So’nggi yangiliklar

13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  0 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" учрашувидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  21 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  18 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  13 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7

"Turon"da murabbiy o'zgaradimi? Murod Ismoilov javob berdi Yangiliklar

"Turon"da murabbiy o'zgaradimi? Murod Ismoilov javob berdi

Yaypanning "Turon" jamoasi Superliganing to'rtinchi turida "Nasaf" (0:4) mehmoni bo'ldi .




Ushbu uchrashuvdan so'ng mehmonlar murabbiyi Murod Ismoilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Avvalo qarshilik muxlislarni va "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. "Nasaf" baribir o'zgacha jamoa. Bu erda qanday holat bo'lmasin, doimo o'zini yo'qotib qo'ymasdan o'z uslubida o'ynashda davom etadi. SHuni bilgan holda yigitlarga barchasini tushuntirgandik. Qaysidir pallalarda to'pni yo'qotishimiz, kombinaciyalarimiz o'xshamasligi natijasida "Nasaf" mahorat ko'rsata oldi. Imkoniyatlaridan foydalandi. Baribir raqibni tan olish kerak. Ularning o'yiniga gap yo'q. Legionerlar biz kutgan o'yinni ko'rsata olishmadi. Balki vaqt kerakdir. Til borasida ham muammo bo'lmoqda. Bu bahona emas. Mahorat borasida bizning futbolchilar kuchsiz demayman. Farq murabbiyning ko'rsatmasini bajarish yoki bajarmaslikda. Hamma narsaning qurilishida ozgina qiyinchiliklar bo'ladi. Menimcha shu bosqich bizning boshimizdan o'tmoqda. "Nasaf" chiroyli futbol o'ynadi va g'alabaga erishdi. O'sha narsani biz ham istayapmiz", - dedi Murod Ismoilov.

- Klub o'rinbosarlar jamoasida ishtiyoq kuchli ekanligi ko'rinib turibdi...

- Dekabr oyidan boshlab o'rinbosarlar jamoasini o'zim shakllantirdim. Rahbariyat bu borada imkoniyat va sharoitlar yaratib berdi. Futbolchilarni tanlab oldim. Ular ko'rsatmalarni bajara olishmoqda. SHuning uchun natijamiz yaxshi. 

- "Turon"ning hozirgi infratuzilmasi Superliga talablariga javob beradimi?

- Biz shunday bosqichdamizki, klub Superligaga chiqqach ham jamoani shakllantirish asosiy vazifamiz sifatida belgilandi. Bundan tashqari, yuz o'rinli qarorgoh qurilmoqda. Qarama-qarshi tomonga qo'shimcha o'rindiqlar o'rnatildi. Yangi yoritgichlar qo'yildi. Bularning barchasi bitta vaqtga to'g'ri kelib qolgani uchun biroz qiyin bo'lib qoldi. Rahbariyat qo'lidan kelgancha hammasini qilib beryapti. Futbolchilarning maoshlari vaqtida berilmoqda. Eng yaxshi sharoitlar yaratib berilyapti. SHu bilan birga rahbarlar yuqori bosim qilayotgani yo'q. Vaqt kerakligini tushunishmoqda. 

- "Turon" to'rtta turda bir ochko jamg'ardi. Har qanday holatda ham natija uchun murabbiy javobgar bo'ladi. Nima deb o'ylaysiz jamoada murabbiyni almashtirish kerakmi?

- Hozir shunday tasavvur paydo bo'lganki, jamoa bir nechta o'yinda yutqazsa murabbiy almashishi kerak. O'ylaymanki, klub rahbarlari ham, muxlislar ham Islombek Ismoilovni qo'llab-quvvatlaydi. Ochiq gap yosh o'sib kelayotgan mutaxassis. Qanday ishlayotganini ko'rib turibman. Hamma gap tushunishda. Kitobni o'qigan bilan uqqan boshqa, deya so'zlarini yakunlagan mutaxassis.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика