So’nggi yangiliklar

12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  1 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  1 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  22 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0

Turkmanistonga qarshi uchrashuvlarda kimlar maydonga tushgan va gol urgan? O'zaro o'yinlar tarixi Yangiliklar

Turkmanistonga qarshi uchrashuvlarda kimlar maydonga tushgan va gol urgan? O'zaro o'yinlar tarixi

CAFA Nations Cup turniri doirasida bo'lajak raqibimiz haqidagi malumotlarni o'rtoqlashamiz.

Turkmanistonga qarshi ilk to'qnashuvimiz aynan CAFA turnirining ajdodi bo'lgan Markaziy Osiyo kubogiga to'g'ri kelgan. Toshkentda o'tgan bahsda Ulug'bek Ro'zimov hamda Azamat Abduraimovlarning goliga raqib jamoa safida Vitaliy Zolotuxin javob qaytargan.

Markaziy Osiyo kubogi-1992. Guruh bosqichi

O'zbekiston — Turkmaniston 2:1

28.06.1992. “Paxtakor” stadioni. Toshkent, O'zbekiston. 1300 tomoshabin

Bosh hakam: Yuriy Pekshev (Tojikiston)

Gollar: 1:0 — 8, Ulug'bek Ro'zimov, 2:0 — 75, Azamat Abduraimov, 2:1 — 85, Vitaliy Zolotuxin

O'zbekiston: Anvar Jabborov, Murod Aliev, Mustafo Belyalov, Saydullo Tursunov, Ilhom SHaripov, Rustam Abdullaev (Oybek Usmonxo'jaev, 66), Abduqahhor Marufaliev (Qodir Ibragimov, 62), Ulug'bek Ro'zimov (Aleksandr Kojuxov, 71), Oleg Sinelobov, Azamat Abduraimov, No'mon Hasanov

Turkmaniston: Aleksandr Korobko, Amandurdi Annadurdiev (Vitaliy Zolotuxin, 69), Rahim Qurbonmamedov, Jumadurdi Meredov, Komil Mingazov (Dmitriy Korj, 73), CHoriyorquli Seydiev, Qurbongeldi Durdiev, Amanmurad Meredov, Sergey Kazakov, CHoriyor Muhadov (Rafis Gilmanov, 86), Berdimurod Nurmuradov (Qurbonmamat Meredov, 46)

Turkmanistonda o'tgan javob o'yinida esa mezbonlar o'zaro qarama-qarshilikdagi yagona g'alabasini qo'lga kiritgan. CHoriyor Muhadov mamlakati uchun tarixiy golni urgan. Guruh bosqichi sistemasida o'tgan mazkur turnirda Qozog'ston terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan. O'zbekiston 2-o'rin bilan kifoyalangan bo'lsa, Turmaniston kuchli uchlikdan o'rin olgan. Azamat Abduraimov esa turnir to'purariga aylangan.

Markaziy Osiyo kubogi-1992. Guruh bosqichi

Turkmaniston — O'zbekiston 1:0

25.10.1992. "Ko'petdag'" stadioni. Ashg'obod, Turkmaniston. 3000 tomoshabin. 

Bosh hakam: Abdug'ani Rajabov (Qirg'iz Respublikasi)

Gol: 1:0 — 70, CHoriyor Muhadov

Turkmaniston: Korobko Aleksandr, Annadurdiev Amandurdi, Korj Dmitriy, Kurbanmamedov Rahim, Mingazov Komil (Bayliev Vepa, 70), Saidiev CHoriyorquli, Kirillov Valeriy (Meredov Amanmurad, 46), Kozlov Aleksey, Zolotuxin Vitaliy (Kazakov Sergey, 65), Muhadov Ravshan, Nurmuradov Berdimurod (Muhadov CHoriyor, 46)

O'zbekiston: Allaniyozov Berdaq, Aliev Murod, Belyalov Mustafo, Magometov Farhod, Tixonov Aleksandr, Makarov Viktor, Narziqulov Samat (Do'rmonov Rustam, 46), Sinelobov Oleg (Volkov Aleksandr, 81), Jabborov Hamza (Xodiev Sobir, 70), Kechinov Valeriy, Hasanov No'mon

Ogohlantirishlar: Sinelobov Oleg (45), Bayliev Vepa (72)


Navbatdagi bellashuv oradan ikki yil o'tgach tashkil etilgan. "Paxtakor" stadionida o'tgan uchrashuvda vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Mustaqillik kubogi-1994

O'zbekiston — Turkmaniston 4:0

11.04.1994. "Paxtakor" stadioni. Toshkent, O'zbekiston. 35000 tomoshabin

Bosh hakam: Abdug'ani Rajabov (Qirg'iz Respublikasi)

Gollar: 1:0 — 45, SHuhrat Maqsudov, 2:0 — 47, Abduqahhor Marufaliev, 3:0 — 53, Rustam Abdullaev, 4:0 — 71, No'mon Hasanov

O'zbekiston: Berdaq Allaniyozov, Murod Otajonov, Ulug'bek Ro'zimov, Fevzi Davletov, Andrey Fyodorov, Aleksandr Tixonov, Abduqahhor Marufaliev (Vali Keldiev, 75), Olim Tillaev, SHuhrat Maqsudov (No'mon Hasanov, 65), Rustam Abdullaev, Rustam Do'rmonov

Turkmaniston: Igor Omelechenko, Dmitriy Korj, CHoriquli Saidiev, Evgeniy Sisoev, Vitaliy Teplyakov, Aman Meredov (Valeriy Kirillov, 63), Amandurdi Annadurdiev, Vitaliy Zolotuxin, Berdimurod Nurmuradov (Ravshan Muhadov, 46), Komil Mingazov, CHoriyor Muhadov


Buni qarangki, jamoalar shu yilning o'zida Osiyo o'yinlarida to'qnash keladi. O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida peshqadamlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, Turkmaniston "A" guruhida Eronni ortda qoldirib, ikkinchi o'rinni egallaydi. SHu bois, jamoalar pley-offda duch kelishadi. Mazkur bahsda ham hamyurtlarimiz yirik g'alabani tantana qilishadi. Musobaqa yakunida esa o'zbekistonliklar chempionlikni tantana qilishadi.

Osiyo o'yinlari-1994. CHorak final

Turkmaniston — O'zbekiston 0:3

7.10.1994. "Miyoshi Atletik" stadioni. Miyoshi, Yaponiya. 1293 tomoshabin

Bosh hakam: Radi al Haddad (Kuvayt)

Gollar: 0:1 — 15, Igor SHkvirin, 0:2 — 20 (pen.), Azamat Abduraimov, 0:3 — 33, Igor SHkvirin

Turkmaniston: Aleksandr Korobko, Dmitriy Korj, CHoriquli Saidiev, Evgeniy Sisoev, Rahim Qurbonmamedov, Aman Meredov, Mamandurdi Annadurdiev, Berdimurod Nurmurodov, Vitaliy Zolotuxin, Komil Mingazov, CHoriyor Muhadov

O'zbekiston: Yuriy SHeykin, Ulug'bek Ro'zimov, Aleksandr Tixonov, Farhod Magometov, Andrey Fedorov, Abdusamat Do'rmonov, Ilhom SHaripov, Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, SHuhrat Maqsudov, Igor SHkvirin

Jamoalarning navbatdagi to'qnashuvi ham Osiyo o'yinlariga to'g'ri kelgan. To'rt yildan keyin qo'shnilarimiz sezilarli kuchayishga erishgan va dastlabki bosqichning "A" guruhida Janubiy Koreya va Vetnamni mag'lub etib, peshqadam sifatida keyingi bosqichga yo'l olgan. Vakillarimiz Kuvayt va Mo'g'ulistonni ortda qoldirgan. Ikkinchi bosqichda esa bir guruhdan o'rin olgan qo'shnilar bellashuvida kuchlar teng kelgan. Guruh bosqichi yakuniga ko'ra, O'zbekiston birinchi, Turkmaniston esa ikkinchi o'rin bilan chorak final yo'lanmasini qo'lga kiritgan. Biroq vakillarimiz Eron, turkmanlar esa Xitoy to'sig'idan o'ta olishmagan.

Osiyo o'yinlari-1998. Guruh bosqichi

11.12.1998. "Supachalasai" stadioni, 1000 tomoshabin. Bangkok, Tailand

O'zbekiston — Turkmaniston 1:1

Gollar: 1:0 — 37, Nig'matulla Qutiboev, 1:1 — 72, Muslim Agaev

O'zbekiston: Pavel Bugalo (Oleg Belyakov, 46), Aleksandr Sayun, Rustam SHaymardonov, Andrey Fyodorov, Aleksandr Xvostunov, Baxtiyor Qambaraliev, Aleksey Semenov (Rashid G'ofurov, 65), SHuhrat Rahmonqulov, Eduard Momotov, Nig'matulla Qutiboev, Igor SHkvirin

Oradan ikki yil o'tgan, jamoalar Toshkentda o'rtoqlik sho'yinida kuch sinashadi, unda hamyurtlarimiz yirik hisobidagi g'alabaga ega chiqishadi.

O'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston — Turkmaniston 3:0

8.10.2000. "Paxtakor" stadioni, 15000 tomoshabin. Toshkent, O'zbekiston. 

Bosh hakam: Gali Imamov (O'zbekiston)

Gollar: 1:0 — 40, Rustam Do'rmonov, 2:0 — 55, Maksim SHackix, 3:0 — 63, Maksim SHackix

O'zbekiston: Pavel Bugalo (Georgiy Zabirov, 84), Baxtiyor Ashurmatov (Fevzi Davletov, 82), Davron Fayziev (Abdumajid Toirov, 75), Nikolay SHirshov (Andrey Akopyanc, 72), Andrey Fyodorov (SHuhrat Rahmonqulov, 46), Sergey Lushan, Sergey Lebedev, Mirjalol Qosimov (Aleksandr Xvostunov, 81), Nig'matulla Qutiboev (Otabek SHomurodov, 46), Maksim SHackix (Umid Isoqov, 82), Rustam Do'rmonov (Igor SHkvirin, 57)

Turkmaniston: Aleksandr Korobko (Bayramniyaz Berdiev, 83), Qurbongeldi Durdiev (Vitaliy Alikperov, 80), Umar Berdiev, Gochguli Gochguliev, Aleksandr Ignatov, Zarif Ereshov (Suhupnazar Durdiev, 68), Begenchmuhammad Quliev (Vladimir Miller, 80), Aleksandr Nesterov, Sapar Taganqilichev (Konstantin Podduev, 46), Yuri Magdiev, Amandurdi Annadurdiev (SHuhrat Orazgeldiev, 68)

2002 yilgi jahon chempionati saralashida esa yana ikki qo'shnining yo'llari tutashadi. Ilk bosqichning 7-guruhidan o'rin olgan jamoalarning o'zaro dastlabki qarama-qarshiligi 2-turga to'g'ri kelgan va Mirjalol Qosimovning yagona goli o'yin taqdirini hal qilgan.

Jahon chempionati saralash bosqichi

O'zbekiston — Turkmaniston 1:0

25.04.2001. "Paxtakor" stadioni, 55000 tomoshabin. Toshkent, O'zbekiston

Bosh hakam: Jalol Moradi (Eron)

Gol: 1:0 — 63, Mirjalol Qosimov

O'zbekiston: Oleg Belyakov, Oleg Pashinin, Fevzi Davletov, Nikolay SHirshov (Ulug'bek Baqoev, 90), Davron Fayziev, Aleksey Dioniseev, Vladimir Maminov, Sergey Lushan (Aleksandr Xvostunov, 69), Mirjalol Qosimov, Georgi Georgiev (Muxtor Qurbonov, 82), Jafar Irismetov

Turkmaniston: Aleksandr Korobko, Qurbongeldi Durdiev, Umar Berdiev, Gochguli Gochguliev, Yuri Magdiev, Aleksandr Ignatov, Jumadurdi Meredov, Dmitriy Xomuxa, Kamil Mingazov (Yuri Bordolimov, 57), Kahaber Gogoladze (Muslim Agaev, 80), Vladimir Bayramov (Rajabmurod Agabaev, 46)

Ogohlantirishlar: Jafar Irismetov (23), Yuri Magdiev (34), Mirjalol Qosimov (35), Oleg Pashinin (36), Davron Fayziev (81)


Javob o'yinida esa tomoshabnilar ettiga gol guvohiga aylanishgan, ammo bahs turkmanlarning yirik mag'lubiyati bilan yakunlangan. Dastlabki bosqich yakunlariga ko'ra, O'zbekiston guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olgan. Turkmaniston esa ikkinchi o'rinni egallab, jahon chempionati bilan ancha erta xayrlashgan.

Jahon chempionati saralash bosqichi

Turkmaniston — O'zbekiston 2:5

3.05.2001. "Amman" stadioni, 800 tomoshabin. Amman, Iordaniya.

Bosh hakam: Deshapriya Arambekade (SHri Lanka)

Gollar: 0:1 — 21 (pen.) Mirjalol Qosimov, 0:2 — 35, Jafar Irismetov, 1:2 — 42, Vladimir Bayramov, 2:2 — 44, Vladimir Bayramov, 2:3 — 48, Ulug'bek Baqoev, 2:4 — 82, Andrey Akopyanc, 2:5 — 88, Georgi Georgiev

Turkmaniston: Aleksandr Korobko, Qurbongeldi Durdiev (Vladimir Miller, 87), Umar Berdiev, Gochguli Gochguliev, Begenchmuhammed Kuliev, Yuri Magdiev (Amandurdi Annadurdiev, 60), Jumadurdi Meredov, Kamil Mingazov, Rajabmurod Agabaev, Vladimir Bayramov 

O'zbekiston: Oleg Belyakov, Fevzi Davletov, Davron Fayziev, Nikolay SHirshov, Aleksandr Xvostunov, Aleksey Dioniseev, Vladimir Maminov, Marat Ahmerov (Andrey Akopyanc, 46), Mirjalol Qosimov, Muxtor Qurbonov (Ulug'bek Baqoev, 46), Jafar Irismetov (Georgi Georgiev, 73)

Ogohlantirishlar: Jumadurdi Meredov (16), Yuri Magdiev (17), Marat Ahmerov (42)

2004 yilgi Osiyo kubogida Markaziy Osiyo derbisi sodir bo'ldi. Yoshi katta insonlar jarima to'piga yoniga yaqinlashganda raqiblarni titratadigan Mirjalol Qosimovning shedevr golini hanuz unutishmagan bo'lsa kerak. "S" guruhi yakunlariga ko'ra, terma jamoamiz peshqadam sifatida pley-offga yo'l olgan. Turkmaniston esa uchinchi o'rin bilan kifoyalangan. Yurtdoshlarimiz esa chorak finalda penaltilar seriyasida Bahraynga imkonitni boy berib qo'ygan.

Osiyo kubogi-2004. Guruh bosqichi

Turkmaniston — O'zbekiston 0:1

26.07.2004. "CHonqing Olimpik Sport Centr" stadioni, 34000 tomoshabin. CHonqing, Xitoy. 

Bosh hakam: Muhammad Kusa (Suriya)

Gol: 0:1 — 58, Mirjalol Qosimov

Turkmaniston: 30.Pavel Harchik, 3.Gochguli Gochguliev, 4.Guvanch Rejepov, 15.Omar Berdiev, 6.Gurbangeldi Durdiev (12.Vyacheslav Krendelev, 75), 8.Artyom Nazarov (24.Evgeniy Zemskov, 67), 14.Rustam Saparov, 20.Begench Kuliev, 22.Nazar Bayramov, 13.Guvanchmuhammad Ovekov, 21.Vladimir Bayramov (9.Arif Mirzoev, 84)

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.Andrey Fyodorov, 24.Asror Aliqulov, 25.Islom Inomov, 28.Aleksey Nikolaev, 6.Leonid Koshelev, 18.Timur Kapadze, 20.Eldor Magdeev (9.Anvar Soliev, 77), 17.Zafar Xolmurodov (11.Vladimir SHishelov, 77), 23.Ilyos Zeytullaev (4.Mirjalol Qosimov, 46), 26.Marat Bikmaev

Ogohlantirishlar: Omar Berdiev (11), Nazar Bayramov (25), Guvanch Rejepov (39), Gochguli Gochguliev (63), Islom Inomov (72)

CHetlatish: Islom Inomov (84)


Oxirgi to'qnashuv esa bundan to'rt yil muqaddam yana Osiyo kubogida sodir bo'lgan. Dubayda o'tgan qarama-qarshilikda Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi javobsiz to'rtta gol urgan. Turkmaniston guruh bosqichidan keyinoq ortga qaytgan bo'lsa, terma jamoamiz yana penaltidan jabrdiyda bo'ladi, bu safar Avstraliya 11 metrli standartlar bo'yicha ustun keladi.

Osiyo Kubogi-2019.

"F" guruhi, 2-tur.

TURKMANISTON - O'ZBEKISTON 0:4

13 yanvar 2019. Dubay. "Rashid" stadioni. (21:00)

Bosh hakam: Ammar Al Junaybi (BAA)

Qanot hakamlari: Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahri (ikkisi BAA)

Darvoza ortidagi hakamlar: Muhammad Abdulla Muhammad(BAA) va Turki Al Xudoyor (Saudiya Arabistoni)

Zaxira hakami: Muhammad Ala Bakri (Saudiya Arabistoni)

Gollar: Javohir Sidiqov 17, Eldor SHomurodov 24, Jaloliddin Masharipov 40, Eldor SHomurodov 42

Turkmaniston (5-4-1): 1.Mammet Orazmuhammedov - 12.Serdar Annaorazov, 4.Mekan Saparov, 2.Zafar Babajanov, 5.Vezirgeldi Ilyasov, 6.Gurbangeldi Batirov - 8.Ruslan Mingazov, 21.Rasul Xo'jaev, 19.Ahmet Ataev (20.Murat Annaev, 44), 7.Arslonmurot Amanov - 9.Vohit Orazsahedov (17.Altimurot Annadurdiev, 46).

Zaxira: 16.Batir Babaev, 22.Nikita Gorbunov, 3.Guymurot Annagulliev, 10.Suleyman Muhadov, 11.Murat Yaxshiev, 13.Merdan Gurbanov, 14.Ilya Tamurkin, 15.Mixail Titov, 18.Serdar Geldiev, 23.Davron Orazaliev.

O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal SHorahmedov (6.Davron Hoshimov, 46), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 9.Odil Ahmedov (18.Fozil Musaev, 77), 19.Otabek SHukurov - 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboev, 68), 11.Jaloliddin Masharipov - 14.Eldor SHomurodov.

Zaxira:   21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 4.Farrux Sayfiev, 7.Sardor Rashidov, 10.Marat Bikmaev, 23.Odil Hamrobekov, 16.Aziz Turg'unboev.

Ogohlantirish:   Anzur Ismoilov 71.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика