Tyago Silva: “APLdagi oxirgi o'yinlardan keyin, havodagi kurashlar natijasida boshim og'rib qoldi”
10 noy 2020 21:55
Yangiliklar
Tyago Silva: “APLdagi oxirgi o'yinlardan keyin, havodagi kurashlar natijasida boshim og'rib qoldi”
"CHelsi" markaziy himoyachisi Angliya futbolida duch kelayotgan qiyinchiliklari haqida gapirdi.
“Futbol maktablari bir-biridan keskin farq qiladi. Italiyada juda yaxshi tajribaga ega bo'ldim, u er himoyachilar uchun eng yaxshi maktablardan biri, mudofaadagi o'yin yuqori darajada. Bundan tashqari, menda Paolo Maldini va Alessandro Nesta kabi ajoyib sheriklarim bor edi. Ular bilan 2 yil harakat qildim, ko'p narsalarni o'rgandim.
Franciya chempionati boshqacharoq. PSJning etakchiligini hisobga olib, biz orqa chiziqda kamroq himoyachilarni qoldirgan holda tavakkal qilardik. Angliyada ham boshqacha futbol. So'nggi ikki uchrashuvdan keyin, havodagi kurashlar va yuqori temp natijasida boshim og'rishni boshladi. Bularning barchasi men odatlangan narsalardan juda farq qiladi”, deydi Silva.
Fikrlar