Tuxel “Lester”dan uchralgan mag'lubiyat haqida: “SHunchaki omad yuz o'girdi. Yo'q joydan gol o'tkazib yubordik”
16 may 2021 07:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637372_original.jpg)
![](/upload/storage/637372_220.jpg)
Tuxel “Lester”dan uchralgan mag'lubiyat haqida: “SHunchaki omad yuz o'girdi. Yo'q joydan gol o'tkazib yubordik”
“Mag'lubiyatdan xafamiz, lekin yigitlar ko'rsatgan o'yinga hech qanday etirozim yo'q.
O'ylashimcha, biz g'alabaga haqliroq edik. SHunchaki omadimiz kelmadi. Bunday saviyadagi o'yinlarda omad ham kerakligini yashirmaganman.
Biz yaxshi himoyalandik, yaxshi qarshi hujumlar tashkil etdik, Evropada qarshi hujumlardan samarali foydalan oladigan eng yaxshi jamoaga o'z uslubida harakat qilishga imkon bermadik. O'zimiz yaratgan vaziyatlarni golga aylantirishda biroz shoshqaloqlikka yo'l qo'ydik.
Ikkinchi bo'limda ham o'yin nazoratini o'zimizda saqlab qola oldik. Ammo yo'q joydan gol o'tkazib yubordik. Fantastik gol va o'ta omadli zarba. Hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat bo'ldi. Meyson ofsayd chegarasida edi. Umuman bugun bizga shunchaki bizga omad etishmadi”, dedi Tuxel.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar