Turk nashri: Masharipov "Trabzonspor" libosini kiyishni xohlamoqda, "Paxtakor" futbolchi uchun 2 million so'radi
01 iyu 2020 10:13
Yangiliklar
Turk nashri: Masharipov "Trabzonspor" libosini kiyishni xohlamoqda, "Paxtakor" futbolchi uchun 2 million so'radi
Eslatib o'tamiz, oldinroq "FotoMac" nashri "Paxtakor"ning Masharipov uchun 6 million evro so'rayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Keyinchalik "championat.asia" tahririyati vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida "Paxtakor" rahbariyati bilan bog'langan va shundan so'ng "FotoMac"ning xabari asossiz ekanligi malum bo'lgandi.
Karadeniz nashrining bir necha soat oldin tarqatgan malumotlariga ko'ra, "Trabzonspor" sobiq o'yinchisi SHota Arveladze boshqaruvidagi "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Evropaga yo'l olishni xohlamoqda va "Trabzonspor" libosini kiyishni xohlayotganini bildirgan.
O'zbekiston klubi Masharipov uchun "Trabzonspor"dan 2 million evro miqdorida mablag' so'ragan. Bundan tashqari turklar chap qanot o'yinchisi uchun har qanday to'lovlarga tayyor.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar