So’nggi yangiliklar

20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  0 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  0 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  6 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  4 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  7 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  3 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  7 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  14

Turning markaziy o'yini: "Neftchi" - "Nasaf". Imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

Turning markaziy o'yini: "Neftchi" - "Nasaf". Imkoniyatlar qanday?

SHubhasiz, agar turnir jadvaliga etibor qaratadigan bo'lsak, bugunning eng markaziy o'yini Farg'onada bo'lib o'tadi.
Keling, bir boshidan tur o'yinlaridagi imkoniyatlarni chamalab chiqsak.

"Mashal" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Dinamo" bilan bo'lib o'tadigan o'yin "qaldirg'ochlar" uchun o'ta muhim. Boisi ular keyingi turda "Paxtakor" mehmoni bo'ladilar va ruhiy bosimga tushmaslik uchun ham "Bunyodkor" bugun g'alaba qozonishga harakat qiladi. "Bunyodkor" kabi Rashidov ham yana ko'zga tashlana boshladi. Qolaversa, Javlon Ibrohimov safga qaytgan. Lekin "Dinamo"ni ham so'nggi turda ishonchli g'alabani qo'lga kiritganligini yoddan ko'tarmaslik kerak. Aziz Ibragimov maydonni gol bilan tark etishga odatlanib bo'ldi.



"Bunyodkor" (Toshkent) - "Dinamo" (Samarqand)
Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Andrey Snetkov (Yangiyo'l), Sanjar SHoyusupov (Toshkent)
Zahira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Hakamlar nazoratchisi: Artyom Arutyunov (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Farhod Magametov (Toshkent)

Imkoniyatlar: 55:45%


Karpenkoning ikkinchi yoshligi qaytayotgan ko'rinadi. O'z paytida Muxtor Qurbonov ham "Traktor" safida yoshi katta bo'lsada, No'mon Hasanov bilan jamoaning bir qator g'alabalariga o'zining munosib ulushini qo'sha olgan edi. Faqat Taran o'yinga to'liq kirishib keta olmayapti. Avvallari Taranni jamoada tutgan o'rni katta bo'lar edi.
"Buxoro" esa bugun yangi murabbiy qo'l ostida maydonga chiqadi. Oxir oqibat Mochinov ishdan olindi. "Buxoro"ning keyingi taqdirini kuzatamiz.



"SHo'rtan" (G'uzor) - "Buxoro" (Buxoro)
Hakamlar:
R. Bobomuradov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. SHtern

Imkoniyatlar: 55:45%


"Qizilqum"ni safar o'yinlarida ham ochko olishni boshlaganligini inobatga olsak "Mashal"ga oson bo'lmaydi. Lekin bu o'yin "Mashal"ga, so'nggi turdagi yirik hisobdagi mag'lubiyat tasodif ekanligini muxlislarga isbotlab berish uchun yaxshi imkoniyat. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda muborakliklar himoya chizig'ining markaziga nima bo'lganligini video takrorlarni bir necha bora ko'rsakda echim topa olmadik.



"Mashal" (Muborak) - "Qizilqum" (Navoiy)
Hakamlar:
X. Ro'ziev (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), V. Lushin (Guliston), O. To'ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.

Imkoniyatlar: 50:50%


7 va 8-turlarda Davron Fayziev jamoasi bilan o'ta kerakli olti ochkoni qo'lga kirita olgandi. Bugun esa jamoa oldida yana bir katta sinov, "Paxtakor"ga qarshi imtihon topshiriladi. "So'g'diyona" bugungi moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda ikkinchi davra oldidan "Buxoro"da uzoqlashib olishi kerak bo'ladi. Boisi, "Buxoro"da pul bilan muammo yo'q va ular ikkinchi davrada o'z saflarini kuchaytirib xavfli zonada uzoqlashib ola biladilar. Ammo mana ikki yildirki, jizzaxliklar qiynalib kelyaptilar. "Paxtakor" esa aynan shu turdan keyinoq turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga olish uchun yaxshi imkoniyatga ega.



"So'g'diyona" (Jizzax) - "Paxtakor" (Toshkent)
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O'zPFL vvakili: A. Frolov.

Imkoniyatlar: 45:55%


Bu o'yinda imkoniyatlar teppa - teng! G'alaba qozongan jamoa turnir jadvalida bir-biriga nisbatan ustunlikka ega bo'ladi. "Neftchi" uch ochko ishlasa o'z o'rnida qoladi, "Nasaf" esa to'plar nisbatiga ko'ra birinchi o'ringa ko'tarilib olishi mumkin. Sadiov va Gevorkyan, Po'latov va Karimov, CHeremisin va Suyunov to'qnashuvi "Istiqlol" stadionini larzaga keltirsa ajab emas. Bitta "tur" dam olgan Maxsitaliev yana maydonga qaytadi. "Nasaf"da yo'qotishlar yo'q.



"Neftchi" (Farg'ona) - "Nasaf" (Qarshi)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), D. Saidov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.

Imkoniyatlar: 50:50%


Qarshida qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin bugungi o'yin favoriti bu - "Metallurg". Rustam Mirsodiqov o'z jamoasini so'nggi o'yinlarga ancha yaxshi tayyorlab kelyapti. "Andijon" esa hali safarda g'alaba qozona olmadi. Lekin ikki jamoaning ochkolari o'rtasidagi farq katta emasligini ham unutmaslik lozim.



"Metallurg" (Bekobod) - "Andijon" (Andijon)
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Imkoniyatlar: 55:45%


Bir o'yinni Ashurmatov bilan, yana birini Ashurmatovsiz o'tkazishga ko'nikib qolgan "Navbahor", bu safar bosh murabbiyi qo'li ostida "Olmaliq"qa qarshi maydonga chiqadi. Vodiy derbisida jamoa chakki harakat qilmagan edi. Faqat o'tkazib yuborilgan ikkinchi to'p juda ham qo'pol xatolar natijasida darvoza to'ridan joy olgandi. Ammo SHahboz shu onni o'zidayoq maydon markazidan turib hisobni tenglashtirish bilan javob berdi. "Olmaliq" esa "Lokomotiv" bilan o'yinda ham kuch yo'qotdi, ham ruhiy ustunlikka ega bo'ldi. "Olmaliq" o'z odatlariga xos tarzda etakchilardan ochko olib, o'rtamiyona jamoalar bilan qiynalyapti.



"Navbahor" (Navbahor) - "Olmaliq" (Olmaliq)
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Xaydarov.

Imkoniyatlar: 50:50%
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика