Turkiya. Bugun 7-tur start oladi. Terim shogirdlari SHabalala jamoasi bilan o'ynaydi
28 sen 2018 12:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455561_original.jpg)
![](/upload/storage/455561_220.jpg)
Turkiya. Bugun 7-tur start oladi. Terim shogirdlari SHabalala jamoasi bilan o'ynaydi
Fotih Terim boshchiligidagi "Galatasaroy" klubi o'z maydonida liga debyutanti "Erzurumspor"ni qabul qiladi.
"Erzurumspor" klubi 2005 yil tashkil etilgan va ilk bor Turkiya Superligasida ishtirok etmoqda. SHu bois bu ikki klub bugun birinchi bor to'qnash kelishadi.
Amaldagi mamlakat chempioni 6ta o'yinda 12ta ochko to'plab ikkinchi o'rinda bormoqda. "Erzurumspor" esa atiga 2ta durang qayd etdi va 18ta jamoa orasida 18-o'rinni egallab turibdi.
"Erzurumspor" safida JCH-2010 yulduzi Sifive SHabalala to'p tepmoqda.
"Galatasaroy" - "Erzurumspor"
28 sentyabr. Istanbul. "Turk Telekom Arena" stadioni. 22:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam: Alper Ulusoy, Mustafo Emre, Vulkan Ahmat Narinch, Mustafo Ogretmenoglu.
Taxminiy tarkiblar:
"Galatasaroy" - Muslera, Linnes, Serdar Aziz, Maykon, Nagatomo, Fernando, Ndiay, Garri Rodriges, Onekuru, Akbaba, Derdiyok.
"Erzurumspor" - SHexich, Auremir, Lokman Gyor, Egemen Korkmaz, Leo SHvechlen, Yasmin SHuk, Mussa Kone, Emrah Bassan, Ibrohim Akdag, Jil Syunyu, Ridj Munsi.
Galatasaray Maicon - 74' |
Super Lig . 7-tur 28/09/2018, 22:00 0
:
1
Tugadi
|
Erzurumspor FK |
Stadion: Ali Sami Yen Spor Kompleksi Turk Telekom Stadyumu, 31161 tomoshabin
Bosh hakam: Alper Ulusoy
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar