Tuxel: “Borussiya” yaxshi o'ynadi, ammo mag'lub bo'ldik”
15 fev 2017 03:48
Yangiliklar
Tuxel: “Borussiya” yaxshi o'ynadi, ammo mag'lub bo'ldik”
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoasining ECHL 1/8 finali ilk baxsida “Benfika”ga qarshi (0:1) uchrashuvdagi mag'lubiyatiga izoh berdi.
“O'ylashimcha, biz shunchaki yaxshi emas, balki ajoyib o'yin ko'rsatdik. Tanaffusdan keyin “Benfika” bu qadar agressiv o'ynay boshlaganini birdan tushunmadik. SHu sabab ketma ket to'pni yo'qotdik.
Faqat futbolda shunaqasi bo'lib turadi: jamoang yaxshi o'yin ko'rsatadi, shunga qaramay mag'lub bo'ladi. Baxtimizga, oldimizda javob o'yini turibdi”, deydi Tuxel.
Fikrlar