So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  0 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

"Turon" haqidagi xabarlarga oxirgi daqiqagacha ishonganimiz yo'q" - Rahimjon Davronov Yangiliklar

"Turon" haqidagi xabarlarga oxirgi daqiqagacha ishonganimiz yo'q" - Rahimjon Davronov

"Turon" jamoasi atrofidagi voqealar kecha avj ola boshlagan edi.

Atrofda hammaning munosabati turlicha bo'lyapti. Lekin hozirgi vaziyatda eng qiyini futbolchilarga. Ular endi o'zlariga yangi jamoa topishlari kerak bo'ladi. Xo'sh, jamoadagi futbolchilar qanday fikrda? Bu borada darvozabon Rahimjon Davronovning fikrlari bilan qiziqdik. 


- "Turon" haqidagi xabarlar ko'pchilik uchun kutilmagan bo'ldi. Futbolchilar bu malumotni qanday qabul qildi? Birinchi nima fikr yuzaga keldi?

- To'g'risi hamma shok holatiga tushdi. Hattoki oxirigacha ishonganimiz yo'q. Balki qandaydir tushunmovchilik yuz bergan, deb o'yladik. Futbolchilarning barchasi xayron. Bu xabardan so'ng o'zimizni kelajagimizni o'ylab ketdik. Nima bo'ladi endi, qaysi klubga boramiz? 2-3 kishi o'ziga jamoa topishi mumkin. Qolganlarchi? Mayli shunday narsa bo'lishi kerak ekan bo'ldi. 

- Hozirda futbolchilar yangi jamoa izlash harakatiga tushgan. O'zingiz bu borada qandaydir qarorga keldingizmi?

- Albatta. Barcha jamoa qidirmoqda. Ular qatorida o'zim ham. Oldinda yana 2ta tur bor. Birinchi davra yakuniga etadi. Jamoa topsak topdik, bo'lmasa keyingi yil harakat qilib ko'ramiz. Ahir boshqa iloji yo'q. 

-  Turon hech bir jabhada Superligani qolgan klublaridan qolishmaydi. Tayyorgarlik ham maromida bo'lgandi. Baxtiyor Ashurmatovga etarlicha vaqt etmadimi yoki Denis Bushuevga?

- O'ylashimcha, ikki murabbiyda ham vaqt etarli bo'ldi. Ular ham qo'lidan kelgancha harakat qildi. Biz ham imkoniyatimiz darajasida o'ynadik. Omad etishmadi, deya olaman. 

- Klub rahbariyati futbolchilar oldidagi majburiyatlarini bajardimi? 

- Vada berishdi. Qo'llaridan kelgancha hisob-kitob qilamiz, deb aytishdi. Qarzdorlik yo'q edi. Hammasi yaxshi ketayotgandi. 

- Xususiy klublar haqida fikriz qanday? Futbolchi sifatida turli jamoalarda o'ynagansiz va bu borada qarashlariz bor?

- Xususiy klub bo'lgandan keyin qandaydir imtiyozlar berilishi kerak. Bunday jamoa shakllantirish hammaga ham emas. Rahbariyat futbolni juda yaxshi ko'radi. Ularni qo'llab-quvvatlash kerak.

- Klub bazasida kimlar qoldi?

- Hech kim qolgani yo'q.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика