So’nggi yangiliklar

13:39Кейн "Олтин тўп" ҳақида: "Албатта, бу ҳақда ўйлайман!"  0 13:16"Насаф" яна бир етакчиси билан шартномани узайтирди!  0 13:03Ўзбекистон U-20 бош мураббийи Фарҳод Нишонов: "Биздан янги "Ҳусанов"ларни қидиришмоқда"  0 12:41ПФЛ "Насаф"нинг футболчини ижарага бериш масаласидаги таклифини қабул қилмади  0 12:15Англия Кубоги 4-босқичига қуръа ташланди: "Сити"га осон рақиб тушди, МЮ Ван Нистелрой қўл остидаги "Лестер"га қарши ўйнайди  0 11:58Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"да  4 11:39Ўзбекистон терма жамоаси футболчиси "Ордабаси" билан хайрлашди  2 11:23Ўзбекистонлик ҳакам бугун 2 учрашувда иш олиб боради  0 11:10Футзал. Бугун Ўзбекистон Осиё чемпионати саралашидаги иштирокини бошлайди  1 11:03Расман. Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси янги мавсумни «Бунёдкор»да бошлайди  2 10:57«Манчестер Сити» ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттиради  2 10:48АПЛдагилар космосдан тушмаган ёхуд уни "Манчестер Сити"да нима кутмоқда? Ҳусановнинг саргузаштлари ўзбекистонлик мураббийлар нигоҳида  5 10:31«Краснодар» тарбияланувчиси «Сурхон» кўригидан ўтмоқда  1 10:05Бир қатор тажрибали футболчилар «Хоразм» йиғинида иштирок этмоқда  3 09:47Ислом Исмоилов: "Рақиб ким бўлишининг фарқи йўқ. Барча рақибга қарши ўйнашимиз керак бўлади"  2

"Turon" – "Buxoro". Vaziyatlar, muhokamalar, o'zaro olqishlar hamda "oq" va "qora" (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Turon" – "Buxoro". Vaziyatlar, muhokamalar, o'zaro olqishlar hamda "oq" va "qora" (Bekzod Tolibov blogi)

Bu maqola aslida kecha yozilishi kerak edi. Ammo vaqt va yo'l charchog'i o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Hechdan ko'ra kech yaxshi.

"Turon" – "Buxoro" uchrashuvi va undan keyingi jarayonlarda menga yoqqan 3 ta jihat bor. Birinchisi, 4 ta gol va yakunda dramatik ko'rinishdagi 2:2 hisobi. Ikkinchisi, o'yin tugagan vaqtda har ikki jamoa fan-klubi vakillarining o'zaro bir-birlarini olqishlashi. Uchinchisi esa "Buxoro" bosh murabbiyi Xakim Fuzaylovning matbuot anjumanida bildirgan fikrlari.

Birinchi jihat haqida izoh bersam, o'yinda gollar sonining ko'p bo'lishi aynan muxlis uchun yoqimli. CHunki har qanday futbol ixlosmandi futboldagi gollardan zavq oladi, xuddi shunday men ham. Bu o'yin yakunida hech bir jamoa g'alabaga munosib emasdi. Birinchi bo'limda "Turon" gol urdi, "Buxoro" javob berdi. Ikkinchi bo'lim ham shunday ko'rinishda, faqat bu safar birinchi bo'lib "Buxoro" urdi, keyin "Turon" javob qaytardi. So'nggi daqiqalarda Yaypan klubi yutib ketishi ham mumkin edi, ammo taqdir bu o'yinda durang adolatli natija ekanini ko'rsatib qo'ydi. Humoyun Murtozaevning 11 metrlik nuqtadan yo'llagan zarbasini "Buxoro" posboni Nikola Stoshich qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Va yakuniy hisob sizu-bizga dramatik natijani taqdim etdi - 2:2.

Penalti belgilangan vaziyatlarning birinchisida yaqqol qoida buzilishi bor edi. Bunda tajribali Obid Jo'raboev jarima maydoni ichkarisiga yorib kirayotgan Jasur O'rinovni yiqitdi. Jarayonning shundoq yonginasida turgan bosh hakam Husan Muzaffarov hech bir ikkilanishsiz 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Ikkinchi vaziyatni esa maydonda ko'rganimda, ochig'ini aytaman, futbolchi yiqilayotib to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi, degan xulosaga kelgandim. Lekin keyinchalik takroriy vaziyatlarni ko'rganimda, fikrim o'zgardi. Odatda bunaqa xolatlar uchun penalti belgilanmaydi. Xatoning kelib chiqishiga sabab bo'lgan hakamning vaziyatdan biroz ortda qolib ketganligi bo'ldi. 

Husan Muzaffarov hozircha taniqli hakam emas, ammo bugungacha men ko'rgan o'yinlarda juda yaxshi ishlab kelayotgandi.  Yosh hakam o'sha vaziyatni boshqa rakursdan ko'rganida, balki qarori boshqacha bo'lishi mumkin edi. Bejiz dunyo amaliyotida VAR tizimi qo'llanilayotgani yo'q, hakam ham inson va bu faktorda har kimda ham xato bo'lishi bor gap. Penalti belgilandi, Murtozaev tepdi, Stoshich qaytardi va yuqorida aytganimdek, taqdirning adolatli qarori bu o'yinda hech bir jamoa g'alabaga munosib emasligini ko'rsatib qo'ydi. 

SHahboz Beg'amov "Navbahor" – "Qizilqum" uchrashuvi borasidagi muhokamalarda haq edi. Hakam xato qilsa, "Navbahor"ni yoki jamoa muxlislarining aybi yo'q. Kechagi o'yin bo'yicha ham shu gap. Husan Muzaffarov vaziyatni qiyin rakursdan ko'rgani sababli belgilangan penalti uchun "Turon" yoki muxlislarning aybi yo'q. O'ylanmay aytiladigan fikrdan tiyiling. Hasad emas, havas bilan yashagan kishi tashqaridan qaraganda ham chiroyli ko'rinadi.

O'yin yakunida har ikki jamoa fan-klublari o'zaro bir-birlarini olqishlaganliklariga guvoh bo'ldim, bu menga yoqqan ikkinchi jihat. Insoniylik, odamgarchilik, mehmondo'stlik kabi tuyg'ular bizga, yurtimiz ahliga xos jihat. Alohida takidlash joiz, uzoq demasdan vaqt ajratib Buxorodan Yaypanga etib kelib, stadionda jamoasini olqishlab turgan muxlislar ham etirofga loyiq.

O'yin va uning atrofidagi voqeliklardan yuqorida men aytgan uchinchi jihatni matbuot anjumanida ko'rdim. "Buxoro" bosh murabbiyi Xakim Fuzaylovning javoblari uning tajribasiga xos bo'ldi. Jamoasi foydasiga belgilanmagan penalti bo'yicha berilgan savolga "Men ko'rgan rakursdan penalti bordek tuyuldi, hakam esa xolatni boshqa nuqtadan ko'rdi. Agar xato qilgan bo'lsa, tegishli markaz bor, ko'rib chiqadi. Albatta "oq" va "qora"ni ular ajratib berishi mumkin" degan javobni berdi. Murabbiy hech kimdan nolimadi, xatto etiroz ham qilmadi. Savol bergan jurnalist Fuzaylovdan boshqacha javobni kutgandir balki, ammo javob esa kutilmagan bo'ldi.

P.S. Har doim bir tomonlama fikrlamaslikka harakat qilaman. Yuqoridagilarning barchasi mening fikrlarim. Bu borada sizdagi qarash boshqacha bo'lsa, albatta o'z fikringizda sobit qolavering.

Bekzod Tolibov

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика