So’nggi yangiliklar

13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  19 13:50Футзал бўйича Осиё Кубоги. Афғонистон Ироқни уйига кузатиб қўйди  2 13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  1 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  1 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  4 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  1 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   6 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  11 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  27

Turnir jadvalidagi qo'shnilar qarama-qarshiligi yoxud turning markaziy "Paxtakor" va AGMK uchrashuvidan oldin "Championat.asia" ijodkorlari qanday fikrda? Yangiliklar

Turnir jadvalidagi qo'shnilar qarama-qarshiligi yoxud turning markaziy "Paxtakor" va AGMK uchrashuvidan oldin "Championat.asia" ijodkorlari qanday fikrda?

Coca Cola Superliga 9-turdan o'rin olgan "Paxtakor"- AGMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuv turning markaziy o'yini bo'lishi shubhasiz.

"CHiroyli o'yin unutiladi, natija tarixda qoladi". Ha, bu bugungi kunda zamonaviy futbolda ommalashib kerak bo'lsa trend darajasiga chiqayotgan iboralardan biri. Hozirga kelib jahondagi aksariyat jamoalar chiroyli o'yindan ko'ra kerakli va muhim natijani afzal ko'rishmoqda. 13 iyul oqshomida "Paxtakor" mehmoni bo'ladigan AGMK jamoasi ham tanaffusdan so'ng raqiblarini kichik hisoblarda mag'lub etib o'zi uchun nihoyatda zarur bo'lgan ochkolarni jamg'armoqda. Mirjalol Qosimov shogirdlari ayrim uchrashuvlarda o'yin tomonlama maqtana olayotgani yo'q. Muhimi natija bor. Ular biladiki, mavsum yakunida chiroyli va rangbarang o'yin emas, qo'lga kiritilgan natija barchasini hal qiladi. Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar buni uddasidan chiqishmoqda deyishimiz mumkin. Yani AGMK raqiblarini taktik tomonlama yutmoqda. Biroq, ularning shu paytgacha ish berayotgan rejasi "Paxtakor" bilan o'yinda o'xshamasligi mumkin. Boisi, SHota Arveladze ham taktik jihatdan Qosimovdan qolishmaydigan mutaxassis. Mazkur uchrashuv qaysidir manoda murabbiylar to'qnashuviga aylansa ajablanmayman. Tabiiyki, ushbu o'yinda ustunlik "Paxtakor" tomonida. Tarkibdagi futbolchilarning mahorati, darajasi jihatdan mezbonlar qisman favorit. Birgina CHeranni o'zi butun boshli jamoaning o'yinini boshqarishga qodir. Agarda, CHeran zararsizlantira olinsa AGMK nimadirga umid qilsa bo'ladi. Lekin, AGMK himoyachilarining bunga kuchi etarmikin? Xullas, gapirsa gap ko'p. Endigi so'z navbati "Championat.asia" saytining ijodkorlariga. Qani ular qanday fikrda? 


Kamoliddin Alimov, (olamsport.com bosh muharriri, "Tezkor Studiya" loyihasining sobiq boshlovchisi, samimiy dilkash inson): - Tabiiyki, bu ikki jamoalar o'rtasidagi to'qnashuv turning markaziy uchrashuvi bo'ladi. Ularni turnir jadvalida bir ochko ajratib turibdi, xolos. Lekin, klass baribir klass. "Paxtakor" jamoasi mahorat bobida AGMKdan kuchli. Buni ular o'tgan mavsumda ham isbotlashgan. Ikkita finalda to'qqizta gol urishgandi. To'g'ri, o'yin bilan o'yinni farqi bo'ladi. Ammo, baribir real olib qaraydigan bo'lsak "Paxtakor" yaqqol favorit. Boz ustiga ular o'z maydonida o'ynaydi. Turnir jadvalidan olib qaraganda "Paxtakor" uchun olti ochkolik bahs bo'ladi. Teng o'yin bo'lishini kutmoqdaman. Mezbonlar yutsa eng yaqin takibchisidan to'rt ochkoga o'tib ketadi. Aksi bo'lsa AGMK birinchi o'ringa chiqib oladi. Ikkinchi variant bo'lmasligi 99 foizga aniq. To'p dumaloq, er tekis. AGMK jamoasi boshidan baland sakrab yuborishi ham mumkin. AGMK bitta gol ursa kerak. Balki, hisobni ochishi ham mumkin. Lekin, tan olish kerak bu yilgi AGMK o'tgan yilgidan farq qilmoqda. Zaxirasida mahoratli ijrochilar bor. AGMK jamoasida ikkita teng kuchli tarkib bor desak ham bo'ladi. Taxminim bu uchrashuvda "Paxtakor" 3:1 hisobida g'alaba qozonadi.


Nodirxo'ja Yuldashev, ( shampionat.asia saytining asoschisi, jurnalist, bolalar futboli uchun borini beradigan mutaxassis): - Agar bu o'yinda AGMK yutsa, men uchun Mirjalol Qosimov shubhasiz yilning eng yaxshi murabbiyi bo'ladi. AGMKning bu starti va mazkur o'yindagi natijasi kerak bo'lsa, birinchi marotaba ularni chempion qilish imkoniyatini yaratadi. CHunki, "Paxtakor" deyarli bir oyga OCHLga ketadi. U erda og'ir o'yinlarni o'tkazib qaytgach, qoldirilgan ko'plab o'yinlarda maydonga tushadi. Undan tashqari, FIFA kunlari bor oktyabr va noyabr oylarida. Bu oylarda asosiy tarkibning ko'p futbolchilari MTJda bo'ladilar. SHularni inobatga olsak, AGMK keyingi 10 yilda qo'lga kirita olmaydigan imkoniyatiga ega chiqishi mumkin.

"Paxtakor"ga kelsam, ushbu jamoa joriy yilda 2019 yildagi kabi "piki"ga chiqmadi. O'yinlarda qiyinchilikka uchrayapti. CHeran va Masharipovni to'psizlantirishga erishilsa, aytarli hujum kuchli bo'lmaydi. Ammo, himoya chizig'i bilan maqtana oladi. AGMKning tarkibida yaqqol o'yinni hal qilib yuboradigan o'yinchi yo'q. Jamoaviy o'yin ko'ryapmiz. "Paxtakor"ni hujum chizig'iga qarshi turib berish oson bo'lmaydi, AGMK - "Nasaf" o'yinidan kelib chiqadigan bo'lsam, 2-bo'limda Berdiev jamoasi mazmunliroq ko'rindi. "Paxtakor" bilan o'yinda ham shu holat bo'lsa, shubhasiz bu bahsda "sherlar" imkoniyatni qo'ldan chiqarmaydilar. Bu erda muxlislarni o'ylantirayotgan boshqa mavzu bor, AGMK va "Paxtakor" bir tashkilot homiyligi ostida. Menimcha, bu shubhalarga Mirjalol Qosimov barham bera oladi. Ammo, vaziyatga real ko'z bilan qarasak, uchrashuvda bari-bir "Paxtakor"ning imkoniyati yuqori.



Narzulla Saydullaev, (shampionat.asia saytining yuragi va bosh muharriri): - Qisqa va lo'nda fikr bildiraman. Menimcha, "Paxtakor" AGMKni mag'lubiyatga uchratsa kerak. Jamoalarning ayni vaqtdagi holatidan kelib chiqib uchrashuvda yirik hisob qayd etilmaydi.


Aziz Nuriy, (saytimizning faol xodimi, "Qizilqum" matbuot kotibi)- Hozirgi "Paxtakor" ayni vaqtdagi AGMKdan to'rt marotaba kuchli deb hisoblayman. Taxminim 4:0 "sherlar" g'alabasini kutyapman. Boshqa izohga xojat yo'q.


Alisher Holmatov, (shampionat.asia saytining marketologi): - Fikrimcha, maydonda haqiqiy kurash kechadi va unda jamoalar 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishadi.


Halilov Jaloliddin, (shampionat.asia saytining yutub sahifasidagi ajoyib loyihalar muallifi): - "Paxtakor" o'z ananasiga sodiq qolgan holda 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qiladi.



Fahriddin Ro'ziev, (saytimizning tinim bilmas yosh ijodkorlaridan biri): - Joriy yilda o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan AGMK jamoasi Superligada ancha ishonchli harakat qilmoqda. Mirjalol Qosimov shogirdlari natija uchun o'ynashni maromiga etkazmoqda. Olmaliq shahri jamoasi "Paxtakor"ga etarlicha va munosib qarshilik ko'rsatishi aniq. Taxminim AGMK safardan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytadi va mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettiradi. 

Jahongir Fayzullaev, (o'z ishini muxlislikdan afzal ko'radigan saytimizning mehnatkash fotografi): -  Turnir jadvalidan olib qaralganda ancha shiddatlarga boy o'yin bo'ladi. O'yinda "Paxtakor" katta ustunlik bilan g'alaba qozonadi. O'z maydonida to'p tepishini hisobga olganda "Paxtakor" 3ta gol farqi bilan g'alabani nishonlaydi. AGMK jamoasi ham yomon emas. Tarkibda mahoratli va tajribali futbolchilari ko'p. Menimcha, o'tgan yili bo'lgani kabi bu safar ham AGMK qarshilik ko'rsata olmasa kerak. 


SHerzod Nurmatov, ("Futbol retro talqinda" loyihasining muallifi, saytimizning iqtidorli xodimi): - Hali umuman durang o'ynamagan, 7ta uchrashuvda g'alaba nashidasini surgan "Paxtakor"ga qarshi, joriy mavsumda hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan AGMK jamoasi saf tortadi. SHubhasiz ajoyib to'qnashuv. Ikki jamoa ham hujumkor futbol ko'rsatishini inobatga olsak juda chiroyli o'yin guvohiga aylanamiz. Taxminim, 2:1 "Paxtakor" foydasiga.  



Alisher Ostonov, ("Atletiko" Madridning O'zbekistondagi yagona muxlisi, saytimizning xodimi): - Taxminim 2:1 "Paxtakor" o'z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo'yadi. AGMK ham munosib qarshilik ko'rsatishiga ishonchim komil. 


Zoir Tursunboev, ( o'z ishiga aslo yuzaki yondashmaydigan shampionat.asia saytining uzoq yillik operatori): - "Paxtakor" o'z uyida o'tadigan bellashuvda AGMKni kichik 2:1 hisobida yutsa kerak. Ushbu uchrashuvda olmaliqliklar mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham mavsum yakunida kuchli uchlikdan joy egallashiga ishonaman.


Omonjon To'xtamirzaev, (shampionat.asia jurnalisti, futboldagi harakatlaridan Anzur Ismoilovni eslatib yuboradigan mehnatkash inson): - Hozirda "Paxtakor"ning deyarli barcha jabhalarda Superliga jamolaridan yaqqol ustunligi hech kimga sir emas. Albatta, bunday tarkib va imkoniyatlar bilan boshqacha bo'lishi ham qiyin edi. Kutilganidek o'yin ko'rsata olmayotgan Eren Derdiyok ham restartdan keyin gollar urishni boshladi. Jamoa anchayin ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Restartdan so'ng ajoyib sport formasida bo'lgan va yaxshi natijalar qatd etayotgan bo'lsada, AGMK hozircha ikkinchi o'rin bilan kifoyalanishga majbur. Aynan Qosimov jamoasining natijalaridan kelib chiqsak, bizni kurashlarga boy, yaxshi o'yin kutib turgandek. Ammo, amalda qanday bo'ladi buni vaqt ko'rsatadi.

SHaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, g'alabaga erishib, 3 ochkodan qo'lga kiritayotgan bo'lsada, AGMK hujum chizig'idagi o'yini bilan maqtana olmaydi. "Paxtakor" bilan o'yinda esa 1:0 yutish juda qiyin bo'ladi chamamda. Aniq hisobni taxmin qilmagan holda, aynan o'yin borasida poytaxt jamoasi imkoniyatlari yuqoriroq baholagan bo'lardim.

Saytimiz ijodkorlarining fikrlariga quloq tutdingiz. Albatta, futbolda vaziyatlardan unumli foydalangan jamoa g'alaba qozonishi turgan gap. "Paxtakor" butun boshli o'yin davomida ustunlikka ega bo'la turib AGMK bitta vaziyatdan gol urib ketishini hech kim kafolatlay olmaydi. SHunday ekan qolganini jamoalarning o'ziga topshiramiz. Siz qadrli ishqibozlardan esa uyda karantin qoidalariga rioya qilgan holda saytimiz orqali ushbu uchrashuv va Superliganing qolgan o'yinlarini kuzatib borishingizni so'rab qolamiz. Bizni kuzatishda davom eting!


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика