U-16. Bakir Murtozaev: "Finalga teng o'yin bo'ldi"
10 sen 2014 08:01
Yangiliklar


U-16. Bakir Murtozaev: "Finalga teng o'yin bo'ldi"
KXDRga qarshi o'yindan so'ng O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi Bakir Murtozaev o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Asosiysi natijaga erishdik. Ko'p yoki kam o'ynaganligim bu ikkinchi darajali. Maydonda har bir daqiqa bu vatan uchun kurash degani. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan O'zbekistondagi muxlislar madadini his qilmoqdamiz. Stadionda esa faqat bizni qo'llashi katta yordam bo'ldi. Keyingi o'yinda ham g'alabaga erishib nafaqat jahon chempionati yo'llanmasini balki avvalgi natijani ham takrorlashni istaymiz. Og'ir o'yinlar hali oldinda. Muxlislar bizga ishonsa bo'lgani" , - deydi Bakir Murtozaev

Fikrlar