Turkiya chempionati. Otabek SHukurov jamoasi o'z uyida mag'lubiyatga uchradi
18 may 2023 00:16
Yangiliklar


Turkiya chempionati. Otabek SHukurov jamoasi o'z uyida mag'lubiyatga uchradi
Turkiya chempionatining 34-turidan o'rin olgan "Fatix Karagumruk" hamda "Adana Demirspor" o'rtasidagi bahs yakuniga etdi.
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi, "Fatix Karagumruk" sharafini himoya qilayotgan Otabek SHukurov ushbu o'yinni asosiy tarkibda boshladi. 71-daqiqada uning o'rniga Anvan maydonga tushdi.
"Fatix Karagumruk" - "Adana Demirspor" 2:3
Gollar: Ozbir 44 (avtogol), Diane 80 - Ndiae 51, Onyekuru 76, Dreshevich 84.
"Fatix Karagumruk": Sen, Biraski, Baniya, Dreshevich, Merjan, SHUKUROV (Anvan 71), Feguli (Lyayich 81), Ozdoev, Lobjanidze (Kolley 71), Diane, Borini (Frey 84).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar