladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика