Tuxel Lukakuning "CHelsi"ga o'tishi haqidagi savolga javob berishni istamadi
05 avg 2021 07:24
Yangiliklar
Tuxel Lukakuning "CHelsi"ga o'tishi haqidagi savolga javob berishni istamadi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Inter" futbolchisi Romelu Lukakuning ehtimoliy transferi haqidagi savolga javob berishni istamadi.
"Boshqa jamoa futbolchilari haqida gapirmayman. U ajoyib futbolchi, ammo "Inter" azosi. Bunday vaziyatda u haqida gapirmayman.
Albatta, ko'p futbolchilar bizning jamoamizga o'tishni istashadi, ammo biz buni muhokama qilmaymiz.
Jiruning ketganidan so'ng bizga uning tipidagi futbolchi kerak edi. Bunday futbolchi hozirda bizda yo'q. SHuning uchun, yangi xarid bizga foydali bo'lardi", - dedi Tuxel.
Fikrlar