Turkiya. Ikkita to'p farqi bilan yutqazayotgan "Fenerbaxche" kambek amalga oshirdi
03 fev 07:30
Yangiliklar


Turkiya. Ikkita to'p farqi bilan yutqazayotgan "Fenerbaxche" kambek amalga oshirdi
Husniddin Aliqulov ushbu uchrashuvni sariq kartochkalari soni to'rttaga etgani sabab o'tkazib yubordi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Ali Sove chiroyli goli bilan "Rizespor"ni 1-0 hisobida oldinga olib chiqdi. 13-daqiqada u yana bir bor darvozani ishg'ol qilib, farqni ikkitaga oshirdi. Kutilmagan gollar bilan boshlangan uchrashuvning birinchi bo'limi oxirlarida "Fenerbahche" penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Edin Jeko penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi.
Ikkinchi bo'lim esa yanada keskin tus oldi. 78-daqiqada Rashid Ghezzal ikkinchi sariq kartochkasini olib "Rizespor"ni 9 kishi bo'lib qolishiga sababchi bo'ldi. 79-daqiqada esa Edin Jeko yana bir bor gol urib, hisobni tenglashtirdi. O'yin oxirlarida maydonga tushgan Taliska, Irfan Jan Kaxvedji va Tosunning faolligi natijasida "Fenerbahche" 89-daqiqada Yussef En-Nesirining goli bilan g'alabani qo'lga kiritdi: 3-2!
Ushbu natija bilan "Fenerbahche" ochkolarini 49 taga etkazdi, "Rizespor" esa 28 ochko bilan qoldi.
Kelgusi hafta "Fenerbahche" "Alanyaspor"ga mehmon bo'ladi. "Rizespor" esa safarda "Kasimpasha" bilan kuch sinashadi.
Fenerbahce Edin Dzeko - 45', Edin Dzeko - 79', Youssef En-Nesyri - 89' |
Super Lig . 22-tur 02/02/2025, 21:00 2
:
3
Tugadi
|
Rizespor Ali Sowe - 6', Ali Sowe - 13' |
Stadion: Ulker Stadyumu Fenerbahce Sukru Saracoglu Spor Kompleksi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar