Turkiya Superligasi. Markaziy o'yinda Trabzon shahri jamoasi istanbulliklarni mehmon qiladi. 13-tur prevyusi
29 noy 2019 16:19
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. Markaziy o'yinda Trabzon shahri jamoasi istanbulliklarni mehmon qiladi. 13-tur prevyusi
O'rtamiyonalar to'qnashuvi
O'tgan tur kutilmaganda qosimposholiklarni mehmonda mag'lubiyatga uchratgan "Genchlerbirligi" bu safar o'z maydonida avvalgi hafta Istanbul shahri jamoasidan ochko tortib olgan "Yeni Malatyaspor"ni qabul qiladi. Xamza Xamzaoglu shogirdlari ichida bir vaqtlar Evropa top-klublarida javlon urgan Stefan Sessenon, Ruminiya milliy terma jamoasining ko'p yillik asosiy hujumchisi Bogdan Stanku va 30 yoshli tajribali Jovanni Sio kabi futbolchilar bor. Mehmonlar tarkibidan esa, bir necha mavsum Franciyaning "Loryan" jamoasi sharafini himoya qilgan Morike Fofana hamda musobaqa bosh to'purarligiga davogarlik qilayotgan Adis Yaxovich joy olgan.
Genclerbirligi Giovanni Sio - 52', Bogdan Stancu - 76', Rahmetullah Berisbek - 90' |
Super Lig . 13-tur 29/11/2019, 22:30 3
:
3
Tugadi
|
Yeni Malatyaspor Thievy Bifouma - 44', Robin Yalcin - 85', Robin Yalcin - 88' |
Stadion: Eryaman Stadyumu
Raqobatchilar bahsi
Ayni paytga kelib, musobaqa jadvalida 14 ochko jamg'argan holda 12-o'rinni egallagan "Rizespor" o'z muxlislari qarshisida yaqin taqibchisi bo'lgan jamoa "Konyaspor" bilan o'zaro jang olib boradi. Oldingi turda, sensacion ravishda chempionat debyutantidan mag'lub bo'lgan rizeliklar endigi uchrashuvda Konya shahri jamoasiga jiddiy qarshilik ko'rsatishi turgan gap. Mehmon jamoa bo'lsa, "Beshiktosh"dan ishqibozlari ko'z o'ngida engilgandi.
Rizespor Ogulcan Caglayan - 3', Aminu Umar - 10', Yan Sasse - 74' |
Super Lig . 13-tur 30/11/2019, 17:00 1
:
3
Tugadi
|
Konyaspor Deni Milosevic - 11' |
Stadion: Caykur Didi Stadyumu
Autsayder Sivasga uchadi
So'nggi ikki o'yinni o'z foydasiga ijobiy hal qila olgan va ohirgi paytlarda omadi chopayotgan kam sonli jamoalardan biri bo'lgan turnir jadvalining yangi karvonboshisi "Sivasspor" endigi safar o'z uyida avvalgi turda muxlislari qarshisida o'ynaganiga qaramay mag'lub bo'lgan bechorahol "Qosimposho"ni mehmon qiladi. Agar peshqadam muvaffaqiyatsizlikka yo'liqadigan bo'lsa, 5-qatorgacha surilishi mumkin. Xavfli zona yoqasiga kelib qolgan qosimposholiklar esa, navbatdagi ochko yo'qotishdan keyin quyi pog'onalarga mustahkamroq joylashib olishi ehtimoli bor.
Sivasspor Hakan Arslan - 10', Mustapha Yatabare - 17' |
Super Lig . 13-tur 30/11/2019, 17:00 0
:
2
Tugadi
|
Kasimpasa |
Stadion: Yeni 4 Eylul Stadi
Anqaraliklar Alanyada mehmon
Mavsum boshidan to 11-turga qadar, yakka karvonboshilikni hech kimga bermay kelgan va lekin afsuski ohirgi ikki bahsda kutilmagan ravishda birin-ketin avvaliga mehmonda keyin o'z maydonida bir hil ko'rinishda yani 1:0, 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan alamzada "Alanyaspor" anchadan beri g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan va ketma-ket omadsizliklardan so'ng, tobora jarlikka qulab borayotgan "Anqaragyujyu"ga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi. Ko'ramiz, ohirgi vaqtlarda hech "ketmoni uchmayotgan" ikki klub o'rtasidagi uchrashuvda kimning qo'li baland kelarkin.
Alanyaspor Anastasios Bakasetas - 16', Djalma - 24', Anastasios Bakasetas - 85', Djalma - 90', Djalma - 90' |
Super Lig . 13-tur 30/11/2019, 19:30 0
:
5
Tugadi
|
Ankaragucu |
Stadion: Bahcesehir Okullari Stadyumu
O'rtamiyona etakchiga qarshi
O'tgan turda uzoq vaqt mobaynida turnir jadvalida mutlaq hokimlikni o'rnatgan va so'nggi ikki bahsdagi omadsizlikdan ketidan etakchilikni boy bergan kimsan Alanya shahri bosh jamoasini er tishlatgan "Gyoztepe" bu safar avvalgi tur malatyaliklar bilan nursiz durangga imzo chekkan "Fenerbaxche" bilan ro'baro kelishadi. Ko'ramiz, Ersun Yanal boshchiligidagi Maurisio Isla, Adil Rami, Viktor Mozes va hujumchilar Maks Kruze hamda Vedat Murikilardan iborat yulduzli jamoa "chaqilmas yong'oq" jamoalardan biri bo'lgan mezbonlarga qarshi qanday o'yin ko'rsatadi.
Goztepe Andre Castro - 7', Alpaslan Ozturk - 63' |
Super Lig . 13-tur 30/11/2019, 22:00 2
:
2
Tugadi
|
Fenerbahce Serdar Aziz - 44', Garry Rodrigues - 68' |
Stadion: Bornova Stadium
Debyutant gaziliklar mehmoni
Avvalgi tur doirasida musobaqaning etakchi jamoalariga etarlicha boshog'rig'i bo'la oladigan Rize shahri jamoasi ustidan ishonchli g'alabaga erishgan "Denizlispor" endi safarda antaliyaliklar bilan sulhga rozi bo'lgan "Gaziantep"ga qarshi bahs olib boradi. Dam olish kunidagi o'yinlarni boshlab beruvchi uchrashuv natijasi ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. CHunki, har ikkala jamoa turnir jadvalida yonma-yon joylashgan.
Gaziantep FK Olarenwaju Kayode - 54' |
Super Lig . 13-tur 01/12/2019, 16:00 2
:
1
Tugadi
|
Denizlispor Hadi Sacko - 58', Hadi Sacko - 85' |
Stadion: Gaziantep Stadyumu
Antaliyaliklar Istanbulga uchishadi
So'nggi vaqtlardagi juda ham qoniqarsiz natijalari sababli borgan sari quyiga pastlab borayotgan va o'tgan turda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rgan "Antalyaspor" bu safar oldingi hafta o'tkazilgan turning markaziy uchrashuvida kimsan Galata saroyi egalarini enggan "Istanbul Bashakshehir" bilan qimmatli uch ochko uchun mardonavor jang olib borishi kutilmoqda. Ushbu bahsda mehmon jamoa himoyachilari anchagina ter to'kishlariga to'g'ri keladi. Sababi, Okan Buruk shogirdlari orasida braziliyalik futbol afsungarlaridan biri bo'lgan mashhur Robino, "CHelsi"da qadrlanmagan forvard Demba Ba hamda yuqori saviyali vinger Gekxan Inlerdek kuchli futbolchilar bor.
Istanbul Basaksehir Gael Clichy - 60', Danijel Aleksic - 63' |
Super Lig . 13-tur 01/12/2019, 18:30 0
:
2
Tugadi
|
Antalyaspor |
Stadion: Basaksehir Fatih Terim Stadyumu
Etakchilar o'rtasidagi jang
Joriy turning markaziy maqomdagi uchrashuvida oldingi tur mehmonda kimsan anqaraliklarni yanchib tashlagan va musobaqa jadvalida ham borgan sari yuqorilab, hozirda 2-o'rinni band etib turgan "Trabzonspor" endigi safar Istanbul shahrining oldi klublaridan bo'lgan "Bashakshehir"dan alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgan "Galatasaroy"ga qarshi o'z muxlislari qarshisida o'ynaydi. Hech bir shubhasiz ushbu bahs ko'pchilik muxlis-u mutahassislarning katta qiziqishiga sabab bo'lmoqda. Ko'ramiz, kuchlilar to'qnashuvida kim g'olib bo'lar ekan?
Trabzonspor Alexander Soerloth - 50' |
Super Lig . 13-tur 01/12/2019, 21:00 1
:
1
Tugadi
|
Galatasaray Yuto Nagatomo - 90' |
Stadion: Senol Gunes Akyazi Stadyumu
Autsayderda Istanbulda mehmon
Mavsumni har qachongidanda sust boshlagan va hozirgacha o'zining taxtiga qayta olmay kelayotgan shonli tarixga ega klub "Beshiktosh" musobaqa jadvalida asta-sekinlik bilan yuqorilab boryapti. Ular joriy turga yakun yasab beruvchi o'yinda o'tgan turda ishchibozlari ko'z o'ngida chempionatning yangi karvonboshisiga aylangan "Sivasspor"dan qaqshatqich mag'lubiyatga uchragan "Qaysarispor" bilan o'zaro bahs olib borishadi.
Besiktas Atiba Hutchinson - 20', Burak Yilmaz - 30', Gokhan Gonul - 41', Burak Yilmaz - 90' |
Super Lig . 13-tur 02/12/2019, 22:00 1
:
4
Tugadi
|
Kayserispor Emmanuel Adebayor - 86' |
Stadion: Vodafone Park
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar