So’nggi yangiliklar

08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  2 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  3 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0

Turkmaniston klubi Ginnes rekordini yangiladi, biroq u tan olinmadi. Nima uchun? Yangiliklar

Turkmaniston klubi Ginnes rekordini yangiladi, biroq u tan olinmadi. Nima uchun?

Klub ketma-ket 37 ta uchrashuvda g'alaba qozongan.

Turkmanistonning yangi tashkil etilgan "Arqadag'" futbol klubi 37 uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib, Ginnesning rekordlar kitobidagi natijani yangiladi. U Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga tegishli bo'lib, jamoa 34 ta g'alaba qayd etgan. Ammo Rekordlar kitobi xodimlari natijani qayd etishga shoshilishmayapti, deb yozmoqda "The Guardian".

Ginnes kitobi vakili "Arqadag'"ning g'alabalar seriyasi nima uchun rekordlar malumotnomasida hisobga olinmaganini tushuntirdi.

"Turkmaniston ligasi haqida juda oz narsa malum, bu va shunga o'xshash rekordlar bo'yicha olib borgan tadqiqotlarimiz uchun biz xohlaganimizdan kamroq. Biz odatda boshqaruv tizimi va raqobatning mavjudligiga ham qaraymiz. Bularning barchasini inobatga olib, rekordchi "Al Hilol" ekanligini tasdiqladik", – dedi Ginnes kitobi vakili.



"Al Hilol" mart oyida ketma-ket 28 o'yinda g'alaba qozonib, jahon rekordini yangiladi va "Al Hilol"ning g'alabali seriyasi endi 34 o'yinga etdi.

"Arqadag'" klubiga rasman sobiq prezident, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov asos solgan.

2019 yilda tashkil etilgan shahar va klub Turkmanboshi merosxo'ri Berdimuhamedov nomi bilan atalgan. "Arqadag'" so'zi sobiq davlat rahbarining rasmiy unvoni bo'lib, "qo'rg'on, tayanch va umid" degan manoni anglatadi.

"Arqadag'" 2023 yilning bahorida tashkil etilgan. Klub o'sha yili Turkmaniston chempioni bo'ldi va 24 uchrashuvning barchasida "+66" to'p farqi bilan g'alaba qozondi. SHuningdek, jamoaning mamlakat kubogida 7 ta, Turkmaniston ligasining yangi mavsumida esa 6 ta g'alabasi bor (ushbu musobaqadagi to'plar farqi "+30"). Ot tasviri tushirilgan klub formasi va logotipi dizayni bilan Berdimuhamedovning o'zi shug'ullangan, uning tashabbusi bilan "Arqadag'" yaratilgan.



Turkmaniston siyosiy rejimining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, mamlakatning barcha eng yaxshi o'yinchilari darhol klubga qo'shilgan. Hatto "Arqadag'" o'ziga kerakli futbolchilarni sotib olishi uchun transfer oynasi maxsus uzaytirilgan.

Bunday sharoitlarda siz har qanday rekordlarni o'rnatishingiz mumkin, ayniqsa, sizning ixtiyoringizda mutlaqo cheksiz mamuriy resurslar mavjud bo'lsa, ulardan hatto deyarli raqobatdosh bo'lmagan vaziyatda ham biror narsa noto'g'ri ketganda foydalanish mumkin.



"The Guardian" etiborini "SHagadam" bilan noyabr oyida bo'lib o'tgan o'yinda 2:2 hisobi qayd etilib turgan paytda "Arqadag'" foydasiga penalti belgilangan va buning evaziga Berdimuhamedov jamoasi yana bir bor g'alaba qozonganiga qaratdi.

Umuman olganda, nashrning qayd etishicha, Berdimuhamedov ongli ravishda Arqadag' shahrini Ginnesning rekordlar kitobiga kiritishni taminlashga intiladi. Va bu maqsadga erishish uchun u hech narsadan tap tortmaydi.

Ginnes rekordlar kitobiga kirishdek yuqori marrani tez fursatda zabt etolmaganiga qaramay, "Arqadag'" vakillari yozga kelib, jamoalari umumosiyo musobaqalarida maqsadiga erishishidan umid qilishmoqda.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика