Tuxel to'rtta klub taklifini rad etgan ekan

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018, 14:10
Dortmundning "Borussiya"si sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel nemis va chet el klublaridan bo'lgan takliflarni rad etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2017/18 mavsum oldidan Tuxel "Shalke" va "Bayer"da ishlashni istamagan. Sentyabrda esa "Volfsburg" taklifini rad etdi. "Everton" noyabr oxirida mutaxassisni jamoaga olib kelishni istagan edi, biroq nemis murabbiyi bu klubni ham boshqarishni xohlamadi. Tuxelning fikricha, bu klublar uning maqsadlariga mos emas. Tuxel "Bavariya"ni boshqarmoqch, biroq bu borada muzokaralar o'tkazilmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.de