So’nggi yangiliklar

16:40"Ювентус" "Челси" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 16:18Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Олимпик". Таркиблар эълон қилинди  0 16:08"Бавария" Кейнга ўринбосар топиб қўйди  0 15:31Чуамени: "Ямалнинг ишлари "Эл Класико"га ҳарорат қўшди"  3 15:03Тез орада ишдан бўшаши кутилаётган АПЛ мураббийлари (ТОП-5)  5 14:35Мухлислар норози бўлиши аниқ: АПЛ узоқ йиллик анъанасини бузишга тайёрланмоқда  2 14:05Рэтклифф Левандовскининг МЮга ўтишига тўсқинлик қилган  2 13:37Шомуродов Туркия Суперлигасида тур рамзий жамоасидан ўрин олди  5 13:17Суперлига. 27-турга ҳакамлар тайинланди  7 12:53Туркияда ҳакамлар қимор ботқоғида: 150 нафардан ортиқ ҳакам тергов остида!  1 12:25Брендан Рожерс "Селтик" мураббийлигидан истеъфога чиқди  2 11:59ЎФФ президенти "Бенфика" клуби шароити билан танишди  3 11:38"Челси" қозоғистонлик футболчини Франция клубига ижарага беради  3 10:41"Барселона" МЮга керак бўлмай қолган яна бир футболчининг трансферига 70 миллион евро сарфлашга тайёр  2 10:10Ламин Ямал "Реал"га қарши ўйиндан сўнг ижтимоий тармоқдаги саҳифасига ўзгартириш киритди  15

Turkiyada hakamlar qimor botqog'ida: 150 nafardan ortiq hakam tergov ostida! Yangiliklar

Turkiyada hakamlar qimor botqog'ida: 150 nafardan ortiq hakam tergov ostida!

Taxminan 42 nafar hakam 1000 dan ortiq o'yinlarga pul tikkan. Ulardan biri 18 0000 dan ortiq "stavka"ni amalga oshirgan.

Sud organlari bu hakamlarning moliyaviy operaciyalarini tekshirmoqda.

Turkiya futbol federaciyasi (TFFva Istanbul prokuraturasi 150 dan ortiq professional hakamlarga, jumladan, mamlakatning yuqori divizioni — Superliganing 22 nafar rasmiy shaxsi bo'yicha alohida tergov boshladi.

Federaciya tomonidan o'tkazilgan ichki o'rganishlar shuni ko'rsatdiki, professional ligalardagi amaldagi 571 nafar hakamdan 371 nafari pul tikish hisobiga ega va 152 nafari qimor o'yinlarida faol ishtirok etgan, deb elon qildi TFF prezidenti Ibrohim Hojiusmono'g'li Istanbuldagi federaciya bosh qarorgohida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida. 

Yuqori martabali hakamlar orasida 7 nafari bosh hakam va 15 nafari yon hakam edi.

"Biz o'z uyimizni tozalashdan boshladik. Turkiya futbolining ham faxri, ham muammoli sohasi bo'lgan hakamlar hamjamiyati bizning boshlang'ich nuqtamizga aylandi", – dedi Hojiusmono'g'li.

Prezidentning so'zlariga ko'ra, davlat idoralari va professional tahlilchilar bilan hamkorlikda to'plangan malumotlar shuni ko'rsatadiki, pul tikish faoliyati alohida hodisalardan tortib, tizimli qimor o'yinlarigacha bo'lgan. 

"Bir hakam 18 227 marta pul tikkan. 10 nafar hakam 10 000 liradan oshiq "stavka" qilgan va 42 hakam 1000 dan ortiq o'yinlarga pul tikkan", – dedi u.

TFF malumotlariga ko'ra, intizomiy ishlar darhol boshlanadi. Hojiusmono'g'li hakamlar federaciya ko'rsatmalariga muvofiq intizomiy jazoga tortilishini aytdi. 

Shuningdek, u tergov natijalari FIFA va UEFAga ham yuborilishini malum qildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
28 okt 12:59:19
Olmaliq.uz
Bu yil Turkiya chempionatini kuzatayotgan boʻlsam, hakamlari sal oʻzi bilganicha boshqarayotganga oʻxshaydi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика