So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  4 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  5 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  19 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

"Turon" murabbiyi Mirjalol Jo'raev: "Ikkala jamoa ham g'alabaga loyiq emasdi" Yangiliklar

"Turon" murabbiyi Mirjalol Jo'raev: "Ikkala jamoa ham g'alabaga loyiq emasdi"

Coca Cola Superligasi 13-turida "Qizilqum" bilan o'ynalgan durangdan keyin "Turon" murabbiyi Mirjalol Jo'raev ishtirok etdi.


- O'yin biz kutgandek hujumkor ruhda boshlanmadi. Natija ikki jamoaning ko'rsatgan o'yiniga mos bo'ldi. Bugungi bahsda ikkala jamoa ham g'alabaga loyiq emasdi. Barchasi 0:0 hisobida aks etib turibdi. Biz g'alaba qozonishni istagandek, biroq ishlar o'xshamadi.

- Jamoa bosh murabbiyi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.

- Bu haqda to'g'risi javob bera olmayman. Savolni to'g'ridan-to'g'ri klub rahbariyatiga berganingiz maqul.

- Siz birinchi davra yakuniga qadar jamoani boshqarasizmi yoki mavsum yakuniga qadar?

- Hozircha bu ham mavhum. Rahbariyat bizga dastlabki ikki bahsga jamoani tayyorlashimiz kerakligini aytishdi. Hali maqsad va vazifalar borasida gaplashib ko'rganimiz yo'q. Bunday savollarning barchasini rahbariyatga yo'naltirganingiz maqulroq.

- "Turon" futbolchilarida ikkinchi bo'limda charchoq alomatlari sezildi. Bu o'yinga bo'lgan tayyorgarlikning kechikib ketgani boismi? Keyin esa Quvondiq Ro'zievni zaxiraga olganingizda etiroz bildirgandek bo'ldi. Bu to'g'ri qaror bo'ldimi?

- Vaziyatdan kelib chiqqan holda tayyorgarlikni kech boshladik. O'yinga etarlicha darajada tayyorlana olmadik. Yigitlarning jismoniy holati ham yaxshi emasdi. SHuning hisobiga ham bo'lgan bo'lsa kerak. Quvondiq borasida gapiradigan bo'lsam, u tomonidan hech qanday etirozlar bo'lmadi. Buni to'g'ri almashtirish bo'ldi deb hisoblayman.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика