So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  5 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Turkmaniston va yana to'rt jamoa Osiyo Kubogi-2019ga yo'llanma oldi Yangiliklar

Turkmaniston va yana to'rt jamoa Osiyo Kubogi-2019ga yo'llanma oldi

Kecha Osiyo qitasida 2019 yilgi Osiyo Kubogi uchun saralash bahslari bo'lib o'tdi.

5-tur o'yinlaridan oldin 3ta jamoa yo'llanmaga ega bo'lgandi: Falastin, Ummon va Hindiston. Kechagi o'yinlardan so'ng yana 5ta jamoaning qita chempionatiga borishi aniq bo'ldi.

"A" guruhida qo'shnilarimiz Qirg'iziston terma jamoasi safarda Makaoni 4:3 hisobida mag'lub etishdi. Hindiston esa Myanma bilan durang o'ynadi - 2:2.

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Hindiston

5

4

1

0

10:3

13

2

Qirg'iziston

4

2

1

1

7:6

7

3

Myanma

4

1

2

1

8:5

5

4

Makao 

5

0

0

5

4:15

0



"B" guruhida Livan safarda Gongkongni mag'lub etib yo'llanmaga ega chiqdi - 1:0. KXDR Malayziyani yirik hisobda taslim qildi - 4:1.

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Livan

5

4

1

0

12:3

13

2

KXDR

5

2

2

1

11:10

8

3

Gongkong

5

1

2

2

4:5

5

4

Malayziya

5

0

1

4

4:13

1



"C" kvartetida Kambodja mehmoni bo'lgan Iordaniya 1:0 hisobida zafar quchib Osiyo Kubogiga chiqdi. Vetnam o'z maydonida Afg'oniston bilan durang o'ynadi, bu natija mezbonlarga 2019 yilgi musobaqa borishlari uchun etarli bo'ldi.

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Iordaniya

5

3

2

0

15:4

11

2

Vetnam

5

2

3

0

8:2

9

3

Kambodja

5

1

0

4

2:15

3

4

Afg'oniston

5

0

3

2

5:9

2



"D" guruhida o'tgan turdayoq ikki yo'llanma sohibi aniq bo'lgandi. Bu turda Butan o'z uyida Ummonga yutqazdi - 2:4. Falastin Maldiv orolarini ayab o'tirmadi - 8:1.

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Falastin 

5

5

0

0

25:2

15

2

Ummon

5

4

0

1

27:5

12

3

Maldiv 

5

1

0

4

4:19

3

4

Butan

5

0

0

5

2:32

0



"E" guruhida so'nggi tur faqat rasmiyatchilikka aylanadi. Qo'shnilarimiz Turkmaniston terma jamoasi o'z maydonida Xitoy Taypei ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishishdi va 2004 yildan buyon ilk bor qita chempionatiga chiqishdi. Bahran Singapurni yirik hisobda mag'lub etib Turkmanistonga sherik bo'ldi - 3:0.

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Bahrayn

5

3

1

1

11:3

10

2

Turkmaniston

5

3

1

1

9:6

10

3

Xitoy Taypei

5

2

0

3

6:12

6

4

Singapur

5

0

2

3

3:8

2



"F" kvartetida kechagi ikkala o'yinda ham 0:0 hisobi qayd etildi. Qo'shnilarimiz Tojikiston terma jamoasi o'z muxlislari qarshisida Yamanni enga olmadi. Filippin esa safarda Nepal bilan murosa ko'chasini tanladi.

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Filippin

5

2

3

0

11:7

9

2

Yaman

5

1

4

0

5:4

7

3

Tojikiston

5

2

1

2

9:7

7

4

Nepal

5

0

2

3

2:9

2



SHu tariqa hozirga qadar saralash uchun berilgan 12ta yo'llanmaning 8tasi o'z egasini topdi: Hindiston, Livan, Iordaniya, Vetnam, Falastin, Ummon, Bahrayn, Turkmaniston.

Qolgan 4ta yo'llanma egalari so'nggi, 6-tur o'yinlaridan so'ng malum bo'ladi. Osiyo Kubogi saralash bahslarining 6-turi keyingi yilning 27 mart sanasida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2018 saralashi uchinchi bosqichiga chiqqan 12ta jamoa o'tgan yilning o'zida Osiyo Kubogi-2019ga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgan. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi ham bor.
 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика