So’nggi yangiliklar

23:34Италия Суперкубоги. "Болонья" - "Интер" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  0 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  2 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  2 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  21 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  1 20:16Виктор Фонт: "Лапорта кўп гапиради, лекин кам иш қилади. Мен қайтсам, Мессини клуб билан боғлайман"  7 19:41Исак Швецияда 2025 йилнинг энг яхши ўйинчиси деб топилди  2 18:59Футзал. Ўзбекистон Россияга қарши ўйинда даҳшатли камбэк қайд этиб, ғалабага эришди  14 18:47Азиз Амонов — "Динамо" футболчиси  13 18:25"Арсенал" мухлислари учун хушхабар  0

"Turon" bosh murabbiyi Islom Ismoilov: "Maqsadimiz sari intilishdan to'xtamaymiz" Yangiliklar

"Turon" bosh murabbiyi Islom Ismoilov: "Maqsadimiz sari intilishdan to'xtamaymiz"

Pro liganing dastlabki turidan o'rin olgan "Turon" va "Xorazm" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, "SHo'rtan" bilan kubok bahsidan so'ng shogirdlarimda ruhiy jihatdan muammolar bor edi. Lekin, bugungi uchrashuvgacha bo'lgan vaqt oralig'ida bu borada ishladik. Yigitlarga ko'rsatmalarimizni to'liq bajargani uchun rahmat aytaman.

Ko'rdingiz, bellashuv to'liq nazoratimizda o'tdi. O'zimiz yaratgan barcha vaziyatlardan foydalanganimizda hisob bundan ham yirik ko'rinish olardi. Kamchilik har doim bo'ladi. Yutgan o'yinlarimizda ham xatolar kuzatiladi. Futbol xatolarga boy o'yin. Istasak yoki istamasak baribir qaerdadir kamchiliklar yuzaga keladi. CHempioanat endi boshlandi. O'yin sifatini yanada yaxshilash uchun biroz vaqt kerak.

Maqsadimiz hujumkor futbol ko'rsatib muxlislarimizni xursand qilish. Birinchi bo'limdan keyin bollar bilan hisob qaltis ekanligini va xotirjamlikka berilmaslikni gaplashdik. Raqib gol uradigan bo'lsa ruhiy ustunlik ular tomonga o'tib ketardi. Yigitlarga ikkinchi bo'limda hisobni unutib maydonga tushishlarini takidladik.

Keyingi tur haqida? Har bir raqibni hurmat qilamiz. "Oq-tepa" ham o'ziga yarasha kuchli. Yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida bir qator yaxshi saviyadagi futbolchilar jamlangan. Bizni o'zimizni yo'limiz bor. Ularning o'zini yo'li bor. Biz maqsadimiz sari intilishdan to'xtamaymiz. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar maydonga g'alaba uchun tushamiz",- deydi Islom Ismoilov.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика