Tuxel “CHelsi” rekordchisiga aylandi
18 mar 2021 20:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625969_original.jpg)
![](/upload/storage/625969_220.jpg)
Tuxel “CHelsi” rekordchisiga aylandi
ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Atletiko”ga qarshi javob bahsida “CHelsi” 2:0 hisobida zafar quchdi.
Tomas Tuxel jamoaga kelganidan beri “aristokratlar”ning mag'lubiyatsiz seriyasi 13 o'yinga etdi. SHu tariqa, germaniyalik mutaxassis debyutidayoq bunday natijaga erishgan klub tarixidagi ilk murabbiyga aylandi. Avvalgi rekord esa 2008 yil Luish Felipe Skolari tomonidan o'rnatilgandi – qatorasiga 12 o'yin.
Malumot o'rnida, Tuxel qo'l ostida “CHelsi” 9 uchrashuvda g'alaba qozondi, 4 marta durang o'ynadi. Bahslardan 11 tasi quruq o'tgan, to'plar nisbati esa 15:2.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar