So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  18 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  16 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Turkiyaning eng italyancha jamoasi haqida Yangiliklar

Turkiyaning eng italyancha jamoasi haqida

"Fatih Karagumruk" – Turkiyaning eng italyancha jamoasi hisoblanadi. Nega, bilasizmi?

Klub prezidenti Sulaymon Xumra A Seriyani yaxshi ko'radi, shu sababli hozirda Superliganing o'rtamiyona jamoasi (30 turdan keyin sakkizinchi o'rin) tarkibida Italiyada to'p tepgan etti futbolchi bor: Lukas Bigliya, Fabio Borini, Emiliano Viviano, Andrea Bertolachchi, Lukas Kastro, Ervin Zukanovich va Kristobal Xorkera. Biroq bu ham hali hammasi emas — endi "Karagumruk"ning murabbiyi ham italiyalik.

Franchesko Farioli aprelda 32 yoshni qarshi oladi, u Evropaning eng yosh murabbiylaridan biri hisoblanadi. Farioli faoliyatida ilk bor bosh murabbiy sifatida ishlaydi — mavsumni Franchesko "Alanyaspor" bosh murabbiyi yordamchisi sifatida boshlagandi. Bungacha u uch yil davomida "Benevento" va "Sassuolo"da Roberto De Zerbi shtabida darvozabonlar bilan ishlagan. Undan avval Qatarda, o'sha mashhur "Aspire Academy"da tahlilchi bo'lib faoliyat yuritgan. Bir necha yil davomida shaxsiy sayt/blogini yuritgan. U erga Farioli taktikaga oid matn va videolarni yuklab borardi.

Farioli De Zerbi bilan "Lukkeze"da darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlayotganda tanishib qoladi. "Lukkeze" o'shanda "Fodja" (De Zerbi murabbiy bo'lgan) bilan o'yin o'tkazgan va Farioli raqibning harakatlari tahlilini o'zining blogiga joylaydi. Material Robertogacha etib boradi va ular suhbatlashib turadigan bo'lishadi. 27 yoshida Franchesko A Seriyada paydo bo'ladi — De Zerbi uni "Benevento"ga chaqiradi. SHu o'rinda qiziq bir faktni aytib o'tish lozim: Farioli — "Benevento" posboni Alberto Brinoliga "Milan" darvozasiga o'sha mashhur golni urishda yordam bergan.

"Ilk mashg'ulotlardan birida shunday mashq bo'lgan — darvozabon to'pni boshi bilan o'ynashi va to'g'risidagi darvozani aniq nishonga olishi talab qilinardi. Brinoliga bu mashq yoqmasdi, u shunchaki unda mano ko'rmasdi va vaqtni bekorga o'tkazish deb hisoblardi. O'sha golidan keyin Brinoli to'g'ri mening oldimga yugurib keldi, men undan: "Ko'rdingmi, o'sha mashq nega kerak bo'lganini?!", — deb so'radim.

De Zerbi birinchi uchrashuvdanoq Franchesko Farioli kuchli tahlilchi ekanligini sezganini takidlaydi va uni katta muvaffaqiyatlar kutayotganini taxmin qiladi. 

Ko'ramiz, Farioli bu taxminlarni amalga oshira olarmikan?! Lekin nima bo'lganda ham yosh bo'lishiga qaramay, ulkan tajribaga ega bo'lgan Farioli faoliyat zinapoyasidan sekin-asta ko'tarilayotganini sezish mumkin. "Fotih Karagumruk" klubi esa italiyalik mutaxassis uchun ideal jamoa, Italiya futboliga befarq bo'lmaganlar davrasida qaxramonimiz yanada tezroq o'sishi, rivojlanishi va kim biladi deysiz, yaqin kelajakda TOP-5 chempionatlaridan birida paydo bo'lishi ham mumkindir...


Nozima Zaripova xorij saytlari asosida tayyorladi  

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика