Tuxel "Atletiko"ga qarshi o'yin haqida: "Biz uchun katta sinov"
23 fev 2021 09:00
Yangiliklar


Tuxel "Atletiko"ga qarshi o'yin haqida: "Biz uchun katta sinov"
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel CHL doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu biz uchun katta sinov. "Atletiko" bunday darajadagi katta tajribaga va juda tajribali murabbiyga ega jamoa. Umid qilamanki, ushbu o'yin bizga eng yaxshi bahsimizni namoyish etishga majbur etadi.
Biz o'z uslubimizda, ular esa o'zlarinikida o'ynaydi. "Atletiko" bilan o'yinda nimalar olishingizni barcha tushunadi: haqiqiy jang, tajriba va kuchli psixologiyaga ega raqib", - deydi Tuxel.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" - "CHelsi" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da Buxarestda start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar