So’nggi yangiliklar

08:02Копа Америка. Аргентина сўнгги дақиқаларда ғалабани «илиб кетди»  4 07:40Суперлига. Бугун Андижонда «оловли» ўйин бор  16 02:25Евро-2024. Дания - Сербия 0:0, Даниянинг голи хисобга олинмади  0 02:15Евро-2024. Англия - Словения 0:0, Палмер ваниҳоят майдонга тушди  0 01:55Евро-2024. Дания билан голсиз дуранг қайд этган Сербия турнирни тарк этди  3 01:50Мусобақанинг энг зерикарли учршувида Англия Словения билан нурсиз дуранг ўйнади  18 01:18Андреа Белотти "Рома"ни тарк этиб, А Серияни бошқа жамоасига ўтди  0 00:41"Реал" Хоселуни "Эспаньол"дан харид қилиб, дарҳол сотади  3 00:35Евро-2024. Франция - Польша 1:1, Франция мусобақадаги биринчи голини урди  1 00:27"Рома" де Росси билан шартномани 2027 йилгача узайтирди  0 00:25Евро-2024. Нидерландия - Австрия 2:3  0 00:10Анвар Бердиев: "Ёзги трансферлар вақтида жамоада кўп ўзгаришлар бўлмайди"  3 23:43Темур Кападзе: "Рақиб хатоларидан унумли фойдаландик"  0 23:26Февзи Давлетов: "Иккита қизил карточка ўйин натижасига таъсир кўрсатди"  4 22:59Евро-2024. Австрия Нидерландияни ер тишлатди ва биринчи ўрин билан кейинги босқичга йўлланма олди  25

Turkmanistonga qarshi uchrashuvlarda kimlar maydonga tushgan va gol urgan? O'zaro o'yinlar tarixi Yangiliklar

Turkmanistonga qarshi uchrashuvlarda kimlar maydonga tushgan va gol urgan? O'zaro o'yinlar tarixi

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida bo'lajak raqibimiz haqidagi malumotlarni o'rtoqlashamiz.

Turkmanistonga qarshi ilk to'qnashuvimiz aynan CAFA turnirining ajdodi bo'lgan Markaziy Osiyo kubogiga to'g'ri kelgan. Toshkentda o'tgan bahsda Ulug'bek Ro'zimov hamda Azamat Abduraimovlarning goliga raqib jamoa safida Vitaliy Zolotuxin javob qaytargan.

Markaziy Osiyo kubogi-1992. Guruh bosqichi

O'zbekiston — Turkmaniston 2:1

28.06.1992. “Paxtakor” stadioni. Toshkent, O'zbekiston. 1300 tomoshabin

Bosh hakam: Yuriy Pekshev (Tojikiston)

Gollar: 1:0 — 8, Ulug'bek Ro'zimov, 2:0 — 75, Azamat Abduraimov, 2:1 — 85, Vitaliy Zolotuxin

O'zbekiston: Anvar Jabborov, Murod Aliev, Mustafo Belyalov, Saydullo Tursunov, Ilhom SHaripov, Rustam Abdullaev (Oybek Usmonxo'jaev, 66), Abduqahhor Marufaliev (Qodir Ibragimov, 62), Ulug'bek Ro'zimov (Aleksandr Kojuxov, 71), Oleg Sinelobov, Azamat Abduraimov, No'mon Hasanov

Turkmaniston: Aleksandr Korobko, Amandurdi Annadurdiev (Vitaliy Zolotuxin, 69), Rahim Qurbonmamedov, Jumadurdi Meredov, Komil Mingazov (Dmitriy Korj, 73), CHoriyorquli Seydiev, Qurbongeldi Durdiev, Amanmurad Meredov, Sergey Kazakov, CHoriyor Muhadov (Rafis Gilmanov, 86), Berdimurod Nurmuradov (Qurbonmamat Meredov, 46)

Turkmanistonda o'tgan javob o'yinida esa mezbonlar o'zaro qarama-qarshilikdagi yagona g'alabasini qo'lga kiritgan. CHoriyor Muhadov mamlakati uchun tarixiy golni urgan. Guruh bosqichi sistemasida o'tgan mazkur turnirda Qozog'ston terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan. O'zbekiston 2-o'rin bilan kifoyalangan bo'lsa, Turmaniston kuchli uchlikdan o'rin olgan. Azamat Abduraimov esa turnir to'purariga aylangan.

Markaziy Osiyo kubogi-1992. Guruh bosqichi

Turkmaniston — O'zbekiston 1:0

25.10.1992. "Ko'petdag'" stadioni. Ashg'obod, Turkmaniston. 3000 tomoshabin. 

Bosh hakam: Abdug'ani Rajabov (Qirg'iz Respublikasi)

Gol: 1:0 — 70, CHoriyor Muhadov

Turkmaniston: Korobko Aleksandr, Annadurdiev Amandurdi, Korj Dmitriy, Kurbanmamedov Rahim, Mingazov Komil (Bayliev Vepa, 70), Saidiev CHoriyorquli, Kirillov Valeriy (Meredov Amanmurad, 46), Kozlov Aleksey, Zolotuxin Vitaliy (Kazakov Sergey, 65), Muhadov Ravshan, Nurmuradov Berdimurod (Muhadov CHoriyor, 46)

O'zbekiston: Allaniyozov Berdaq, Aliev Murod, Belyalov Mustafo, Magometov Farhod, Tixonov Aleksandr, Makarov Viktor, Narziqulov Samat (Do'rmonov Rustam, 46), Sinelobov Oleg (Volkov Aleksandr, 81), Jabborov Hamza (Xodiev Sobir, 70), Kechinov Valeriy, Hasanov No'mon

Ogohlantirishlar: Sinelobov Oleg (45), Bayliev Vepa (72)


Navbatdagi bellashuv oradan ikki yil o'tgach tashkil etilgan. "Paxtakor" stadionida o'tgan uchrashuvda vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Mustaqillik kubogi-1994

O'zbekiston — Turkmaniston 4:0

11.04.1994. "Paxtakor" stadioni. Toshkent, O'zbekiston. 35000 tomoshabin

Bosh hakam: Abdug'ani Rajabov (Qirg'iz Respublikasi)

Gollar: 1:0 — 45, SHuhrat Maqsudov, 2:0 — 47, Abduqahhor Marufaliev, 3:0 — 53, Rustam Abdullaev, 4:0 — 71, No'mon Hasanov

O'zbekiston: Berdaq Allaniyozov, Murod Otajonov, Ulug'bek Ro'zimov, Fevzi Davletov, Andrey Fyodorov, Aleksandr Tixonov, Abduqahhor Marufaliev (Vali Keldiev, 75), Olim Tillaev, SHuhrat Maqsudov (No'mon Hasanov, 65), Rustam Abdullaev, Rustam Do'rmonov

Turkmaniston: Igor Omelechenko, Dmitriy Korj, CHoriquli Saidiev, Evgeniy Sisoev, Vitaliy Teplyakov, Aman Meredov (Valeriy Kirillov, 63), Amandurdi Annadurdiev, Vitaliy Zolotuxin, Berdimurod Nurmuradov (Ravshan Muhadov, 46), Komil Mingazov, CHoriyor Muhadov


Buni qarangki, jamoalar shu yilning o'zida Osiyo o'yinlarida to'qnash keladi. O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida peshqadamlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, Turkmaniston "A" guruhida Eronni ortda qoldirib, ikkinchi o'rinni egallaydi. SHu bois, jamoalar pley-offda duch kelishadi. Mazkur bahsda ham hamyurtlarimiz yirik g'alabani tantana qilishadi. Musobaqa yakunida esa o'zbekistonliklar chempionlikni tantana qilishadi.

Osiyo o'yinlari-1994. CHorak final

Turkmaniston — O'zbekiston 0:3

7.10.1994. "Miyoshi Atletik" stadioni. Miyoshi, Yaponiya. 1293 tomoshabin

Bosh hakam: Radi al Haddad (Kuvayt)

Gollar: 0:1 — 15, Igor SHkvirin, 0:2 — 20 (pen.), Azamat Abduraimov, 0:3 — 33, Igor SHkvirin

Turkmaniston: Aleksandr Korobko, Dmitriy Korj, CHoriquli Saidiev, Evgeniy Sisoev, Rahim Qurbonmamedov, Aman Meredov, Mamandurdi Annadurdiev, Berdimurod Nurmurodov, Vitaliy Zolotuxin, Komil Mingazov, CHoriyor Muhadov

O'zbekiston: Yuriy SHeykin, Ulug'bek Ro'zimov, Aleksandr Tixonov, Farhod Magometov, Andrey Fedorov, Abdusamat Do'rmonov, Ilhom SHaripov, Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, SHuhrat Maqsudov, Igor SHkvirin

Jamoalarning navbatdagi to'qnashuvi ham Osiyo o'yinlariga to'g'ri kelgan. To'rt yildan keyin qo'shnilarimiz sezilarli kuchayishga erishgan va dastlabki bosqichning "A" guruhida Janubiy Koreya va Vetnamni mag'lub etib, peshqadam sifatida keyingi bosqichga yo'l olgan. Vakillarimiz Kuvayt va Mo'g'ulistonni ortda qoldirgan. Ikkinchi bosqichda esa bir guruhdan o'rin olgan qo'shnilar bellashuvida kuchlar teng kelgan. Guruh bosqichi yakuniga ko'ra, O'zbekiston birinchi, Turkmaniston esa ikkinchi o'rin bilan chorak final yo'lanmasini qo'lga kiritgan. Biroq vakillarimiz Eron, turkmanlar esa Xitoy to'sig'idan o'ta olishmagan.

Osiyo o'yinlari-1998. Guruh bosqichi

11.12.1998. "Supachalasai" stadioni, 1000 tomoshabin. Bangkok, Tailand

O'zbekiston — Turkmaniston 1:1

Gollar: 1:0 — 37, Nig'matulla Qutiboev, 1:1 — 72, Muslim Agaev

O'zbekiston: Pavel Bugalo (Oleg Belyakov, 46), Aleksandr Sayun, Rustam SHaymardonov, Andrey Fyodorov, Aleksandr Xvostunov, Baxtiyor Qambaraliev, Aleksey Semenov (Rashid G'ofurov, 65), SHuhrat Rahmonqulov, Eduard Momotov, Nig'matulla Qutiboev, Igor SHkvirin

Oradan ikki yil o'tgan, jamoalar Toshkentda o'rtoqlik sho'yinida kuch sinashadi, unda hamyurtlarimiz yirik hisobidagi g'alabaga ega chiqishadi.

O'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston — Turkmaniston 3:0

8.10.2000. "Paxtakor" stadioni, 15000 tomoshabin. Toshkent, O'zbekiston. 

Bosh hakam: Gali Imamov (O'zbekiston)

Gollar: 1:0 — 40, Rustam Do'rmonov, 2:0 — 55, Maksim SHackix, 3:0 — 63, Maksim SHackix

O'zbekiston: Pavel Bugalo (Georgiy Zabirov, 84), Baxtiyor Ashurmatov (Fevzi Davletov, 82), Davron Fayziev (Abdumajid Toirov, 75), Nikolay SHirshov (Andrey Akopyanc, 72), Andrey Fyodorov (SHuhrat Rahmonqulov, 46), Sergey Lushan, Sergey Lebedev, Mirjalol Qosimov (Aleksandr Xvostunov, 81), Nig'matulla Qutiboev (Otabek SHomurodov, 46), Maksim SHackix (Umid Isoqov, 82), Rustam Do'rmonov (Igor SHkvirin, 57)

Turkmaniston: Aleksandr Korobko (Bayramniyaz Berdiev, 83), Qurbongeldi Durdiev (Vitaliy Alikperov, 80), Umar Berdiev, Gochguli Gochguliev, Aleksandr Ignatov, Zarif Ereshov (Suhupnazar Durdiev, 68), Begenchmuhammad Quliev (Vladimir Miller, 80), Aleksandr Nesterov, Sapar Taganqilichev (Konstantin Podduev, 46), Yuri Magdiev, Amandurdi Annadurdiev (SHuhrat Orazgeldiev, 68)

2002 yilgi jahon chempionati saralashida esa yana ikki qo'shnining yo'llari tutashadi. Ilk bosqichning 7-guruhidan o'rin olgan jamoalarning o'zaro dastlabki qarama-qarshiligi 2-turga to'g'ri kelgan va Mirjalol Qosimovning yagona goli o'yin taqdirini hal qilgan.

Jahon chempionati saralash bosqichi

O'zbekiston — Turkmaniston 1:0

25.04.2001. "Paxtakor" stadioni, 55000 tomoshabin. Toshkent, O'zbekiston

Bosh hakam: Jalol Moradi (Eron)

Gol: 1:0 — 63, Mirjalol Qosimov

O'zbekiston: Oleg Belyakov, Oleg Pashinin, Fevzi Davletov, Nikolay SHirshov (Ulug'bek Baqoev, 90), Davron Fayziev, Aleksey Dioniseev, Vladimir Maminov, Sergey Lushan (Aleksandr Xvostunov, 69), Mirjalol Qosimov, Georgi Georgiev (Muxtor Qurbonov, 82), Jafar Irismetov

Turkmaniston: Aleksandr Korobko, Qurbongeldi Durdiev, Umar Berdiev, Gochguli Gochguliev, Yuri Magdiev, Aleksandr Ignatov, Jumadurdi Meredov, Dmitriy Xomuxa, Kamil Mingazov (Yuri Bordolimov, 57), Kahaber Gogoladze (Muslim Agaev, 80), Vladimir Bayramov (Rajabmurod Agabaev, 46)

Ogohlantirishlar: Jafar Irismetov (23), Yuri Magdiev (34), Mirjalol Qosimov (35), Oleg Pashinin (36), Davron Fayziev (81)


Javob o'yinida esa tomoshabnilar ettiga gol guvohiga aylanishgan, ammo bahs turkmanlarning yirik mag'lubiyati bilan yakunlangan. Dastlabki bosqich yakunlariga ko'ra, O'zbekiston guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olgan. Turkmaniston esa ikkinchi o'rinni egallab, jahon chempionati bilan ancha erta xayrlashgan.

Jahon chempionati saralash bosqichi

Turkmaniston — O'zbekiston 2:5

3.05.2001. "Amman" stadioni, 800 tomoshabin. Amman, Iordaniya.

Bosh hakam: Deshapriya Arambekade (SHri Lanka)

Gollar: 0:1 — 21 (pen.) Mirjalol Qosimov, 0:2 — 35, Jafar Irismetov, 1:2 — 42, Vladimir Bayramov, 2:2 — 44, Vladimir Bayramov, 2:3 — 48, Ulug'bek Baqoev, 2:4 — 82, Andrey Akopyanc, 2:5 — 88, Georgi Georgiev

Turkmaniston: Aleksandr Korobko, Qurbongeldi Durdiev (Vladimir Miller, 87), Umar Berdiev, Gochguli Gochguliev, Begenchmuhammed Kuliev, Yuri Magdiev (Amandurdi Annadurdiev, 60), Jumadurdi Meredov, Kamil Mingazov, Rajabmurod Agabaev, Vladimir Bayramov 

O'zbekiston: Oleg Belyakov, Fevzi Davletov, Davron Fayziev, Nikolay SHirshov, Aleksandr Xvostunov, Aleksey Dioniseev, Vladimir Maminov, Marat Ahmerov (Andrey Akopyanc, 46), Mirjalol Qosimov, Muxtor Qurbonov (Ulug'bek Baqoev, 46), Jafar Irismetov (Georgi Georgiev, 73)

Ogohlantirishlar: Jumadurdi Meredov (16), Yuri Magdiev (17), Marat Ahmerov (42)

2004 yilgi Osiyo kubogida Markaziy Osiyo derbisi sodir bo'ldi. Yoshi katta insonlar jarima to'piga yoniga yaqinlashganda raqiblarni titratadigan Mirjalol Qosimovning shedevr golini hanuz unutishmagan bo'lsa kerak. "S" guruhi yakunlariga ko'ra, terma jamoamiz peshqadam sifatida pley-offga yo'l olgan. Turkmaniston esa uchinchi o'rin bilan kifoyalangan. Yurtdoshlarimiz esa chorak finalda penaltilar seriyasida Bahraynga imkonitni boy berib qo'ygan.

Osiyo kubogi-2004. Guruh bosqichi

Turkmaniston — O'zbekiston 0:1

26.07.2004. "CHonqing Olimpik Sport Centr" stadioni, 34000 tomoshabin. CHonqing, Xitoy. 

Bosh hakam: Muhammad Kusa (Suriya)

Gol: 0:1 — 58, Mirjalol Qosimov

Turkmaniston: 30.Pavel Harchik, 3.Gochguli Gochguliev, 4.Guvanch Rejepov, 15.Omar Berdiev, 6.Gurbangeldi Durdiev (12.Vyacheslav Krendelev, 75), 8.Artyom Nazarov (24.Evgeniy Zemskov, 67), 14.Rustam Saparov, 20.Begench Kuliev, 22.Nazar Bayramov, 13.Guvanchmuhammad Ovekov, 21.Vladimir Bayramov (9.Arif Mirzoev, 84)

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.Andrey Fyodorov, 24.Asror Aliqulov, 25.Islom Inomov, 28.Aleksey Nikolaev, 6.Leonid Koshelev, 18.Timur Kapadze, 20.Eldor Magdeev (9.Anvar Soliev, 77), 17.Zafar Xolmurodov (11.Vladimir SHishelov, 77), 23.Ilyos Zeytullaev (4.Mirjalol Qosimov, 46), 26.Marat Bikmaev

Ogohlantirishlar: Omar Berdiev (11), Nazar Bayramov (25), Guvanch Rejepov (39), Gochguli Gochguliev (63), Islom Inomov (72)

CHetlatish: Islom Inomov (84)


Bundan to'rt yil muqaddam Osiyo kubogida yana ikki qo'shni qarama-qarshiligi sodir bo'lgan. Dubayda o'tgan bahsda Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi javobsiz to'rtta gol urgan. Turkmaniston guruh bosqichidan keyinoq ortga qaytgan bo'lsa, terma jamoamiz yana penaltidan jabrdiyda bo'ladi, bu safar Avstraliya 11 metrli standartlar bo'yicha ustun keladi.

Osiyo Kubogi-2019.

"F" guruhi, 2-tur.

TURKMANISTON - O'ZBEKISTON 0:4

13 yanvar 2019. Dubay. "Rashid" stadioni. (21:00)

Bosh hakam: Ammar Al Junaybi (BAA)

Qanot hakamlari: Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahri (ikkisi BAA)

Darvoza ortidagi hakamlar: Muhammad Abdulla Muhammad(BAA) va Turki Al Xudoyor (Saudiya Arabistoni)

Zaxira hakami: Muhammad Ala Bakri (Saudiya Arabistoni)

Gollar: Javohir Sidiqov 17, Eldor SHomurodov 24, Jaloliddin Masharipov 40, Eldor SHomurodov 42

Turkmaniston (5-4-1): 1.Mammet Orazmuhammedov - 12.Serdar Annaorazov, 4.Mekan Saparov, 2.Zafar Babajanov, 5.Vezirgeldi Ilyasov, 6.Gurbangeldi Batirov - 8.Ruslan Mingazov, 21.Rasul Xo'jaev, 19.Ahmet Ataev (20.Murat Annaev, 44), 7.Arslonmurot Amanov - 9.Vohit Orazsahedov (17.Altimurot Annadurdiev, 46).

Zaxira: 16.Batir Babaev, 22.Nikita Gorbunov, 3.Guymurot Annagulliev, 10.Suleyman Muhadov, 11.Murat Yaxshiev, 13.Merdan Gurbanov, 14.Ilya Tamurkin, 15.Mixail Titov, 18.Serdar Geldiev, 23.Davron Orazaliev.

O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal SHorahmedov (6.Davron Hoshimov, 46), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 9.Odil Ahmedov (18.Fozil Musaev, 77), 19.Otabek SHukurov - 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboev, 68), 11.Jaloliddin Masharipov - 14.Eldor SHomurodov.

Zaxira:   21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 4.Farrux Sayfiev, 7.Sardor Rashidov, 10.Marat Bikmaev, 23.Odil Hamrobekov, 16.Aziz Turg'unboev.

Ogohlantirish:   Anzur Ismoilov 71.

So'nggi to'qnashuv esa O'zbekiston mezbonlik qilgan "CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasiga to'g'ri kelgan.

"CAFA Nation's Cup-2023", 2-tur

Turkmaniston – O'zbekiston - 0:2

14 iyun 2023 yil. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 20:30.

Hakamlar: Nurzatbek Abdikadirov (Qirg'iziston), Sergey Grishchenko (Qirg'iziston), Sarvari Mohd SHarif (Eron), Akrami Hasan (Eron)

Komissar: Jamali Omid (Eron)

Gollar: 0:1 - 52, Eldor SHomurodov (Hojimat Erkinov), 0:2 - 86, Eldor SHomurodov (Jamshid Iskanderov)

O'zbekiston - 12.Abduvohid Nematov, 5.Abduqodir Husanov, 7.Otabek SHukurov, 10.Jaloliddin Masharipov (8.Jamshid Iskanderov, 73), 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Eldor SHomurodov (Bobir Abdixoliqov, 90+2), 15.Umarbek Eshmurodov, 17.Sardor Sobirxo'jaev (11.Oston O'runov, 46), 19.Azizbek Turg'unboev (25.Xojimat Erkinov, 46), 20.Akmal Mozgovoy (9.Odiljon Hamrobekov, 46), 22.Dilshod Saitov (3.Hojiakbar Alijonov, 65).
Zaxira: 1.O'tkir Yusupov, 16.Botirali Ergashev, 18.Abdulla Abdullaev, 26.Abbosbek Fayzullaev, Jamshid Boltaboev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev.

Turkmaniston - 1. Rasul CHariev, 8. Ahmet Ataev, 2. Guychmurat Annaguliev, 3. Yilas Toyjanov, 4. Mekan Saparov, 6. Ibraim Mammedov, 10. Resul Hojaev, 15. Abdi Bashimov, 17. Altinmurat Annadurdiev, 18. Yilas Saparmammedov, 24. SHanazar Tirkishov.

Zaxira: 5.Ata Geldiev, 7.Arslanmurat Amanov, 9.Murat Annaev, 11.Didar Durdiev, 12.Batir Babaev, 13.Velmurat Ballakov, 14.Meylis Diniev, 16.Dovletyar Berdiev, 20.Begimurat Bayov, 21.Arzuvguli Saparguliev, 23. Teymur CHariev, 25. Mirza Beknazarov.


"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasidan so'ng JCH-2026 saralash bosqichida ham qo'shnilarimiz bilan yo'llarimiz kesishdi. Mehmonda o'tgan o'yinda vakillarimiz ishonchli hisobda g'alaba qozongandi. 

JCH-2026 va Osiyo Kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichi
TURKMANISTON – O'ZBEKISTON - 1:3
16 noyabr. Ashxobod. "Ashxobod" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Hiroyuki Kimura, Kota Vatanabe, Takumi Takagi, Hiroki Kasahara (barchasi – Yaponiya).
Nazoratchi: Abdulloh Dor Balideh (Qatar)
Komissar: Tran Thi Lan Xuong (Vetnam)

Gollar: Meylis Durdiev 44, - 1:0. Otabek SHukurov 57, - 1:1 (Eldor SHomurodov). Otabek SHukurov 77, - 1:2 (Eldor SHomurodov). Eldor SHomurodov 90+1, - 1:3 (Otabek SHukurov).

Turkmaniston: 23.Raxat Japarov, 2.Guychmurat Annaguliev, 3.SHohrat Soyuunov, 4.Meylis Durdiev (6.Alibek Abdurahmonov, 78), 8.Ruslan Mingazov (14.Sanazar Tirkisov, 78), 10.Elman Tagaev (9.Murat Annaev, 88), 13.Velmurat Ballakov (20.Selim Nurmiradov, 61), 15.Abdi Bashimov, 17.Altinmurat Annadurdiev (7.Arslanmirat Amanov, 61), 18.Yazgilich Gurbanov, 21.Teymur CHariev.
Zaxira: 1.Rasul CHariev, 16.Rustem Ahalliev, 5.Ata Geldiev, 11.Didar Durdiev, 12.Ibraim Mammedov, 19.Rovshengeldi Halmammedov, 22.Ilya Tamurkin.

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov (13.SHerzod Nasrullaev, 75), 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek SHukurov, 9.Odilbek Hamrobekov, 11.Oston O'runov (22.Abbos Fayzullaev, 55), 14.Eldor SHomurodov (6.Azizbek G'aniev, 90+3), 15.Abduqodir Husanov, 19.Azizbek Turg'unboev (21.Igor Sergeev, 55), 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Valijon Rahimov, 16.Botirali Ergashev, 2.Alibek Davronov, 8.Jamshid Iskanderov, 10.Jasur Yaxshiboev, 17.Bobir Abdixoliqov, 18.Abdulla Abdullaev, 20.Hojimat Erkinov. 

Ogohlantirishlar: Odiljon Hamrobekov 35, Abdi Bashimov 66.

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
05 iyu 18:48:30
,Хаqiqiy Kazim.
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Sizlarniyam xar doim qoqqanlar bor lekin...normalni yozaver
Качонгача бировларни асбобини ушлаб сийасан харп
+2   
05 iyu 18:46:47
,Хаqiqiy Kazim.
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Sizlarniyam xar doim qoqqanlar bor lekin...normalni yozaver
Лобйини кокамиз
+1   
05 iyu 15:08:49
Supper Liga
Qoilman. Doimiy g'alabalar bardavom bo'lsin. Olg'a O'zbekiston
+1   
05 iyu 14:22:16
,Хаqiqiy Kazim.
Хар доим кокканмиз экан гап йок
   
05 iyu 21:03:33
Soccerland777
Мақтаниш эмасу, лекин ҳамма ўйинни кўрганман. Биринчи ўйин Навбаҳор Темирйўлчи (Қўқон) финал ўйини билан бир кунда ўтказилган... (Ташкилотчиларни калласига қойил) 2001 йилги ўйинни стадиондан кўрганман. М. Қосимов жарима зарбаси билан гол урганди. МТЖ қизил формада ўйнаганди ... Ҳақиқатдан қараса 55000 мингдан кўпроқ одам келган. ташқаридаям одам қоп кетганди ўшанда...
   
05 iyu 19:42:21
Бахром Махмудов93
Ўзбек футболининг муҳлиси foydalanuvchining fikriga javob berish
Гочқули Гочқулиев, Ариф Мирзаев, Гувончмуҳаммад Овеков Пахтакор, Бунёдкор, Навбаҳорда ўйнаган футболчилар
Овековни уйнларини курганман техникаси кучлик уйнчи эди
   
05 iyu 19:30:18
Ўзбек футболининг муҳлиси
Гочқули Гочқулиев, Ариф Мирзаев, Гувончмуҳаммад Овеков Пахтакор, Бунёдкор, Навбаҳорда ўйнаган футболчилар
   
05 iyu 19:10:29
,Хаqiqiy Kazim.
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Мен championat.asia севаман
Xd xd xd xd xd
-2   
05 iyu 19:08:55
Rasul M
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Лобйини кокамиз
Мен championat.asia севаман
-3   
05 iyu 18:14:01
Negi Rek
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Хар доим кокканмиз экан гап йок
Qarilama
-3   
05 iyu 17:55:57
Rasul M
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Хар доим кокканмиз экан гап йок
Sizlarniyam xar doim qoqqanlar bor lekin...normalni yozaver
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика