Tuxel "Bavariya"ning yangi futbolchisi haqida gapirdi
09 dek 2023 14:48
Yangiliklar
Tuxel "Bavariya"ning yangi futbolchisi haqida gapirdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Myunxen klubi yangi futbolchisi Brayan Saragosa haqida gapirib berdi.
Mutaxassis klub bu futbolchini sotib olganidan xursand.
"Biz juda yosh va iqtidorli futbolchi bilan shartnoma imzoladik. U driblingda yaxshi va yakkama-yakka vaziyatlarda kuchli. U o'ziga ishonadi va g'alabalarga juda och. U bizga qo'shilayotganidan xursandmiz", – dedi murabbiy.
"Bavariya" "Granada" bilan vinger Brayan Saragosa transferi borasida kelishib oldi. Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum yakunida "rekordmaystr" safiga qo'shiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar