Tuxel: "CHelsi" taslim bo'lmaydi"
02 jan 2022 13:13
Yangiliklar
Tuxel: "CHelsi" taslim bo'lmaydi"
Ayni damda jamoa peshqadam "Manchester Siti"dan 11 ochko ortda qolmoqda. Bugun London klubi chempionlikdagi asosiy raqobatchilaridan biri "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.
"Taslim bo'lmaymiz. Nima uchun mavsumning yarmida chempionlik uchun kurashdan chiqib ketishimiz kerak? Bu haqida o'ylamayapmiz. O'ylarimiz bugungi o'yinda kimlar tushishi va qanday rejani ishlatishimiz haqida bo'lmoqda. Balki odamlar faqatgina chempionlik haqida o'ylayotgandir, ammo biz emas.
Uch uy o'yinini o'tkazdik, so'nggi daqiqalarda gollar qo'yib yubordik, ammo statistikaga qaraydigan bo'lsak, o'yinni to'liq nazorat qildik, ko'plab imkoniyatlarni yo'qqa chiqardik. SHunchaki omad kelmadi.
Gap biz yo'qotgan 6 ochko haqida ketmoqda. G'alabalar o'rniga duranglar qayd etdik, bu biz uchun og'riqli holat. Agarda ochkolarimiz soni 6taga ko'proq bo'lganida hozir hissiyotlar o'zgacha bo'lardi", - dedi Tuxel.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar