So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"Turon"ga qarshi o'yinda "Navbahor" qanday tarkib bilan o'ynadi? Yangiliklar

"Turon"ga qarshi o'yinda "Navbahor" qanday tarkib bilan o'ynadi?

Teglar :  NavbahorTuron
Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rayotgan Namanganning “Navbahor” klubi mazkur tayyorgarlik jarayoni doirasida 12 yanvar kuni Pro-liga vakili Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

To'raqo'rg'ondagi “Odil Junior” futbol akademiyasining suniy qoplamali maydonida bo'lib o'tgan mazkur nazorat - sinov bahsida namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis maydonga asosan ko'rikdan o'tayotgan legionerlarni tushirib, ularning qanday mahoratga ega ekanliklarini sinab ko'rdi.

Ushbu o'yinda “Navbahor” har bir bo'limda har xil tarkib bilan harakat qildi. Uchrashuvda yaypanliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. “Turon”ning gollariga Muhammadkomil Nizomov va Xurshid Asqaraliev mualliflik qilishgan bo'lsa, “lochinlar”dan to'pni rossiyalik yarim himoyachi Stanislav Efimov kiritdi.

Takidlash joizki, 1-bo'lim durang 1:1 hisobida yakunlangandi. Hisobni yaypanliklar ochishgan, unga namanganliklar javob qaytarishgandi.

Biroq uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtida urilgan goldan so'ng, yaypanliklarga yutuqni nishonlashdi.

Mazkur bahsda “Navbahor” tarkibida quyidagi futbolchilar harakat qilishdi: 

1-bo'limda: Isroil Obidjonov, Doniyor Umarov, Abdulaziz Nishonboev, Iskandar Siddiqjonov, Tohir SHamsitdinov, Bunyamudin Mustafoev, Fuat Bayramov, Akram Bahriddinov, Vilim Posinkovich, Stanislav Efimov, Mbassi Emmanuel Rikardo.
2-bo'limda: Jasur Turg'unov, Mahmud Najmiddinov, Aleksey Kurilov, Javohir Olimjonov, Amirxon Ibrohimov, Abdurashid Valijonov, Dmitriy Skoblov, Abdulhay Ismoilov, Bilol Toshmirzaev, Gregori Nelson, Artyom SHerbak.

Namanganliklar navbatdagi nazorat - sinov uchrashuvini 16 yanvar kuni yana bir Pro-liga vakili Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Ushbu bahs Farg'onada bo'lib o'tadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика