So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Turkiya - ajoyib imkoniyat Yangiliklar

Turkiya - ajoyib imkoniyat

SHu kunlarda Nodirxo'ja Yuldashev boshchiligidagi Odil Ahmedov FA tarbiyalanuvchilari Istanbulda bo'lib turibdi.

Hamyurtlarimiz kecha "Galatasaroy" yoshlari bilan durang o'ynashgan. Oldinda "Fenerbahche" tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv kutib turibdi...

Bunga odatiy nazorat bahsi sifatida qarashingiz mumkin. Lekin mazkur uchrashuvlar Turkiyaga olib ketilgan 15 nafar futbolchi uchun ulkan, hatto undan ham kattaroq imkoniyat aslida. Ular ayni paytda mahalliy skautlar nazarida bo'lib turishibdi. 

Turkiya tarixidagi eng yaxshi futbolchilarning aksari 10-12 yoshlarida katta jamoalar tomonidan kashf qilingan. Masalan, Emre Belozo'glu 11, Arda Turan 12 yoshda "Galatasaroy"ga transfer bo'lgan edi. Ularning keyingi faoliyati hammaga malum. Emre A Seriya, APL va La Ligada yuqori saviyada o'yin ko'rsatgan bo'lsa, Ardadan "Atletiko" bilan ECHL finali va "Barselona" libosidagi iliq xotiralar qoldi. 

So'nggi yillarda Turkiya top-5 ligalarga o'tish va futbolchi sifatida o'sish uchun Rossiya, Ukraina yoki Belarusga nisbatan 5-6 marta yaxshiroq tramplin bo'lib qoldi. Buni transferlar ko'lamidagi farqdan anglab olish mumkin. 

Masalan, bir yil oldin "Fenerbahche"ning asosiy tarkibiga qo'shilgan 16 yoshli Arda Guler mavsum davomida 12 o'yinda 3 ta gol urdi. Uning transfer qiymati 1 yil ichida 60 marta o'sdi va ayni paytda Italiyadagi SHomurodov bilan deyarli bir xil baholanyapti. SHuningdek, Arda Turk Superligasidagi o'yinlari orqali PSJ, "Barselona" va "Arsenal"ning radariga tushishga ham ulgurdi.

Xullas, Turkiyada katta futbolchi bo'lish uchun katta imkoniyatlar bor. Ammo bu yoshda mahalliy akademiyalarga transfer bo'lish uchun siz rostakam vunderkind bo'lishingiz kerak...

1993 yil. "Galatasaroy" 11 yoshli Emre Belozo'gluni transfer qilgani to'g'risidagi xabar. Bu bolakayni 8 yildan keyin "Inter" xarid qiladi.

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика