So’nggi yangiliklar

10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  1 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  2 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  5 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2

Turkiya Superligasi. Azaliy raqiblar jangi va quyida autsayderlar bahsi. 9-tur uchun prevyu Yangiliklar

Turkiya Superligasi. Azaliy raqiblar jangi va quyida autsayderlar bahsi. 9-tur uchun prevyu

Bugun, Turkiya milliy ligasida navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi va unda ashaddiy ishqibozlarni bir qancha super o'yinlar kutib turibdi.

Bir-biriga o'xshash klublar to'qnashuvi

So'nggi turlarda hech "ketmoni uchmayotgan" omadsiz jamoalar bu safar o'zaro bahs olib boradigan bo'lishdi. "Rizespor" o'tgan hafta ohirida "Alanyaspor" mehmoni bo'lib, sharmandali ko'rinishda tor-mor bo'lgandi. "Anqaragyujyu" jamoasi esa, asta-sekinlik bilan o'ziga kela boshlagan "Beshiktosh"ni o'z maydonida qabud qilib, raqibini durangga imzo chekishga majbur qila oldi. Ikkala jamoa o'rtasida ajoyib uchrashuv bo'ladigan ko'rinadi.

Antaliyaliklar Sivasga uchishadi

Avvalgi tur doirasida, Galata saroyiga safar qilgan va jiddiy raqib bilan tengma-teng o'ynagan "Sivasspor" endi o'z uyida autsayderdan o'z muxlislari qarshisida naq oltita gol qabul qilib olgan bechorahol "Antalyaspor"ni mehmon qiladigan bo'ldi. Ikkala jamoada ham g'alaba orqali yuqori o'rinlarga chiqib olish imkoniyati bor.

Alamzada va mag'rur jamoalar bellashuvi


O'tgan turda, mehmonda Trabzon shahri jamoasidan mag'lub bo'lgan va hozirda turnir jadvalining "ekvatori"ga joylashgan "Gaziantep" o'z maydonida quyi pog'onalar vakilini ayovsizlarcha yanchib tashlagan karvonboshi "Alanyaspor"ni qabul qiladi. Peshqadam va o'rtamiyona orasidagi ochkolar farqi atigi oltitani tashkil etmoqda.

Konya va Istanbul jangi

Kutilmaganda, o'tgan turda o'z maydonida o'ynaganiga qaramasdan malatyaliklarga yutqazib qo'ygan va to'rt pog'ona sho'ng'igan "Konyaspor" ketma-ket g'alabalar orqali o'ziga yarashadigan munosib o'rinlarga qaytgan "Fenerbaxche" maydoniga safar qiladi. Turk shou-biznesida o'z o'rniga ega bo'lgan mashhur ishbilarmonlardan biri Aziz Koch prezidentligidagi Istanbul shahri jamoasi muvaffaqiyatli odimini davom ettira oladimi va ularga Aykut Kodjaman shogirdlari qanchalik qarshilik ko'rsata oladi.

Bechora qaysariliklar Malatyaga safar qilishadi

Dam olish kunidagi o'yinlarni boshlab beruvchi bahsda joriy mavsum musobaqada g'alaba nashidasini surmagan yagona omadsiz jamoa bo'lib turgan va oldingi turda quyidagi asosiy raqobatchilaridan bo'lgan qosimposholiklar bilan sulh tuzishga erishgan "Qaysarispor" o'ziga nisbatan kuchliroq jamoani enggan "Yeni Malatyaspor"ga qarshi jang olib boradi.

Quyidagilar qarama-qarshiligi

O'tgan tur doirasidagi bahsda ohirgi pog'onaning doimiy egasi bilan durangga rozi bo'lgan "Qosimposho" mehmonda yakunlangan haftada Istanbul safaridan quruq qaytgan va ushbu muvaffaqiyatsizlik sababli musobaqa jadvalida tezkor sho'ng'ishni amalga oshirgan "Gyoztepe" bilan bahsga kirishadi. Ayni paytda, tomonlarni bir-biridan bor yo'g'i bir ochko ajratib turibdi.

Autsayder uchun imkoniyat

Yakunlangan turda joriy mavsumdagi dastlabki g'alabasini kimsan ko'hna Antaliya shahri jamoasini yana bu etmaganidek raqibini o'z muxlislari ko'z o'ngida tiz cho'ktirish orqali qo'lga kiritgan "Genchlerbirligi" o'zi uchun ajoyib va juda qulay imkoniyatni yuzaga keltirdi. Agar jamoa bu turda o'z maydonlarida Istanbulda mahv etilgan debyutant "Denizlispor"ni mag'lubiyatga uchratishni uddalay olishsa, xattoki kuchli o'ntalikka yaqinlashib olishlari mumkin.

Istanbul derbisi

Uzoq yillik tarixga ega bo'lgan qarama-qarshilik azim va betakror shahar hisoblanmish Istanbulda joylashgan mamlakatning ikki gigant klublari "Beshiktosh" va "Galatasaroy" o'rtasida muntazam ravishda katta qiziqish doirasida o'tkazilib kelinadi. Xa, to'g'ri ushbu jamoalar joriy mavsumni har qachongidanda sust boshlashdi. Ayni paytda, Abdullax Avchi boshchiligidagi tarkibida Evropa maydonlarida etarlicha tajriba orttirgan Loris Karius, Duglas va Muxammad El-Neni kabi futbolchilarga ega jamoa 12-o'rinda. O'z safiga Fernando Muslera, Yuto Nagatomo, Jan-Mishel Seri, Sofian Feguli, Stiven N'zonzi, Radamel Falkao va Rayan Babeldek o'yinchilarni yig'gan klub esa - 6-pog'onada.

Markaziy uchrashuv

Turning markaziy maqomidagi o'yinida so'nggi vaqtlarda raqiblarini ayab o'tirmay, jazolayotgan etakchilar "Istanbul Bashakshehir" va "Trabzonspor" o'zaro murosasiz jang olib borishlari kutilmoqda. Har ikkala jamoa o'tgan tur o'z maydonlarida o'ynab, navbatdagi g'alabalarini tantana qilishdi. Demak, Istanbulda o'tadigan uchraushvda haqiqiy "anshlag" kuzatilishi aniq.


Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика