Tursunov bu safar ham gol urdi, jamoasida g'alaba
25 apr 2015 22:51
Yangiliklar


Tursunov bu safar ham gol urdi, jamoasida g'alaba
Ukraina chempionatida 21-tur uchrashuvlari boshlandi. Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sanjar Tursunov to'p tepayotgan “Vorskla” klubi o'z maydonida “Volin”ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi.
Quvonarlisi, dastlabki gol aynan hamyurtimiz tomonidan kiritildi. Bu g'alaba “Vorskla”ga Evrokuboklarda qatnashish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Ayni paytda poltavaliklar hisobida 29 ochko bor. “Metallist” hisobida ham 29 ochko bor, lekin Xarkov klubi hisobida 2ta zaxira o'yini mavjud.
VORSKLA – VOLIN 2:0
Gollar: SANJAR TURSUNOV, 16, Sapay, 25
“Vorskla”: Bogush - Sapay, Dallku, CHesnakov, Siminin - Sklyar, A. Tkachuk - SANJAR TURSUNOV (Perduta, 85), Kovpak (Markoski, 89), Gromov - SHinder (Mishenko, 78)
“Volin”: SHust - Parcvaniya, Junich, Godovaniy, Polevoy - SHarpar, Babenko (Politilo, 36) - Memeshev (Matey, 70), Bikfalvi, Kobaxidze (Petrov, 88) - Kozban
Ogohlantirishlar: SHinder, A. Tkachuk - Memeshev

Fikrlar