Tuxel, Allegri, Rojers va Xazenxyuttl - "CHelsi" murabbiyligi uchun davogarlar
05 jan 2021 15:33
Yangiliklar


Tuxel, Allegri, Rojers va Xazenxyuttl - "CHelsi" murabbiyligi uchun davogarlar
"CHelsi" yaqin vaqtlarda Frenk Lempardni bosh murabbiylikdan olmoqchi emas, ammo boshqa davogarlarning vaziyatlarini kuzatib boradi.
Angliyalik mutaxassis istefoga chiqqan taqdirda "CHelsi"ning ehtimoliy bosh murabbiyi Tomas Tuxel, Massimiliano Allegri, Brendan Rojers ("Lester") va Ralf Xazenxyuttl ("Sautgempton")dan biri bo'lishi mumkin.
SHu bilan birga London klubi tezkor harakat qilmoqchi emas. Rahbariyat jamoaning hozirgi holatidan va natijalaridan havotirda, ammo Lempardga ishonch saqlanib qolmoqda.
"Manchester Siti" (1:3)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "CHelsi" APLda 17-turdan so'ng 9-o'rinni egallab turibdi. Jamoa chempionatdagi so'nggi 6ta o'yinning 4tasini boy berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar