Tuxel: "CHelsi" avvalo "Liverpul", MYU va "Man Siti" bilan farqni qisqartirishi kerak"
15 avg 2021 17:47
Yangiliklar
Tuxel: "CHelsi" avvalo "Liverpul", MYU va "Man Siti" bilan farqni qisqartirishi kerak"
"Men jamoamni sovrin uchun kurashadigan to'rtinchi jamoa deb hisoblayman. Biz avvalo birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rindagilar bilan farqni qisqartirishimiz kerak.
O'tgan mavsumning ikkinchi qismida bizdan ko'proq ochko talab qilindi va biz shunga yarasha mehnat qilib, etakchilarga etib olishga intildik. SHu tarzda ishlashda davom etish kerak.
Bu APL - qiyin turnir. Biz ovchi rolidamiz. "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" bilan oradagi farqni qisqaroq qilishimiz kerak. To'rtinchi ekanligimizdan uyalmayman. Bu bizga ishlashda motivaciya beradi.
Biz favoriti yo'q ECHLni yutdik. U erda to'rtinchi o'rinni olishimiz uchun "Tottenxem"ning yordami ham kerak emasdi. Finaldan oldingi favoritlik maqomi ham hech nimani anglatmaydi. Bu dunyoning eng qiyin ligasi. Sokin va chin yurakdan mehnat qilib, yaxshi o'yinlarni ko'rsataverish kerak", - dedi Tuxel.
Fikrlar