Turindagi fan-zonada sodir bo'lgan tiqilinchda jarohatlanganlar soni 1000 kishiga etdi

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2017, 14:16
"Yuventus" hamda "Real" o'rtasidagi Chempionlar ligasi final uchrashuvi paytida Turindagi fan-zonada sodir bo'lgan tiqilinchda shikastlanganlar soni 1000 kishiga etdi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, tiqilinchga o'smirning petarda portlatgani va bomba haqida baqirgani sabab bo'lgan. Shu bilan birga ushbu voqea trotuarga mettal darvozalarning qulashi tufayli ro'y bergan bo'lishi mumkin. Shikastlanganlar orasida ikki kishi juda jiddiy jarohatlangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP