So’nggi yangiliklar

02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  0 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  27 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Turinda bugun rahbariyat va Allegri tomonidan "Yuventus"ning kelajagi muhokama qilinadi Yangiliklar

Turinda bugun rahbariyat va Allegri tomonidan "Yuventus"ning kelajagi muhokama qilinadi

Bugun Turindagi klubning yangi shtab-kvartirasi Kontinasseda "Yuventus"ning yangi kelajagi borasida rahbariyat va murabbiy Massimiliano Allegri o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bu haqda Italiya matbuoti, xususan "La Gazzetta Dello Sport" nashri malum qildi.

Uchrashuvda "Yuventus" bosh menejeri Beppe Marotta, sport direktor Fabio Paratiti, vice-prezident Pavel Nedved va bosh murabbiy Massimiliano Allegri qatnashishi ko'zda tutilgan.

Bu uchrashuv chog'ida Allegrining yangi shartnomasi, jamoaning transfer siyosati va yangi mavsum rejalari kabi masalalar ko'rib chiqiladi. "Yuventus" katta ehtimol bilan Allegri bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytirish niyatida. SHuningdek, jamoaning yozda transfer oynasida xarid qilinishi kerak bo'lgan futbolchilar ro'yxati muhokama qilinadi.

Allegri rahbariyatdan kelasi mavsumda jamoaning sifati tushib ketmasligi lozimligini so'ragan. Uchrashuvda jamoadan yana qaysi futbolchilar ketishi mumkinligi aniqlashtirib olinadi.

Hozirgacha "Yuventus" bilan afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon, SHtefan Lixshtayner hamda Kvadvo Asamoa kabi futbolchilar xayrlashishdi. SHuningdek, jamoa hujumchisi Mario Manjukich borasida Xitoy va Bundesliga klublaridan takliflar kelib tushgan. Stefan Sturaro va Klaudio Markizio borasida ham "Yuventus"ga takliflar mavjud va bu masalalar ham bugungi yig'ilishda murabbiy Allegri bilan birgalikda ko'rib chiqiladi.
"Yuventus"ning himoya chizig'i vakillari Aleks Sandro va Medhi Benatiyaning ham jamoadagi kelajagi katta ehtimol bilan bugungi uchrashuvda hal bo'ladi.

Evropa chempionalar ligasi finalidan so'ng "Liverpul" yarim himoyachisi Emre Jan bilan shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Qo'shimchasiga jamoaga yangi mavsum oldidan ijarada bo'lgan Pyaca, Kaldara hamda Spinaccola qaytishadi.

Yig'ilishda aynan shu masalalar va yana qaysi chiziqlar bo'yicha transferlar amalga oshirishi lozimligi hal etiladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика