"Turon" jamoasida nimalar bo'lmoqda?
21 noy 2023 14:43
Yangiliklar
"Turon" jamoasida nimalar bo'lmoqda?
Mavsum yakuniga kelib Superliga jamoalaridagi muammolar suv yuziga qalqib chiqishni boshlamoqda.
"Turon" futbolchilarining saytimizga malum qilishicha, klubda 4 oydan beri maosh berilayotgani yo'q. Bundan tashqari safar uchrashuvlariga o'yin kuni borilayotgani, futbolchilarning ovqatlanishi, bazadagi isitish tizimi (otoplenie) bilan bog'liq muammolar bor. Jamoa faqat o'yindan 3 kun oldin yig'ilmoqda.
Bizga etib kelgan xabarlarga ko'ra, hozirgi kunga kelib jamoani 7 nafar futbolchi tark etgan. Deylik, yaypanliklar azosi Nodirbek Mukarov "Nasaf" safida mashg'ulotlar o'tkazayotganini ko'rish mumkin.

Malumot uchun, "Turon" ayni paytda Superligada 16 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi. Jamoa keyingi turni 22 noyabr kuni Yaypanda "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar