Tuxel - PSJning 9:0 hisobidagi g'alabasi haqida: "Oldin ham bunday natijani kuzatganman"
20 jan 2019 16:41
Yangiliklar


Tuxel - PSJning 9:0 hisobidagi g'alabasi haqida: "Oldin ham bunday natijani kuzatganman"
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Liga 1 doirasida "Gengam"ga qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
"9:0 hisobidagi g'alabani chempionat uchrashuvlarida oldin ham uchratganman. Biz gol urishni qattiq xohladik va juda sifatli o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limda jamoa dastlabkisiga qaraganda kuchli harakat qildi. Ko'plab hujumlar tashkil etib, gollar uchun imkoniyatlar yaratdik.
Birinchi 3 goldan so'ng, ishonchimiz yanada ortdi. Biz oddiy o'ynadik, lekin tezkor va aniq. Natijadan juda hursanman" — deya 45 yoshli germaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Goal nashri.
PSJ klubi 53 ochko bilan Franciya chempionatida yaqqol peshqadam bo'lib turibdi. Keyingi turda parijliklar 27 yanvar kuni "Renn" klubini qabul qilishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar