Turkiya klubi xatolik sabab sloveniyalik futbolchining transferi uchun avtosalonga pul to'lab yuborgan va ular esa mablag'ni qaytarishni rad etishgan
30 sen 2021 11:48
Yangiliklar
Turkiya klubi xatolik sabab sloveniyalik futbolchining transferi uchun avtosalonga pul to'lab yuborgan va ular esa mablag'ni qaytarishni rad etishgan
Sloveniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mixa Zayc uning transferi tashkil etilishida qiziq bir voqeada ishtirok etdi.
O'yinchi 2019 yilda "Empoli"dan "Fenerbaxche"ga o'tishga rozi bo'ldi. Bitim narxi 4 million evroga baholanayotgan edi.
Turk klubi dastlabki bosqichda italyan klubiga 831000 evro o'tkazishi kerak edi, ammo bu mablag' "Empoli" hisobiga tushmadi. Turk tomoni xatolikka yo'l qo'ygan va pulni Dutinxem (Niderlandiya)dagi avtosalonga o'tkazib yuborgan.
Diler pulni olganini rad etgan va chorshanba kuni Niderlandiyadagi sud "Fenerbaxche" foydasiga qaror chiqargan va avtosalonni pulni futbol klubiga o'tishga majbur qilgan. Bu haqda "Fenerbaxche" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar