Tuxel: “Evropaning eng kuchli jamoasidan birini mag'lub eta oldik”
18 apr 2021 09:04
Yangiliklar
Tuxel: “Evropaning eng kuchli jamoasidan birini mag'lub eta oldik”
“Men judayam baxtliman, jamoa bilan faxralanaman. Biz Evropaning eng kuchli jamoasidan biri bilan kuch sinashdik. Premer ligada bu jamoa bilan oramizda katta farq bor, ammo 90 daqiqa ichidan bu farqni yo'qqa chiqarish imkoniyati bor edi. Biz birinchi bo'limda 35 daqiqa, ikknchisida yarim soat yaxshi o'yin o'tkazdik. O'ylashimcha, g'alabaga haqli edik. Biz ikkinchi golni urib, o'yinni xotirjam yakunlashimiz ham mumkin edi. Ammo buni amalga oshira olmadik va so'nggi daqiqalarda ancha qiynaldik. Yigitlar qahramonlarcha himoyalanishdi va raqibga imkon berishmadi. Bizga bu g'alaba judayam kerak edi. G'olib chiqqanimizdan xursandman.
Premer ligada biz bilan “Siti” orasida farq juda katta. CHunki ular chempionatda o'ta stabil o'yin ko'rsatishmoqda. Alohida bir o'yinda esa hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Ishlashda davom etamiz. Murabbiy sifatida jamoamning harakatlaridan mamnunman. Futbolchilarning darajasi maydonda bilinib turibdi. Men ham bunda o'z vazifamni bajarib, ularni yanada taraqqiy etishiga o'z hissamni qo'shish niyatidaman”, deya “CHelsi” ustozining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
Fikrlar