So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Turkiya taassurotlari Yangiliklar

Turkiya taassurotlari

23-29 mart kunlari Turkiyaning Side shahrida yosh futbolchilar o'rtasida “Lukoil” kompaniyasi tashabbusi bilan “Turkish Holidays” musobaqasi o'tkazildi.

Turnirda “Bunyodkor” futbol maktabining to'rtta jamoasi ishtirok etdi. 2002 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz “A” va “B” jamoalari bilan, 2004 va 2006 yilda tug'ilgan jamoalarimiz bittadan tarkib bilan musobaqada qatnashishdi.

2002 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida yosh “qaldirg'ochlar”ga bronza medali nasib etdi. Yarim finalda Sergey CHigodaev boshchiligidagi “Bunyodkor-A” jamoasi Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'yishgan bo'lsa, Akmal Risqullaev murabbiyligidagi “Bunyodkor-B” final ostonasida Moskvaning “CHertanovo” tarbiyalanuvchilariga yutqazib qo'yishdi. Natijada 3-o'rin uchun bahsda “Bunyodkor-2000”ning asosiy va ikkinchi jamoalari kuch sinashdilar. Qiziqarli kechgan bahsda Sergey CHigodaev shogirdlari g'alaba qozondilar.

2004/05 yillarda tavallud topganlar bahsida ham “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilariga 3-o'rin nasib etdi. Mirkamol Qosimov va Temur Boboxonov murabbiyligidagi yosh bunyodkorchilar Germaniyaning “Verder” jamoasiga yutqazib qo'yishgani bois, bronza medallari uchun bahsda ishtirok etishdi. 3-o'rin uchun Toshkentning “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratildi.

Va nihoyat eng yosh guruh, 2006/07 yillarda tavallud topganlar o'rtasida “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilariga etadigani topilmadi. Bu yosh toifasidagi jamoalar bir-birlari bilan kuch sinashib chiqishdi. Natijada “Lokomotiv” (Toshkent, O'zbekiston), “Krilatskoe” (Moskva, Rossiya), “Lokomotiv” (Moskva, Rossiya) va “Zenit” (Sankt-Peterburg, Rossiya) jamoalaridan ustun kelgan Akmal Risqullaev va Aleksandr Stromilov boshchiligidagi “qaldirg'ochlar” oltin medallarni qo'lga kiritishdi.

Kecha “Bunyodkor” futbol maktabi delegaciyasi Turkiyadan qaytib keldi. Safar taassurotlari haqida 2002 yilda tug'ilgan jamoamiz murabbiyi Sergey CHigodaev bilan suhbatlashdik.

- Sergey, “Lukoil Turkish Holidays” turniri haqida nimalar deya olasiz?
- Bilasizmi, bu turnir anchadan beri tashkil etilib, anaaniy musobaqa maqomini olib ulgurgan. Bu yilgi bahslarda jami 43ta jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar Evropa va Osiyo mamlakatlari vakillari bo'lishdi. Umumiy olib qaraganda, “Bunyodkor” futbol maktabi musobaqani yaxshi o'tkazdi, deyish mumkin. 2002 va 2004 yillarda tavallud topgan jamoalarimiz bronza medallarini qo'lga kiritishgan bo'lsa, eng yosh toifadagi kurashlarda 2006/07 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilarimiz oltin medallarni qo'lga kiritishdi.

- SHu o'rinda aniqlik kiritib o'tsangiz. Bazi OAV 2004 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi bahsda 3-o'rinni boshqa jamoaga egalladi, deb yozishgan.
- 2004 yilda tug'ilgan jamoalar o'rtasidagi musobaqaning 3-o'rini uchun “Bunyodkor” va Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchilari kuch sinashishdi. Bahsda biznikilar 1:0 hisobida g'olib chiqishib, bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

- Turnirning tashkiliy masalari qanday saviyada bo'ldi?
- Bez yulduzli mehmonxona barcha 43ta jamoani o'z bag'rida to'pladi. Uchrashuvlar shundoqqina mehmonxona xududidagi beshta tabiiy maydonda o'tkazildi. Uch mahal issiq oqvat, uchrashuvlar paytida salqin ichimliklar bilan taminlash borasida hech qanday muammolar bo'lgani yo'q. SHuningdek, o'yinlar va mashg'ulotlardan bo'sh vaqtlarda etiborga molik joylarga ekskursiyalar uyushtirildi, turli tuman shoular tashkil etildi. Yosh bolalar uchun mo'ljallangan hayvonot bog'iga safar qilindi. Turnir o'yinlari ertalab va kunduzi o'tkazilgan bo'lsa, kechki mahal murabbiylar o'rtasida norasmiy musobaqa o'tkazildi. Unda o'zbekistonlik murabbiylar jamoasi 2-o'rinni qo'lga kiritdik.

- Musobaqa “Bunyodkor” futbol maktabi vakillari uchun qay darajada foydali bo'ldi?
- Xalqaro turnirlar qay darajada tashkillashtirilishi va unda kimlar ishtirok etishidan qati nazar hamma uchun foydali bo'lib kelgan. Musobaqada bir necha kuchli jamoalar ishtirok etishdi. Masalan, Germaniyaning “Verder” futbol maktabi Evropada o'z nufuziga ega. Qolaversa, Turkiyaning “Beshiktosh” klubida ham bolalar futboliga kuchli etibor qaratiladi. SHuningdek, Rossiyoning eng kuchli futbol maktabi sifatida – “CHertanovo”ni qo'rsatib o'tgan bo'lardim. Ushbu jamoalarga qarshi uchrashuvlar yosh futbolchilarimiz uchun katta tajriba maktabini o'tab berdi, desam mubolag'a bo'lmaydi. SHuningdek, FIFAning etakchi instruktorlari tomonidan bolalar va o'smirlar futboli borasida 3 kunlik seminar tashkil etishdi. Ushbu o'quv seminaridan ham ko'p narsalar o'rgandik.
Tashkilotchilar jamoamiz ishtirokini yuqori baholashib, kelasi yilgi turnirda ham albatta kutib qolishlarini takidlashdi. Bilsangiz, “Lukoil” kompaniyasi har yili CHempionlar ligasi turniri o'tkazadi. Bu turnir juda yuqori saviyada tashkil etilib, unda anchayin jiddiy jamoalar ishtirok etishadi. May oyida Turkiyada CHempionlar ligasi turnirining final bosqichiga yo'llanma beruvchi saralash turniri o'tkaziladi. “Lukoil” mutasaddilari saralash bahslariga 2003 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilarimizni taklif etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика