So’nggi yangiliklar

10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  1 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  1 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда дахшатли ўйинлар бор  14 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  17 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  9 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  10 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  3 22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  1

Turning markaziy o'yinida imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

Turning markaziy o'yinida imkoniyatlar qanday?

SHubhasiz 7-turning eng markaziy uchrashuvi bu Qarshidagi o'yin. Toshkent derbisida ikkita g'alabani qo'lga kiritgan "Lokomotiv" Ro'ziqul Berdiev sinovidan o'tadi.
Nasaf (Qarshi) – Lokomotiv (Toshkent)
1 may 2015. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), A. Capenko (Toshkent vil.), N. Boltaev (Navoiy)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
Imkoniyatlar: 50:50%



Bu o'yinda imkoniyatlarni teng baholashimiz mumkin. "Lokomotiv"dan farqli ravishda "Nasaf" OCHLda guruhdan chiqish imkoniyatiga ega bo'lib turibdi, bu esa kuchlarni keyingi o'yinga ham taqsimlash kerakligidan dalolat. Abramovda bunday muammo mavjud emas, joriy yilgi "Lokomotiv" ikkita tarkib bilan qatnashsa, ikkita tarkib yuqori to'rtlikdan joy olishi mumkin. "Paxtakor"ga qarshi zaxirada qoldirilgan Bikmaev, ikki Hasanov, Sardor Mirzaev va Temurxo'ja Abduxoliqov jismonan to'yingan holda bugungi o'yinni asosiy tarkibda boshlashlari mumkin.

"Nasaf" esa o'z maydonida yaxshi harakat qiladigan jamoa. Koblashga javob berilgach, jamoaviy o'yin yanada o'sdi. Bu erda Gadoevning holati yaxshilanib borayotgani ham jamoaga qo'l kelyapti.


Paxtakor (Toshkent) – Navbahor (Namangan)
1 may 2015. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:30
Hakamlar: 
V. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), A. Muminov (Toshkent  vil.)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
Imkoniyatlar: 55:45%

Kundagi yana bir o'yin Toshkentda bo'ladi. SHu erda bir gapni qayd etib ketsak. Saytda o'quvchilar o'rtasidagi asosiy nizo, viloyat vakillarini poytaxtda muxlislar yo'qligi haqidagi komentlaridan keyin kelib chiqyapti. Vodiyliklar esa aksincha, stadionilarini doimo to'lib turishi bilan poytaxtlik o'quvchilarni asabini buzyaptilar. Bugun va ertaga vodiyning ikki grandi poytaxtda tur o'yinlarini o'tkazadilar. Toshkentda Namangan va Farg'onadan kelgan  ko'plab hamyurtlarimiz istiqomat qiladilar. Agar bugun va ertaga "Neftchi" va "Navbahor"dan kamida ikki mingga yaqin muxlis, mehmonlar sektorida jamoalarini qo'llab-quvvatlab tursalar, poytaxtliklar haqiqatdan ham tan beradilar. Agar bitta sektor ham to'lmasa, iltimos qilib qolardik, keyingi komentlarda bu narsalarni boshqa ko'tarmaylik. Poytaxt o'z nomi bilan poytaxt va bu erda futbol o'z-o'zidan 5/6 darajada. Bu muxlis yo'q deganidan emas, buni poytaxtga kelib keyinchalik shu erda yashayotganlar ham tasdiqlasalar kerak.



Bevosita o'yinga qaytsak, "Paxtakor" chempionlik poygasidagi asosiy raqibidan mag'lubiyatga uchraganidan so'ng bugun boshqacha o'yin ko'rsatishi aniq. Qizg'in chempionatda yana ochko yo'qotilsa, jamoa chempionlik poygasidan tushib qolish hech gap emas. Ammo "Navbahor"ni "Bunyodkor"ga qarshi o'yinini yodga olsak, jamoa himoyada yaxshi o'ynagan edi faqat yakuniy zarbalarni darvozaga to'g'ri yo'naltira oladigan futbolchilar bo'lmadi. Bugun Rijko "hol" qo'ymasa, o'yin chiroyli o'tishi aniq.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика