So’nggi yangiliklar

01:58"Милан"нинг Италия Кубоги финалидаги рақиби аниқ бўлди  0 01:00Паслар даҳоси: Хавининг Эл-Класикодаги энг яхши 5 ўйини  0 00:39Райан Гиггз Роналдунинг МЮдаги илк йилларини эслади  2 00:11Бернарду Силва: "У "Манчестер Сити" тарихидаги энг яхши футболчи"  0 23:47"Реал" Винисиуснинг ўрнига футболчи топиб қўйган  5 23:18ЛаЛиганинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  1 22:53"Бухоро" — "Машъал" учрашуви қаерда бўлади?  3 22:35"Арал" Про-лигада ўз майдонида сўнгги марта қачон мағлуб бўлганди?  0 22:04"Олимпик" илк ғалабасини Қорақалпоғистонда қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 21:46Винисиус Роналду каби маош олишни истамоқда  18 21:17Анри Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 20:52Неъматилло Қуттибоев: "Футболчилар ўйин бошланишидан олдин ғалаба қозондик деган кайфиятда майдонга тушишди"  1 20:22"Реал" "янги Криштиану Роналду"га қизиқмоқда  4 20:02Бинтсиз тез ёрдам, қулфланиб қолган эшик, кечиккан суҳандон - ПФЛ 3 клубга жарима солди  4 19:45"Манчестер Сити" "Реал"нинг икки ўйинчиси учун 200 млн евро тўлашга тайёр  4

"Turon" klubining yangi qarorgohi ochilish marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Turon" klubining yangi qarorgohi ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  Turon
Bugun Yaypan shahridagi "O'zbekiston" o'yingohida "Turon" klubining Evropa standartlari asosida barpo etilgan yangi zamonaviy qarorgohining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda Farg'ona viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrulla Bozorov, Farg'ona viloyati Sportni rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig'i Nodirbek Xakimov, Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosirbek Otaqo'ziev, "Turon" PFK prezidenti Olimxon Ahmedov va boshqa mutassaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar. Marosim avvalida nuroniy otaxonlar ishtirokida quron tilovat qilindi. SHunday so'ng karnay-surnay sadolari ostida yangi qarorgohning rasmiy ochilish marosimi boshlandi va klub prezidenti Olimxon Ahmedovga ramziy kalit topshirildi.

"Turon" futbol klubining foydalanishga topshirilgan yangi qarorgohi klub tizimida faoliyat olib borayotgan turli yosh toifasidagi jamoalar futbolchilar uchun xizmat qiladi. Ushbu maskanda o'quv va mashg'ulot zallari, anjumanlar zali, tibbiy sog'lomlashtirish xonalari, yotoqxona, oshxona, murabbiylar xonasi kabi, yuvinish xonalari, basseynlar mavjud bo'lib, bularning barchasi jamoaning yosh va asosiy tarkib jamoalarining faolligini oshirish, sog'lomlashtirish, ularning jismoniy imkoniyatlarini meyorida ushlab turish kabi maqsadlarda foydalaniladi.

Klub qarorgohining umumiy quvvati 65 o'ringa mo'ljallangan. Qarorgohning o'quv va mashg'ulot zallaridan klub akademiyasida talim olayotgan yosh futbolchilar ham foydalanishlari uchun sharoitlar tashkil etiladi.




 

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика