So’nggi yangiliklar

07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

Turkmaniston bosh murabbiyi Mergen Orazov: "Bugun gol urishga loyiq edik" Yangiliklar

Turkmaniston bosh murabbiyi Mergen Orazov: "Bugun gol urishga loyiq edik"

"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi doirasidagi Turkmaniston – O'zbekiston uchrashuvidan so'ng Turkmaniston bosh murabbiyi Mergen Orazov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Birinchi navbatda musobaqa tashkilotchilariga rahmat aytaman. Tajribamiz ortib bormoqda. O'yindan ko'nglim to'ldi, yigitlar borini berib o'ynashdi. To'g'ri hatolar ham bo'ldi, lekin bugungi uchrashuv uchun yigitlardan minnatdorman.

- Turkmaniston terma jamoasi bugungi uchrashuvda gol urishga loyiqmidi, sababi bugun ko'p havfli vaziyatlar yaratdingiz?

- Ha, mening fikrimcha bugun gol urishga loyiq edik. O'zbekiston terma jamoasi ancha kuchli, shu sabab bizga biroz qiyin bo'ldi, lekin shunga qaramay, biz bugun hech bo'lmasa bitta gol urishimiz kerak edi.

- Birinchi uchrashuvda Turkmaniston sifatli o'yin ko'rsatdi. Bugungi uchrashuvda ham birinchi bo'limda ancha yaxshi harakat qildingiz. Ikkinchi taymda gol o'tkazib yuborilganidan so'ng, jamoangiz hujumga o'tdi va katta potencialga ega ekanligini ko'rsatdi. SHu haqida fikrlaringiz?

- Birinchi o'yinga qaraganda ko'p o'zgarishlarga qo'l urdik. Birinchi taymda kam hujum qildik va ko'proq himoyalandik. Ikkinchi taymda esa hujum qilishga majbur bo'ldik. Potencialimiz albatta yuqori. 2023 yilda endigina ikkinchi yig'inni o'tkazmoqdamiz va yigitlar bir biriga endi ko'nikishni boshlamoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика